Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
7.4-rasm. Uchma-uch payvandlashdagi o‘rnatish uzunligi:
a – qarshilik bilan payvandlashda; b – eritib payvandlashda. 65 2. Eritib payvandlashda rejimining elektr parametrlari metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi va erish haroratiga bog‘liq bo‘lib, asosan erish tezligi bilan aniqlanadi, bu tezlik ham metallning gazlar bilan o‘zaro ta’sirlashish aktivligini, shuningdek payvandlanadigan detallarning kesimini inobatga olgan holda beriladi. Eritib payvandlashda: 1) uchlari erishi uchun detallarning qizishini va oksidlarni yo‘qotish hamda payvandlash joyi yaqinida noqulay tuzilmalar vujudga kelishining oldini olish maqsadida detallarning deformatsiyalanishini ta’minlashga; 2) bir tekis erigan metall qatlamini shakllantirish, oksidlanishning oldini olish va detallar uchlari yuzalaridagi relyef qulay bo‘lishi uchun cho‘ktirish oldidan erish jadalligi mahalliy bo‘lishini ta’minlashga; 3) detallar uchlarining metali tez sovishining va uchma-uch birikmada oksidlar tiqilib qolishining oldini olish uchun detallarning yetarlicha katta tezlikda deformatsiyalanishini ta’minlashga harakat qiladi. Rejimning asosiy parametrlari: erish tezligi v erish , erish paytida tokning zichligi j erish , erishga turg‘unligi Δ erish , erish vaqti t erish , cho‘kish kattaligi Δ cho‘k , cho‘kish tezligi v cho‘k , tok ostida cho‘kish davomiyligi t t.cho‘k , tok ostida cho‘kish kattaligi Δ t.cho‘k , cho‘kish kuchi F cho‘k yoki cho‘kish bosim P cho‘k , detalning o‘rnatish uzunligi l. Mashinaning salt yurish kuchlanishi U 20 va uni o‘zgartirish dasturi ham beriladi. Impulsli chastotasi f teb va amplitudasi A teb ham ko‘rsatiladi. Qizdirgan holda eritib payvandlashda qizdirish harorati T qizd , qizdirish davomiyligi t qizd , qizdirish impulslari soni n va ularning davomiyligi t imp , qizdirishga turg‘unligi Δ qizd beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling