Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Bir necha joyidan payvandlab tutashtirish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

 6.4. Bir necha joyidan payvandlab tutashtirish 
Bir necha joyidan payvandlab tutashtirish uzeldagi detallarni 
aniq holatda qotirib qo‘yish, payvandlash vaqtida ular surilib 
ketishining oldini olish, uzelning bikrligini oshirish, tirqishlarni 
kichiklashtirish va qoldiq deformatsiyalarni kamaytirish uchun 
xizmat qiladi. Yig‘ilgan uzellar ko‘pincha ko‘chmas mashinalarda 
bir necha joyidan nuqtali payvandlab qo‘yiladi; yupqa listlardan 
(tunukada) qilingan murakkab shaklli va katta o‘lchamli detallar 
uchun bu ish kontaktli ko‘chma mashinalarda moslamalar 
(ombirlar, to‘pponchalar) da yoki argon yoyi yordamida 
payvandlab bajariladi; qalin devorli yirik detallar uchun esa argon 
yoyi yordamida, yoy yordamida qo’lda payvandlab, keyin bir 
necha joyidan payvandlash joylarini kesib tashlash orqali amalga 
oshiriladi. 
Bir necha joyidan payvandlab qo‘yish joylarining oralig‘i 
(qadami) qotishmaning markasi, detallarning qalinligi, uzelning 
bikrligi, tirqishlarga va payvandlash turiga bog‘liq. Tirqishlar 
qancha kichik va uzelning bikrligi qancha katta bo‘lsa, qadam 
odatda shuncha uzun bo‘lishi mumkin. Nuqtali payvandlash uchun 
bu qadam odatda 100

300 mm ni, chokli payvandlash uchun 3


barobar kam (kuchli tob tashlashning oldini olish maqsadida) 
tashkil etadi. Nuqtali payvandlash uchun detallar chok chizig‘i 
bo‘ylab bir necha joyidan payvandlab qo‘yiladi, bu ishning rejimi 


53
payvandlash rejimiga o‘xshash belgilanadi. Chokli payvandlash 
uchun bir necha joyidan payvandlash nuqtalari yo chok o‘qi 
bo‘ylab, yoki yonma-yon joylashtirib, ularning diametri chok 
enidan kichikroq qilib (2,5 gacha) belgilandi. 
Payvandlash moslamalarida bikr qilib qotirib qo‘yilgan oddiy 
uzellar odatda ana shu moslamalarning o‘zida, bir necha joyidan 
payvandlab 
qo‘ymasdan 
payvandlanadi. 
Ko‘p 
nuqtali 
payvandlashda ko‘pincha ular ortiqcha bo‘lib qoladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling