Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
6.3. Yig‘ish Yig‘ish ishlari detallar chizmaga muvofiq o‘zaro anik joylashishini va ular orasidagi tirqish eng kichik bo‘lishini ta’minlashi lozim. O‘zaro almashinuvchan bo‘lmagan detallar bir-biriga moslanadi. Detallarning yuzasi ifloslanishi muqarrar. Shu bois avval detallar bir-biriga moslanib, ulardan uzellar yig‘iladi. Keyin uzel bo‘laklarga ajratilib, yuzalar tayyorlanadi, shundan so‘ng yig‘iladi. Ohrgi bosqichda xech qanday moslash operatsiyalari bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Ruxsat etiladigan yig‘ish tirqishlari payvandlash usuli, uzelning bikrligi (detallarning qalinligi va shakli) ga, shuningdek ana shunday tirqishli qismlar uzunligiga bog‘liq. Detal qancha bikr va tirqishli qism qancha katta bo‘lsa, tirqishlar shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, po‘latlardan ishlangan, 1 mm qalinlikdagi detallarni nuqtali payvandlashda tirqishlar 100 mm uzunlikda 0,4 mm dan va 300 mm uzunlikda 1,2 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. 3 mm qalinlikdagi detallar uchun bu qiymatlar mos ravishda 0,3 va 0,9 mm gacha kichrayadi. Yig‘ish ishlari tushirilgan belgilar, etalon uzel bo‘yicha, andozalar yordamida, yig‘ish teshiklari bo‘yicha maxsus moslamalarda bajariladi. Uzel yig‘igandan keyin unda bir necha joyidan tutashtirib payvandlab olinadi va payvandlash joylari belgilab olinadi. Belgilash turli usullarda: andozalar yoki o‘lchash asbobi yordamida qalam bilan, ustma-ust birikma yoniga avval belgilangan (bosmahona usulida) yopishqoq qog‘oz tasma yopishtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Nuqtali mashinadagi mexanik belgilagichlar (rejalagichlar) yoki optik 52 belgilagichlar samaralidir. Ular nuqtalar oralig‘i belgilangan kattalikda bo‘lishini ta’minlaydi. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallarni eritib payvandlashdan aniqroq o‘rnatish talab qillinadi. Masalan, qarshilik bilan payvandlashda detallar uchlari o‘rtasidagi tirqish 0,5 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Eritib payvandlashda esa u 0,15 Δ erish gacha bo‘lishi mumkin. Yig‘ish sifati uzelning asosiy o‘lchamlarini, detallarning uzaro joydashuvini va tirqishlarni tekshirish orqali baholanadi. Tirqishlar bir necha joyidan payvandlab qo‘yish yoki payvandlash paytida maxsus asbob bilan avtomatik o‘lchanishi mumkin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling