Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

4.2. Payvandlashda metallning issiqlikdan kengayishi 
 
Metall jismlar qizishi natijasida ularning chiziqli o‘lchamlari 
va hajmi kattalashadi (dilatometrik effekt). Xususan qattiq 
jismning T haroratida uning uzunligi l
j
va hajmi V
j
ushbuga teng 
bo‘ladi: 
)
1
(
0
T
l
l
l
T



va 
)
1
(
0
T
V
V
v
T




bu yerda: l
0
va V
0
harorat T=0°C bo‘lganda jismning uzunligi 
va hajmi; 
l

va
v

– chiziqli hamda hajmiy keskin kengayishning 
termik koeffitsientlari. 
Eriganda jismning hajmi keskin kattalashib, V
0
ning 8-10 % 
iga yetadi. 
Nuqtali va chokli payvandlash sharoitida detallarning qalinligi 
hamda hajmi kattalashuvi asosan z o‘qda yuz beradi, chunki 
metallning qo‘shni qismlari sovuqroqligi hajmning r o‘q, 
yo‘nalishida kattalashuvini to‘xtatib turadi. Payvandlashda 
metallning issiqlikdan kengayishi mashina elektrodlari, asosan 
yuqorigi harakatlanuvchi elektrodning siljishiga (orasi ochilishiga) 
sabab bo‘ladi. 


37
Yuqorigi elektrodning sezilarli darajada siljishi metall erigan 
(o‘zak paydo bo‘lgan) paytdan boshlab kuzatiladi va endi bundan 
keyin harorat maydoni hamda o‘zakning o‘lchamlari kattalashuvi 
bilan yuz beradi. 
4.3. Elektrod-detal tegish joyida massa ko‘chish jarayonlari 
 
Payvandlashda elektrod-detal tegish joylari chegarasi orqali 
mexanik yo‘l bilan yoki diffuziya tufayli elektrodlar va detallar 
metali oz miqdordagi massasining o‘zaro ko‘chishi yuz beradi. 
Payvandlash toki ulanmasdan oldin payvandlash kuchi 
berilganda elektrod-detal tegish joyida mikrochiqiqlarning 
qayishqoq-plastik deformatsiyalanish, chiqiqlarning o‘yiqlarga
kirish, ularning kesilish va qadalib qolish, ularning yuzasidagi 
oksidlarning qisman yemirilish va oz miqdordagi fizik 
bog‘lanishlar paydo bo‘lish jarayonlari yuz beradi. Bu 
jarayonlarga payvandlash mashinasidagi kuch tizimi pastki va 
ustki konsollari bikrligi har xilligi tufaili edektrodlarning detallar 
yuzasiga nisbatan harakatlanishi sababli vujudga keluvchi siljish 
deformatsiyalari ham yordam beradi. 
Payvandlash toki ulanganda detallarning elektrodlarga yaqin 
qismlari 
qizib 
borgani 
sari 
mikrorelyeflarning 
plastik 
deformatsiyaga qarshiligi kamayib boradi, shunga mos ravishda 
ularning plastik deformatsiyasi ortadi, amalda tegish joylari 
kengayadi, nafaqat fizik, balki kimyoviy bog‘lanishlar ham yuzaga 
kelishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Metallarning o‘zaro singish 
(diffuziyasi) jarayoni rivojlanadi. 
Detallar yoki elektrodlarning yuzalari yaxshi tozalangan 
bo‘lmasa, mikrorelyeflar orasida yuzaga kelgan ajralib qolgan 
bo‘shliqlar oksid va gidrooksid pardalari hamda singigan moddalar 
bilan to‘lib qoladi. Harorat ko‘tarilishi bilan gidrooksidlar 
parchalanib, gaz, xususan, kislorod ajralib chiqadi. Bunda
yuzaga keluvchi ortiqcha bosim "yoruvchi" effekt hosil qiladi, u 
tegish joylaridagi bosimni pasaytiradi, kislorodning ortiqchasi esa 
chiqiqlar asosini yana oksidlab elektr kontaktlar yuzining 
kengayishiga to‘skinlik qiladi. Ikkilamchi oksidlash va yoruvchi 


38
effekt mos ravishda tokning mahalliy zichligi kamayishiga 
to‘sqinlik qiladi hamda tegish qarshiligini oshiradi, bu esa 
elektrod-detal tegish joyida haroratning ko‘tarilishiga yordam 
beradi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling