Abstrakt algebra


Halqalarning gomomorfizmi va izomorfizmi


Download 0.99 Mb.
bet56/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

Halqalarning gomomorfizmi va izomorfizmi


Ushbu mavzuda biz halqalar uchun gomomorfizm va izomorfizmlar tushuncha- larini kiritib, izomorfizm va moslik teoremalarini keltiramiz.
5.3.1-ta’rif. Bizga (R, +, ·) va (R, +, ·) halqalar va f : R R akslantirish berilgan bo‘lsin. Agar ixtiyoriy a, b R elementlar uchun
f (a + b) = f (a) + f (b),
f (a · b) = f (a) · f (b)
tengliklar o‘rinli bo‘lsa, u holda f akslantirish R halqani R halqaga o‘tkazuvchi
gomomorfizm deb ataladi.
5.3.2-ta’rif. Bizga R va R halqalar hamda f : R R gomomorfizm berilgan bo‘lsin.

  • Agar f syurektiv bo‘lsa, u holda f akslantirish epimorfizm deyiladi;




  • Agar f inyektiv bo‘lsa, u holda f akslantirish monomorfizm deyiladi;

  • Agar f biyektiv bo‘lsa, u holda f akslantirish izomorfizm deyiladi;

  • R halqani o‘zini o‘ziga akslantiruvchi izomorfizm esa avtomorfizm deb ata- ladi.



Agar R halqani R halqaga o‘tkazuvchi izomorfizm mavjud bo‘lsa, u holda ushbu halqalar izomorf deyiladi va R = R kabi belgilanadi. R halqani o‘zini
o‘ziga o‘tkazuvchi barcha avtomorfizmlar to‘plami esa Aut(R) kabi belgilanadi. Halqalarning gomomorfizmi uchun quyidagi xossalar o‘rinli bo‘lib, ushbu xossalar gruppaning gomomorfizmi xossalari kabi isbotlanadi.
5.3.1-teorema. Bizga R va R halqalar, hamda f : R R gomomorfizm berilgan bo‘lsin. U holda quyidagilar o‘rinli:
1) f (0) = 0.
2) f (−a) = −f (a).

  1. Agar R halqaning A qism halqasi berilgan bo‘lsa, u holda f (A) = {f (x) | x

A} to‘plam R halqaning qism halqasi bo‘ladi.

  1. Agar R halqaning B qism halqasi berilgan bo‘lsa, u holda f 1(B) = {x

R | f (x) ∈ B} to‘plam R halqaning qism halqasi bo‘ladi.

  1. Agar R kommutativ bo‘lsa, u holda f (R) ham kommutativ bo‘ladi.

  2. Agar R biri bor halqa bo‘lib, f epimorfizm bo‘lsa, u holda R ham birlik ele- mentga ega va f (1) = 1 bo‘ladi.



  3. Agar R biri bor halqa bo‘lib, f epimorfizm va a R element teskarilanuvchi bo‘lsa, u holda f (a) ham teskarilanuvchi, hamda f (a)1 = f (a1).

R halqani R halqaga o‘tkazuvchi f : R R gomomorfizmning yadrosi deb quyidagi to‘plamga aytiladi
Kerf = {a G | f (a) = 0}.
Yuqoridagi teoremaga ko‘ra ixtiyoriy gomomorfizmining yadrosi bo‘sh emas, chunki 0 ∈ Kerf. Bundan tashqari halqa gomomorfizmining yadrosi ikki yoqlama ideal bo‘ladi. Haqiqatdan ham, agar a, b ∈ Kerf va x R bo‘lsa, u holda f (a) = f (b) = 0 ekanligidan f (a b) = f (a) − f (b) = 0, f (a · x) = f (a) · f (x) = 0 va f (x · a) = f (x) · f (a) = 0 bo‘lishini hosil qilamiz. Bu esa a b, a · x, x · a ∈ Kerf ekanligini, ya’ni halqa gomomorfizmi yadrosining ideal bo‘lishini anglatadi.


5.3.1-misol. R halqani R halqaga o‘tkazuvchi f (a) = 0 kabi aniqlangan
f : R R akslantirish gomomorfizm bo‘lib, Kerf = R bo‘ladi.

  • R halqani o‘zini o‘ziga o‘tkazuvchi ayniy akslantirsh gomomorfizm bo‘lib, Kerf = {0} bo‘ladi. Bundan tashqari ushbu ayniy akslantirish avtomorfizm bo‘ladi.

Endi (Z, +, ·) butun sonlar halqasini (Zn, +n, ·n) chegirmalar halqasiga o‘tkazuvchi gomomorfizmga misol keltiramiz.
5.3.2-misol. Z halqani Zn halqaga o‘tkazuvchi f (a) = a kabi aniqlangan aks- lantirish gomomorfizm bo‘lib, uning yadrosi uchun Kerf = nZ munosabat o‘rinli. Ya’ni ushbu akslantirishning yadrosi n soniga karrali bo‘lgan butun sonlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.


Quyidagi misolda biri bor R va R halqalar uchun f : R R gomo- morfizm syurektiv bo‘lmasa, u holda f (1) = 1 tenglik har doim ham o‘rinli bo‘lavermasligini ko‘rsatamiz. Buning uchun Z × Z to‘plamda quyidagi amallarni aniqlaymiz

(a, b) + (c, d) = (a + c, b + d), (a, b) · (c, d) = (a · c, b · d).


U holda Z × Z to‘plam ushbu qo‘shish va ko‘paytirish amallariga nisbatan halqa tashkil qilib, bu halqaning nol elementi (0, 0), birlik elementi esa (1, 1) bo‘ladi.
5.3.3-misol. Z halqadan Z ⊕ Z halqaga bo‘lgan f : Z → Z ⊕ Z akslantirishni quyidagicha aniqlaylik
f (x) = (x, 0), x ∈ Z.
Ushbu akslantirish gomomorfizm bo‘lib, u inyektiv, lekin syurektiv emas. Ya’ni bu akslantirish monomorfizm, lekin epimorfizm emas. Z halqaning birlik elementi uchun f (1) = (1, 0) bo‘lib, bu element Z ⊕ Z halqaning birlik elementi emas. Ya’ni birinchi halqa birlik elementining obrazi ikkinchi halqaning birlik elementi bo‘lmaydi.
Biz avvalgi mavzuda (Z[√3], +, ·) va (Z[√5], +, ·) halqalarni qarab o‘tgan edik.
Bir qarashda ushbu halqalar izomorf halgalarga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin ular izomorf halqalar bo‘lmaydi.
5.3.4-misol. (Z[3], +, ·) va (Z[5], +, ·) halqalar izomorf emasligini ko‘rsating.
Yechish. Teskarini faraz qilamiz, ya’ni f : Z[√3] → Z[√5] izomorfizm mavjud
bo‘lsin. U holda f (1) = 1 bo‘lib, bundan esa f (3) = 3 ekanligi kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan esa,
f (3) = f (32) = (f (3))2
munosabatdan f (√3) = √3 tenglikka ega bo‘lamiz. Demak, √3 ∈ Z[√5]. Bu esa ziddiyat. Q
Endi gruppalar nazariyasida bo‘lgani kabi tabiiy gomomorfizm tushunchasi va izomorfizm haqidagi teoremalarni keltiramiz. Teoremalarning isbotlari gruppalar uchun berilgan teoremalar isboti kabi bo‘lganligi uchun biz ularning isbotlariga batafsil to‘xtalib o‘tirmaymiz.
Bizga R halqa va uning I ideali berilgan bo‘lsin. U holda quyidagi g : R R/I
akslantirishni qaraymiz
g(a) = a + I, a R.
Ushbu akslantirish gomomorfizm bo‘lib, u tabiiy gomomorfizm deb ataladi. Tabiiy gomomorfizm syurektiv bo‘lib, Kerg = I munosabat o‘rinli.
5.3.2-teorema. Bizga R halqani R halqaga o‘tkazuvchi f : R R epimorfizm berilgan bo‘lsin. Agar R halqaning I ideali uchun I ⊆ Kerf munosabat o‘rinli bo‘lsa, u holda g : R R/I syurektiv tabiiy gomomorfizm uchun f = h g shartni qanoatlantiruvchi yagona h : R/I R epimorfizm mavjud. Shuningdek, h inyektiv bo‘lishi uchun I = Kerf tenglik o‘rinli bo‘lishi zarur va yetarli.
Isbot. Teoremani isbotlash uchun h : R/I R akslantirishni h(a+I) = f (a) kabi aniqlaymiz. Ushbu akslantirish to‘g‘ri aniqlangan bo‘lib, f = h g tenglik o‘rinli bo‘ladi. Uning gomomorfizm ekanligi esa quyidagi tenglikdan kelib chiqadi
h (a + I) · (b + I) = h(a · b + I) = f (a · b) = f (a) · f (b) = h(a + I) · h(b + I).



Endi bevosita izomorfizm haqidagi teoremalarni keltiramiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling