71
elementlar miqdoriga ko‘ra ular tinch (сп), qaynovchi (кп) va
yarim tinch (пс) bo‘lishi mumkin.
Solishtirma elektr qarshiligining o‘rtacha qiymatlari (
ρ
0
~13
mkΩ·sm), deformatsiyaga qarshiligining kichikligi σ*
D
(~200
MPa), termik siklga hamda chayqalib to‘kilishlarga sezgirligining
pastligi bu po‘latlarni qattiq rejimlarda ham, yumshoq rejimlarda
ham uncha katta bo‘lmagan
payvandlash toki I
pay
va kichik
payvandlash kuchi
F
pay
yordamida ish yuzasi yassi,
elektr
o‘tkazuvchanligi mis elektr o‘tkazuvchanligining 80 % dan kam
bo‘lmagan hamda kattiqligi HB 120–140 bo‘lgan elektrodlar
bilan payvandlashga imkon beradi. Odatda o‘zgarmas kuchli bitta
tok
impulsi a siklogrammadan, qalinligi 2 mm dan ortiq
bo‘lganda esa
b siklogrammadan foydalaniladi (10.1-rasmga
qarang). Ammo cho‘kichlash
kuchi metallning sovishini
tezlashtiradi va tarkibida C miqdori 2 % dan ko‘p bo‘lgan
po‘latlarni payvandlashda toblash martensiti yuzaga kelishiga
sabab bo‘lishi mumkin. Chokli payvandlash
b siklogrammadan
foydalanib amalga oshiriladi (10.3- rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: