Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
7.5-rasm. Uchma-uch payvandlash jarayonining siklogrammasi: a - eritib uchma-uch payvandlash. b - qizdirgan holda eritib uchma-uch payvandlash. Erish tezligi v erish detallarga haroratning muayyan tarzda taqsimlanishi shartidan kelib chiqib tanlanadi. Cho‘qtirish oldidan detallarning uchlari bir tekis qizishi uchun erishining oxirgi tezligi v o.erish ancha oshiriladi. Kesim bo‘yicha qizish bir tekis bo‘lishi, haroratning detallar bo‘ylab eng maqbul tarzda taksimlanishi va ularning uchlarida erigan metall qatlam yuziga kelishi erishga qoldiriladigan qo‘yim Δ erish ga bog‘liq. Odatda Δ erish payvandlashga qoldiriluvchi umumiy payvandlashda Δ erish 2-3 barobar kamaytiriladi. Tokning zichligi j erish barqaror erish jarayonini ta’minlashi kerak. U metallning λ va v erish ortishi bilan oshadi, qizdirib payvandlashda, shuningdek katta kesimli detallarni payvandlashda kamayadi. 67 Cho‘kishga moyilligi Δ cho‘k uchma-uch birikmadan qizigan metall va oksidlarning yo‘qotish shartidan kelib chiqib tanlanadi: k cho k cho t ' ' . ) 8 , 0 5 , 0 ( Cho‘kish bosimi P cho‘k payvandlanadigan metallning xususiyatlari va detallarning qizish darajasiga qarab tanlanadi. Uzluksiz eritib payvandlashda: P cho‘k. =60–80 MPa – kam uglerodli po‘latlar uchun; P cho‘k. =100–120 MPa – ko‘p uglerodli pulatlar uchun; P cho‘k. =150–220 MPa – austenitli po‘latlar uchun; P cho‘k. =120–150 MPa – aluminiy qotishmalari uchun. Cho‘kish tezligi v cho‘k uning vaqtida metallning oksidlanishga va uchma-uch birikmadan oksidlar hamda qizigan yo‘qotilishiga ta’sirini inobatga olgan holda tanlanadi: v cho‘k. =20–30 m/s – cho‘yan uchun; v cho‘k. =60–80 m/s – kam uglerodli po‘latlar uchun; v cho‘k. =80–100 m/s – ko‘p legirlangan po‘latlar uchun; v cho‘k. =150–200 m/s – aluminiy qotishmalari va boshqa oson oksidlanuvchi metallar uchun. Salt yurishi kuchlanishi U 20 ning barqaror erishini ta’minlovchi eng kichik qiymati tanlanadi. Detallarning o‘rnatish uzunligi: o k cho eritish l ' 2 , bunda Δ o – qismalar o‘rtasidagi oxirgi (yakuniy) oraliq. Odatda dumalok sterjenlar va qalin devorli quvurlarni payvandlashda d l ) 1 7 , 0 ( bo‘ladi, bunda d – payvandlanadigan detallarning diametri. Qizdirgan holda eritib payvandlashdagi qizdirish harorati T qizd payvandlanadigan detallarning kesimi va metaliga qarab tanlanadi: T qizd =800–1000°C – konstruksion metallardan yasalgan 10000 mm 2 gacha kesimli detallarni payvandlashda; T qizd =1000–1200°C – konstruksion metallardan ishlangan, kesimi 10000-20000 mm 2 gacha bo‘lgan detallarni payvandlashda; 68 T qizd =1100–1350°C – qiyin qoliplanadigan (shakl oladigan) austenitli po‘latlardan tayyorlangan detallarni payvanlashda. Qizdirish vaqti t qizd detallar kesimining yuzi kattalashishi bilan, 500-1000 mm 2 kesimli detallarni payvandlashda bir necha sekunddan 15000-20000 mm 2 kesimli detallarni payvandlashda bir necha daqiqagacha ortadi. Qizdirish impulslarining davomiyligi t imp odatda 1-8 s ni tashkil etadi, qizdirishga qo‘yim Δ qizd esa detallarning kesimi hamda payvandlanadigan metallning xossalariga qarab 1–12 mm atrofida o‘zgaradi. Detallarni siqish kuchi F siq cho‘ktirish paytida detallar jag‘larda sirpanishining oldini olish shartdan kelib chiqib, detallar bilan jag‘lar o‘rtasidagi ishqalanish koeffitsientlari f 1 va f 2 yoki siqish koeffitsientiga k siq tanlanadi: k cho siq k cho siq F k f f F F ' 2 1 ' , bunda uglerodli po‘latdan yasalgan quvurlar va chiviqlar uchun k siq =1,5–2, xrom-nikel po‘latdan quvur hamda chiviqlar uchun 2,2 –3,2, kimyoviy ishlov berilmagan (xurushlanmagan) po‘lat listlar uchun 2,3–3,2, kimyoviy ishlov berilgan po‘lat listlar uchun 2,7– 3,5. Jag‘lardagi tishlar k siq ni 0,8–1 gacha kamaytiradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling