Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

6.1-rasm. Gratni kesib tashlaydigan qurilma bilan sterjenlarni 
payvandlash sxemasi: 
1 – grat; 2 – pichoq; 3 – elektrod; 4 – detal. 
Tasmalar payvandlab bo‘lingach, choklariga grat keskichlar 
bilan ishlov beriladi. Quvurdan yasalgan detallar ichidagi payvand 
chokka ishlov berishda eng katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
Kichik va o‘rtacha diametrli quvurlar ichidagi grat dorn bilan 
kesib tashlanadi. Buning uchun dorn shtangaga o‘tqaziladi va 
pnevmatik silindr yordamida issiq chok orqali itarib o‘tkaziladi. 
Katta diametrli quvurlar ichidagi payvand choklarga 
keskichlar o‘rnatilgan aylanuvchi grat keskichlar bilan ishlov 
beriladi. 
 
6.6. Korroziyaga qarshi himoya 
Nuqtali, chokli va relyefli payvandlab hosil qilingan 
birikmalar og‘ir sharoitlarda ishlatilganda korroziyaga duchor 
bo‘lishi mumkin. Korroziyaning manbalari tirqishda (ustma-ust 
birikish joyida) va o‘yiqning sirtida bo‘ladi. Odatda tirqishing 
o‘lchami o‘zgarib turadi. Zichlovchi belbog‘ning yaqinida, ya’ni 
uch qismida tirqish eng kichik, nuqtalar oralig‘ida o‘rtada va 
ustma-ust birikmaning chetida esa eng katta bo‘ladi. Detallarning 
qalinligi, o‘zakning diametri kattalashishi, cho‘kichlash kuchidan 
foydalanilganda, elektrodlar ish yuzasining o‘lchamlari kichrayishi 
bilan tirqishning o‘rtacha o‘lchami kattalashadi. Tirqishlar tirqish 
korroziyasi manbayi bo‘lib, bu korroziya tirqishda korrozion 
muhit mavjud bo‘lganda yuzaga keladi va turli qismlarda 


56
atmosfera bilan gaz almashinuvi har xilligi bilan bog‘liq. 
Tirqishning 
o‘lchami 
kichiklashganda 
kislorod 
kirishi 
qiyinlashadi. Bu o‘lcham kritik o‘lchamdan (po‘lat uchun Δ
kr

0,25 mm va aluminiy qotishmalari uchun 0,15 mm) kichik 
bo‘lganda kislorod kelishi shunchalik cheklanib qoladiki, natijada 
tirqishning devorlari va uchi manfiyroq elektr potensialga ega 
bo‘ladi va anodga aylanadi, tirqish hamda qirraning yuzadagi 
qismlari esa katodga aylanadi. Anod qismlar eriy boshlaydi. 
Korroziyadan yemirilish asta-sekin avval zichlovchi belboqqa, 
keyin esa o‘zakning ichiga ham tarqaladi. Uzoq vaqt 
foydalanilganda korroziya mahsulotlari to‘planib detallarni 
qo‘shimcha ravishda kengaytiradi (bir-biridan qochiradi), natijada 
ular orasidagi tirqish kattalashadi. Tirqishning uchida xavfli uzish 
zo‘riqishlari paydo bo‘lishi mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling