Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
To‘g‘rilash va qo‘shimcha mexanik ishlov berish
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
6.5. To‘g‘rilash va qo‘shimcha mexanik ishlov berish
Payvandlash natijasida uzellarda payvandlash deformatsi- yalari, zo‘riqishlar va siljishlar (tob tashlashlar) paydo bo‘ladi. Deformatsiyalar mahalliy (detallar orasidagi tirqishlar, elektrodlar o‘ygan joylar) va umumiy (chok uzunligining qisqarishi, halqasimon chokli gumbazning diametri va uzunligi kichiklashuvi va b.) bo‘ladi. Agar detallarning bikrligi bir xil bo‘lmasa, egilishi, turg‘unligining yo‘qolishi, buralib qolishi kabi nuqsonlar paydo bo‘ladi. Payvandlash deformatsiyalari va siljishlarini kamaytirishning ko‘pgina usullari mavjud bo‘lib, ularni ikki katta guruh: oldini oluvchi va tuzatuvchi (tug‘rilash) usullarga ajratish mumkin. Oldini oluvchi usullar orasida chokni "cho‘zuvchi" F r ni qo‘llash, shuningdek metallning tirqishga oqib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun detallarni elektrodlar atrofida halqasimon qisishdan foydalanish samaralidir. Agar oldini olish choralariga qaramasdan, tob tashlashi mumkin. Tob tashlash kattaligi qolaversa, to‘g‘rilash zarur bo‘ladi foydalaniladi. Uzelning materali, o‘lchamlari va shakliga karab, termik, termomexanik va mexanik to‘g‘rilash usullari qo‘llaniladi. Uzelni umumiy qizdirgan holda termik ishlov berish nisbatan kam qo‘llaniladi, chunki bu usul yupqa devorli detallarda o‘zining deformatsiyalarini hosil qiladi. Ko‘pincha bu usul nuqtali payvandlashdan so‘ng ikkinchi impulsni o‘tkazib amalga oshiriladi. Ammo bunday termik ishlovdan asosiy maqsad birirkmalar tuzilmasini va xossalarini yaxshilashdan iborat. Bo‘rtiq 54 joying o‘zini gaz alangasida gorelkalar bilan metallning plastiklik holati haroratigacha qizdirish samaralidir. Detal erkin kengaya olmagani tufayli bu joy qalinlashadi, sovigandan so‘ng esa qisqaradi. Termomexanik usullar bir vaqtda yuqori harorat, dilatometrik effekt va tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishiga asoslangan. Cho‘zilgan qismlarini qisqartirish uchun detal nuqtali mashinaning elektrodlari orasida markazi eriguncha qizdiriladi. Bunda payvandlangandan keyin chokning qisqarish hodisasidan foydalaniladi. Usulning yuqori darajada samaradorligiga qizish joyning kengligi, metallning issiqlikdan kengayishga qarshiligi sun’iy ravishda oshirilganligi, yuzalarning shikastlanmasligi yoki sezilarli darajada oksidlanmasligi undan xilma-xil qalinlikdagi detallarga ishlov berishda foydalanishi mumkinligi sabab bo‘ladi. Mexanik usullar chokni yoki chok yaqinidagi joyni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Chok po‘lat puanson bilan metall birmuncha deformatsiyalanishi uchun yetarli kuch bilan urib chiqiladi. Bu jarayon cho‘qichlash kuchining ta’sirini eslatadi. Asosiy (bazaviy) va o‘tkazish yuzalariga ega uzellar payvandlab bo‘linagandan so‘ng mexanik ishlov: charxlash, frezalash, silliqlash, yoyib kengaytirish va boshqalar qo‘llaniladi. Uchma-uch payvandlashdan keyin payvand chokining grati, ba’zan esa ayrim qalinlashgan joylari yo‘qotiladi. Detallarning kesimi ixcham bo‘lsa (sterjenlar, quvurlarning tashqi choklari) grat va qalinlashgan joy metallning qizigan holatida payvandlash mashinasining qisqichlarida maxsus po‘lat pichoqlar bilan, metall qirqish dastgohlarida, ichiga aylanadigan metall qirquvchi asbob o‘rnatilgan maxsus olinadigan halqalar bilan yo‘qotiladi. Relslar payvandlab bo‘lingandan keyin, uchma-uch chokini maxsus pichoqlar orqali tortib o‘tkazish yo‘li bilan qizib turgan grat kesib tashlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling