Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Nazorat savollari
1. Payvandlash rejimi deganda nimani tushunasiz? 2. Payvandlashning kattiq va yumshoq rejimlari deb nimaga aytiladi? 3. Nuqtali payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi? 4. Chokli payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi? 5. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi? 69 8-MA’RUZA. TURLI KONSTRUKSION MATERIALLARNI KONTAKTLI PAYVANDLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Reja 8.1. Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri. 8.2. Turli konstruksion materiallarning payvandlanuvchanligi Tayanch so’z va iboralar: solishtirma elektr qarshilik, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, erish harorati, chiziqli kengayish koeffitsienti, plastik deformatsiyaga shartli qarshiligi. 8.1. Payvandlanadigan metallar xossalarining payvandlash rejimi parametrlarini tanlashga ta’siri Payvandlash rejimiga metallarning ko‘pgina issiqlik-fizik, fizik-kimyoviy va mexanik xossalari, kristall panjaraning turi hamda parametrlari, kristallanish oralig‘i (interval) va mo‘rtlikning harorat oralig‘i, oksid pardalarining xossalari va shu kabilar ta’sir ko’rsatadi. Solishtirma elektr qarshilik ρ 0 payvandlash toki va mashinaning turini ko‘p jixatdan belgilab beradi. ρ 0 qancha kichik bo‘lsa, I pay shuncha katta bo‘lishi zarur. Masalan, aluminiy, qotishmalarini payvandlashda po‘latlarni payvandlashdagidan ancha katta toklar talab qilinadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti va payvandlash joyi yaqinida issiqlikning tarqalishini, shu joyining uzunligini, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi haroratni belgilab beradi. λ kattalashishi bilan I pay kamaytiriladi, qattiqroq, rejimlardan foydalaniladi. Qotishmaning erish harorati T erish issiqlik sarfiga, I pay ning qiymatiga, shuningdek elektrod-detal tegish joyidagi harorat va massa ko‘chish jadalligiga ta’sir qiladi. 70 Metallning chiziqli kengayish koeffitsienti a va plastik deformatsiyaga shartli qarshiligi * D ortishi bilan ichki chayqalib to‘kilishlarga moyilligi oshadi, qoldiq zo‘riqishlar va deformatsiyalar darajasi kattalashadi. * D ning qiymatlari katta bo‘lgan metallarni payvandlashda F pay ni keskin oshirishga, yumshoqroq rejim o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Kristallanish oralig‘i (intervali) va mo‘rtlikning harorat oralig‘i (intervali) (MHO) qiziganda darz ketishga moyillikni belgilaydi. MHO qancha keng bo‘lsa, qiziganda darz ketishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi. Kristall panjaraning turi va parametri, erish suyuqligi turli qotishmalarni payvandlashdagi o‘xshashlikni, o‘zak metalining yakuniy tuzilmasi hamda xossalarini belgilaydi. Ayrim metallar harorat ko‘tarilishi bilan o‘z xossalarini (ρ 0 , λ, a) o‘zgartiradi. Shu bois rejimga ko‘pincha qo‘shimcha tok impulsi bilan oldindan qizdirish kiritiladi (ρ 0 ni oshirish va λ hamda a ni kichiklashtirish uchun). Bu esa payvandlash tokini kamaytirish va birikmalarning shakllanishini osonlashtirish imkonini beradi. Sirtqi pardalarning elektr va fizik-mexanik xossalari tegish joylarida issiqlik ajralishiga hamda massa ko‘chishga ta’sir qiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling