Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
7.1-rasm. Nuqtali payvandlashda kuch va tok siklogrammasi.
Amaliyotda uzellarning qalinligi, xossalari, shakli hamda muhimligiga, shuningdek payvandlash uskunalarining bor imkoniyatlariga qarab, nuqtali payvandlashda kuch va tokning quyidagi siklogrammalari qo‘llaniladi: a) payvandlash kuchi o‘zgarmas F pay bilan – 3 mm gacha qalinlikdagi metallarni nuqtali payvandlashda ko‘proq qo‘llaniladi; b) payvandlash kuchi o‘zgarmas F pay bilan va cho‘kichlash kuchi F ch ni qo‘yish bilan – qiziganda darz ketishga moyil qalin detal va metallar uchun; d) oldindan qisish F qis va cho‘qtirish bilan – tirqishlarni bartaraf etish va chayqalib to‘kilishlarning oldini olish uchun, shuningdek detallarni oldindan suyuq, qoplama (yelim, lok, grunt) bilan qoplab payvandlashda; e) payvandlash kuchini bosqichma-bosqich oshirib borish (F payI dan F payII gacha) va cho‘kish kuchi F ch bilan – 4 mm dan qalin detallarni payvandlashda; 61 f) qo‘shimcha tok impuls vositasida oldindan qizdirish bilan – payvandlash tirqishlarini yo‘qotish va ichki chayqalib to‘kilishlarning oldini olish uchun; g) keyin qizdirish bilan – qiziganda darz ketishga moyillikni kamaytirish, termik ishlovni amalga oshirish yoki F ch qiymatini kichiklashtirish maqsadida; h) oldindan va keyin qizdirish bo‘lgan uch impulsli dastur. Payvandlash impulsining davomiyligi va qiymatini mos ravishda rostlash orqali qattiq, yoki yumshoq rejim hosil qilinadi. 7.2-rasm. Turli mashinalardagi tok impulsining shakllari: a – o‘zgaruvchan tok mashinalardagi; b – modulyatsiyali o‘zgarmas tok mashinalarida; d – past chastotali tok mashinalarida; e – tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan mashinalarda; f – kondensatorli mashinalarda (I pay – oniy payvandlash toki; I i.pay – ishlayotgan payvandlash toki; I max pay – eng katta (maksimal) payvandlash toki; I max - eng katta sekin pasayish toki; t pay – payvandlash tokining muddati (vaqti); t kat – tokning kattalashish muddati; t pas – payvandlash tokning pasayish muddati). Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling