Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

6.4-rasm. Nuqtali va chokli birikmalarning tirqish korroziyasi turi. 
Tirqish korroziyasi jarayoni ko‘pincha tirqishning uchida ish 
zo‘riqishlari to‘planishi oqibatida tezlashadi. Agar ular σ
T
dan 
ortib ketsa, mikrodarzlar paydo bo‘lib, ular korrozion muhit va 
tirqish korroziyasining yoruvchi effekti tufayli tez kattalashishi 
mumkin. 
O‘yiq sirtida mis va aralashmalari va uning detal metali bilan 
o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuv mahsulotlari qoladi. Qoidaga ko‘ra, 
mis asosiy metallga nisbatan ko‘proq elektr musbat bo‘lib qoladi 
va ularning orasida galvanik juftlik yuzaga keladi. O‘yiq, turgan 
joydagi sirtqi qatlamlar yemiriladi. Korroziyaning eng katta tezligi 


57
korroziyabardoshligi nisbtan past bo‘lgan metallarda (magniy 
hamda aluminiy qotishmalari, kam uglerodli po‘latlar va b.) 
kuzatiladi. 
Tirqish korroziyasining oldini olish maqsadida tirqishlar 
gruntlar (ГФ–0114, АЛГ

12), emallar, germetiklar va lok-bo‘yoq 
qoplamalar yordamida zichlanadi. Yig‘ish paytida bu moddalar, 
ko‘pincha grunt va emallar uchma-uch yuzasiga surtiladi. 
Qovushoqligi nisbatan past bo‘lgani uchun ular payvandlash kuchi 
ta’sirida payvandlash joyidan detallar orasidagi tirqishga osongina 
siqilib chiqadi va tokning oqishi hamda birikmaning shaklanishiga 
halaqit bermaydi. Himoyalovchi moddalar ma’lum vaqt o‘tgandan 
so‘ng qotib, ustma-ust birikma tagiga zararli suyuqliklar kirishiga 
to‘sqinlik qilluvchi ishonchli qarshilik hosil qiladi.
Korroziyaga qarshi himoya hosil qilinsa, payvandlashdan 
so‘ng uzellarni saqlash va payvandlash muddatlari bilan bog‘liq 
cheklashlar kamayadi. Ustma-ust birikma me'yoridagi haroratda 
polimerlanuvchi sovuq holatda qotadigan yelimlar va 120-170°С 
gacha qizdirilganda ya’ni issiq holatda qotuvchi yelimlar 
yordamida zichlanadi. Yelim ustma-ust birikmaning chetlariga 
maxsus shpris bilan qo‘lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan qurilma 
bilan, nuqtali payvandlab hosil qilingan birikmaning bir tomoniga, 
mustahkam zich choklarning esa ikki tomoniga surtiladi. Kapillar 
kuchlar ta’sirida yelim tirqishga kirib, uni to‘ldiradi. 
Tirqishlarni kavsharlab ham zichlash mumkin, masalan, titan 
qotishmalaridan payvandlab-kavsharlab konstruksiyalar ishlab 
chiqarishda kavshar ustma-ust birikmaning chetiga quyiladi va 
vakuumda kavsharlanadi. 
O‘yiq metalining korroziyabardoshligi massa ko‘chish 
jadalligini cheklash orqali oshiriladi. Bundan tashqari, payvandlab 
bo‘lingandan so‘ng, masalan, magniy qotishmalari o‘yiqning sirti 
elektrod metalining izi batamom yo‘qolguncha po‘lat chutka bilan 
tozalanadi. Qoplamali po‘lat detallarni payvandlashda ana shu 
qoplama elektrodga o‘tadi. Bu holda turli mahalliy metallash 
usullaridan foydalanib qoplamani tiklash kerak bo‘ladi. Uzellar 
payvandlangandan keyin, ularni korroziyadan umumiy himoyalash 
maqsadida bo‘sh yuzalariga gruntlar va lok-bo‘yoq qoplamalar 


58
surtiladi. 
Mazkur 
chora-tadbirlar 
majmui 
payvand 
konstruksiyalarning ishonchliligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling