Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

6.2. Yuzani tayyorlash 
Bu ishdan maqsad, xossalariga ko‘ra bir tekis bo‘lmagan
boshlang‘ich qalin sirtqi pardalarni yo‘qohotishdir. Qayta 
oksidlanish natijasida tegish qarshiligi kichik va barqaror bo‘lgan 
yangi yupqa pardalar yuzaga keladi.
Yuzani tayorlash quyidagi izchillikda bajariladigan qator 
operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: 
1. Yog‘sizlantirish - bu operatsiya iflosliklar, moylar, 
markirovkalash bo‘yog‘ini ketkazish uchun xizmat qilib,
erituvchilar bilan artish orqali yoki turli tarkibdagi vannalarda, 


49
masalan, legirlangan po‘latlar va titan qotishmalari uchun soda 
eritmalarida, aluminiy hamda magniy qotishmalari uchun ishqor
eritmalarida 
amalga 
oshiriladi. 
Sovuqlayin 
yoyilgan 
(prokatlangan) 
po‘lat 
ko‘pincha 
yuzasini 
tozalamasdan 
payvandlanadi. 
2. Mexanik ishlov berish yoki kimyoviy ishlov berish orqali 
boshlang‘ich pardalar acosan, oksid pardalarini yo‘qotish
Mexanik usulda hozirlash quyidagicha olib boriladi: 
a) qalin oksid pardasi yoki alohida sirtqi qatlamlari bo‘lgan 
po‘lat detallar va TiO
2
kirlari bo‘lgan titan qotishmalariga pitra 
purkab ishlov beriladi. Pitra oqartirilgan cho‘yan zarralari, 
maydalab kesilgan po‘lat sim ko‘rinishida, aluminiiy qotishmalari 
uchun esa shisha zo‘ldirchalar ko‘riinishida tayyorlanadi; 
b) istalgan metalldan, ammo ko‘pincha po‘latdardan kam 
miqdorda ishlab chiqarilgan detallar aylanuvchi metall cho‘tkalar 
bilan tozalanadi. Aluminiy va magniy qotishmalari uchun yuzani 
tozalashni qayta oksidlash aktivlashtiradi, shu bois saqlash 
sharoitiga qarab, detallar ishlov berib bo‘lngandan so‘ng ko‘pi 
bilan 5–20 soat ichida payvandlash zarur.
Kimyoviy ishlov berish (xurushlash) deyarli istalgan metalldan 
donali va seriyalab ishlab chiqariladigan detallar uchun 
qo‘llaniladi. 
Kimyoviy ishlov berishning avzalliklari: 

ishlov berilgandan keyin tekis va aktivligi past parda paydo 
bo‘ladi; 

oksid pardasining xossalarini va yanada o‘sishini boshqarib 
turish imkoniyati bor. 
Kimyoviy ishlov berish xurushlash tezligini rostlash, 
detallarning yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvni yaxshilash, yuzani 
passivlantirish uchun turli qo‘shimchalar ishqor hamda kislota 
eritmalarida amalga oshiriladi. 
Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlar uchun sulfat 
kislota va xlorid kislota (H
2
SO
4
(200 g), HCl (10 g) 10 l suvda
eritiladi, harorat 50

60°C), korroziyabardosh va issiqqa chidamli 
po‘latlar, nikel qotishmalari uchun - ortofosfor, xlorid hamda azot 
kislotalarning suvdagi eritmalari (H
3
PO
4
(110 g), HCl (130 g), 


50
HNO
3
(10 g) 0,75 l suvda eritiladi, harorat 50-70°C), mis 
qotishmalari uchun HNO
3
(280 g), HCl (1,5 g) qurum (1

2 g) 1 l 
suvda eritiladi, harorat 15

25°C), magniy qotishmalari uchun 
(NaOH (300

500g), NaNO
3
(40

70g), NaNO
2
(150

250g) 0,3

0,5 l suvda eritiladi, harorat 70

100°C).
Aluminiy qotishmalari uchun kaliy yoki natriy xrompik 
qo‘shilgan ortofosfor kislota eritmalaridan (H
3
PO
4
(110

115 g), 
K
2
Cr
2
O
4
yoki Na
2
Cr
2
O
4
(0,8

1,5 g) 1l suvda eritiladi, harorat 30

50°C) bo‘ladi. Ortofosfor kislota aluminiy bilan deyarli o‘zaro 
ta’sirlashmaydi, ammo sirtqi oksidlarni, faol eritadi. 
3. Passivlash 

aluminiy va magniy qotishmalari uchun yangi 
oksid pardasini zichlash hamda barkarorlashtirish maqsadida 
qo‘shimcha kimyoviy ishlov berishdir. Aluminiy qotishmalaridan 
yasalgan detallar ay’ni cho‘g‘da xurushlovchi xrompik eritmasini 
qo‘shish orqali xurushlash yo‘li bilan ham passivlanadi. Magniy 
qotishmalari xurushlangandan so‘ng, xrom angidrid eritmasida 
ishlov berib passivlanadi. 
4. Yuzani neytrallash yoki tiniqlashtirish 

yuzadan reaksiya 
yoki elektrolit maxsullarini ketkazishdir. Kam uglerodli va kam 
legirlangan po‘latlar uchun natriy yoki kaliy gidroksidi (NaOH 
yoxud 
KOH 
1l 
suvda 
eritiladi, 
harorat 
20

25°C), 
korroziyabardosh hamda issiqqa chidamli po‘latlar, nikel 
qotishmalari uchun Na
2
CO
3
ning 10% li eritmasi (harorat 20

25°C) ishlatiladi. 
5. Yuvish 

detalga kimyoviy ishlov berishning, har bir 
operatsiyalari oralig‘ida odatda issiq suv bilan, keyin esa vodorod 
ko‘rsatkichi pH = 6,5

7,5 bo‘lgan sovuq suv bilan ishlov beriladi. 
O‘ta muhim detallar sho‘rsitlantirilgan suv bilan yaxshilab 
yuviladi. 
6) Issiq havo bilan yoki quritish javonlarida quritish
7) Yuzani tayyorlash sifatini nazorat qilish. Yuzani tayyorlash 
sifati visual bajariladi (po‘latlar va titan qotishmalari uchun), 
etalon namunalar bilan solishtirish orqali hamda elektrodlardan 
bittasi izolyatsiyalangan nuqtali payvandlash mashinasi turidagi 
qurilmalarda ikkita siqib qo‘yilgan namunalarning elektr qarshiligi 
r
EE
ni Ф-412 da mikrommetri yoki boshqa asboblar bilan o’lchash 


51
orqali baholanadi. Kam uglerodli konstruksion po‘latlar uchun r
EE
ning joiz qiymatlari 600 mkΩ, kam legirlangan po‘latlar uchun 
800, korroziyabardosh va issiqqa chidamli po‘latlar uchun 1000, 
titan qotishmalari uchun 1500, mis qotishmalari uchun 300, 
aluminiy qotishmalari uchun 120

180 mKOm ga teng. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling