Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
O‘rtacha uglerodli kam legirlangan po‘latlar
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Legirlangan po‘latlar va qotishmalar.
2. O‘rtacha uglerodli kam legirlangan po‘latlar. Bular
tarkibida C miqdori 0,25–0,45 % va legirlovchi elementlar (Mn, Ni, Cr, Si, Ti, Zr, Nb, W, Mo) ning jami miqdori 2,5 % gacha bo‘lgan po‘latlardir. Uglerod va legirlovchi elementlar miqdori ortishi bilan po‘latlarning solishtirma elektr qarshiligi, deformatsiyaga qarshiligi oshadi, MHO kengayadi va kristallizatsion darz ketishlarga moyilligi ortadi, toblanishga moyilligi kuchayadi. Po‘latlarning bunday xossalari sekin qizdirishni, payvandlash tokining davomiyligi kam uglorodli po‘lat uchun mo‘ljallanganidan 4–5 baravar ortiq bo‘lgan yumshoq rejimni (I pay =(4–5)I pay.1 ) talab qiladi. Oldindan qizdirish (7.1-rasmdagi f siklogramma) yoki tokni bir maromda oshirish (7.3 -b rasm) ham, ayniqsa, detallar 1,5 mm dan qalin bo‘lganda, foydalidir. Sovishni sekinlashtirish uchun g siklogrammadan foydalaniladi (7.1-rasm). Qizdirish toki I qizd toblangan nuqtani yumshatadi. Bunda payvandlash joyi A s1 ga yaqin haroratgacha qizdiriladi F pay kam uglerodli po‘latlarni payvandlashga nisbatan 1,5–2 baravar oshiriladi (F pay =(1,5–2)F pay.1 ). 72 Elektrodlarning shakli va materiali 1-guruh metallar uchun alohida tanlanadi. Chokli payvandlash nisbatan yumshoq rejimlarda o‘zgarmas, lekin biroz oshirilgan kuch (nuqsonlarni yo‘qotish uchun) bilan (7.3-rasmdagi b siklogramma) ish yuzasi silindrsimon roliklar yordamida olib boriladi. 3. Legirlangan po‘latlar va qotishmalar. Korroziyabardosh po‘latlar turli sinflarda bo‘lishi mumkin, masalan, austenitli, ferritli, austenit-ferritli po‘latlar. Austenit sinfidagi po‘latlar (12X18H10T, 04X18H10, 08X15H24B4TP va b.) yuqori darajada mustahkamligi va ayni paytda plastikligi bilan ajralib turadi, korroziyabardoshligi ferrit sinfidagi (08X17T, 12X17) po‘latlarnikidan yuqoriroq. Eng kam mikdordagi uglerod (<0,12%) donalar chegarasida (500-800°C da) xrom karbidlari ajralib chiqishining oldini oladi va kristallitlararo korroziyaga qarshilikni saqlab qoladi. Ana shu maqsadlar uchun po‘latga kuchli karbid hosil qilgichlar – Ti, Nb qo‘shiladi (barqarorlashtiruvchi po‘latlar). Austenitlar po‘latlarning ρ 0 nisbatan yuqori (~170 mkΩ·sm) va λ kichik bo‘ladi. Shu bois ular uchun payvanlash toki kam uglerodli po‘latlarga mo‘ljallanganidan ancha kichik bo‘lishi kerak. Deformatsiyaga qarshiligining yuqoriligi (~300 MPa) payvandlash kuchi F pay ni kam uglerodli po‘latlarga nisbatan 1,5 baravar oshirishni talab qiladi. Elektrodlar ish yuzasining shakli 1-guruh metallarda bo‘lgani kabi tanlanadi, ammo ρ 0 ning nisbatan yuqoriligi va λ ning kichikligi elektrodlar materiallarining elektr o‘tkazuvchanligini mis elektr o‘tkazuvchanligining 55–75 % gacha kamaytirish va qattiqligini mos ravishda oshirish imkonini beradi. Qiziganda darz ketishga moyillgining pastligi, quyma o‘zakning ustunsimon zich tuzilmali shakllanishi ushbu po‘latlarni o‘zgarmas kuch bilan payvandlash imkonini yaratadi (7.3-rasmdagi a siklogramma). Detallar 2 mm dan qalin bo‘lganda cho‘kichlash qo‘llaniladi (7.3-rasmdagi b siklogramma). Chokli payvandlash roliklarni uzluksiz aylantirish va tokni impulsli ulash bilan amalga oshirilib (7.3-rasmdagi b siklogramma), nuqtalari bir- 73 birini 30-60% qoplab (bekitib) turuvchi uzluksiz mustaxkam-zich chok shakllantiriladi; Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling