Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi 26 boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 83/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki uyidan chiqayotganida, «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi vala havla vala quvvata illa billah» (ya’ni: «Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Allohdan o‘zgada o‘zgartirish ham, quvvat ham yo‘qdir»), desa, «Hidoyat qilinding, kifoya qilinding va himoya etilding», deyiladi va shayton undan uzoq bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va boshqalar rivoyati. 84/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida aka-uka bor edi. Biri Rasululloh (s.a.v.) (xizmatlariga) kelib turardi. Ikkinchisi kasb-hunar qilar edi. Hunarmand Rasululloh (s.a.v.) xizmatlarida bo‘lgan ukasidan shikoyat qilganida Rasululloh (s.a.v.) «Balki uning sababidan senga rizq berilayotgandir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 8-BOB Sobitqadamlik (istiqomat) bayoni Alloh taolo: «O’zingizga buyurilgani kabi to‘g‘ri yo‘lda bo‘ling» (Hud surasi, 112-oyat); «Albatta Parvardigorimiz Allohdir, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri ustuvor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko‘ngillaringiz tilagan narsalaringiz bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir. (Bu) mag‘firatli va mehribon zot tomonidan bo‘lgan ziyofatdir» (Fussilat surasi, 30-32-oyatlar). «Albatta Parvardigorimiz Allohdir, degan, so‘ngra (to‘g‘ri yo‘lda) ustuvor bo‘lgan zotlar uchun xavfu xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar», (Ahqof surasi, 13-14- oyatlar) deb aytgan. 85/1. Abu Amr Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Allohning rasuli, menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, men bu haqda sizdan boshqa biror kishidan so‘ramayin», desam, u zot: «Imon keltirdim, deb ayt, so‘ngra istiqomatda bo‘l (ya’ni, Allohga itoat qilib, Unga muxolif bo‘lishdan o‘zingni tiygin)», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 86/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘‘tadil bo‘linglar (g‘uluvga ham ketmanglar, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymanglar), to‘g‘ri yo‘lni qasd qilinglar. Bilinglarki, sizlardan birortangiz amali bilan ham najot topa olmaydi», deganlarida, «Siz hammi, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Hattoki men ham. Faqatgina Alloh rahmati va fazliga olganlargina najot topishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 9-BOB Allohning ulug‘ maxluqotlari, dunyoning foniy bo‘lishi, oxiratning holatlari va bulardan boshqa narsalarda tafakkur qilish bayoni Alloh taolo: «Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft-juft, yolg‘iz-yolg‘iz Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 27 holingizda turib, so‘ngra tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman» (Saba’ surasi, 46-oyat); «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratguvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan!» (Oli Imron surasi, 190-191- oyatlar). «Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga, osmonning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga, tog‘larning qanday tiklanganiga va yerning qanday yoyib-tekislab qo‘yilganicha (ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?! Bas, (ey Muhammad), siz pand- nasihat qiling! Zotan siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos» (o‘oshiya surasi, 17-21-oyatlar). «Axir (odamlar) yer yuzida sayru sayohat etishib, o‘zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?!» (Yusuf surasi, 109-oyat) deb aytgan. Bu haqda hadislar ham ko‘p bo‘lib, Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilingan 66-raqamli hadis bunga dalildir. 10-BOB Yaxshi amallarga shoshish va yaxshi amallarga yuzlanuvchi kishini taraddudga tushmasdan unga tezlash bayoni Alloh taolo: «Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz» (Baqara surasi, 148-oyat); «Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan eni osmonlar va er barobarida bo‘lgan jannatga shoshilingiz», (Oli Imron surasi, 133-oyat) deb aytgan. 87/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih (yaxshi) amallarga shoshinglar. Tez kunlarda qorong‘u kechaning parchalari kabi fitnalar paydo bo‘lurki, kishi mo‘min holatida tong ottirib, kofir holatida kechlatadi. Va mo‘min holatida kechlatib, kofir holatida tong ottiradi. Va dinini dunyoning ozgina matosiga sotib yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 88/2. Abu Sirva’a Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Madinada Rasululloh (s.a.v.) orqalarida asr namozini o‘qidim. U zot salom berdilar-da, odamlar yelkasini oralab, zavjalari xonasiga tezlik bilan turib ketdilar. Odamlar u zotning shoshilganlaridan xavfga tushishdi. Rasululloh (s.a.v.) (hujrai saodatdan) chiqib, odamlarning taajjubga tushganlarini ko‘rib: «Huzurimizda bir miqdor oltin borligi esimga tushib qoldi, u menda to‘xtab xalaqit berishini karih ko‘rib, uni taqsimlab yuborishga amr qilib chiqdim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 89/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Uhud kuni Rasululloh (s.a.v.)ga: «Agar o‘ldirilsam, mening (joyim) qaerda bo‘ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda», dedilar. U kishi qo‘lidagi bir nechta xurmolarni otib jangga kirishib ketdi, hattoki, u o‘ldirildi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 90/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, qaysi sadaqaning ajri ulug‘roq?» deganida, u zot: «O’zing sog‘, hirsli, qizg‘anchiq, kambag‘allikdan qo‘rqib, boylikni orzu qilib turgan paytingdagi Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 28 sadaqang eng ulug‘ ajrlidir. Joning halqumingga yetib borguncha (sadaqa qilishni) kechiktirmagin. Sen (joning xalqumingga borganida) falonchiga unchasi, pistonchiga bunchasi, deb aytasan. Haqiqatda falonchiga bunchasi bo‘ladi (ya’ni, o‘zingga hech qanaqa savob bo‘lmaydi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 91/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud kuni bir qilichni ushlab: «Buni mendan kim oladi?» deganlarida, sahobalar qo‘llarini cho‘zib, har birlari «men», «men», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim buni haqqi bilan oladi?» deganlarida, qavm to‘xtadi. Abu Dujona (r.a.): «Men uni haqqi bilan olaman», deb u qilich bilan mushriklarning boshlarini yora boshladilar. Imom Muslim rivoyatlari. 92/6. Zubayr ibn Adiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Anas ibn Molikning (r.a.) huzurlariga borib Hajjoj zolimdan yetayotgan ozorlar haqida shikoyat qildik. Shunda u zot: «Sabr qilinglar! Chunki biror zamon kelsa, uning so‘nggidan undan-da yomonrog‘i kelur. Bu narsa to Rabbilaringizga yo‘liqquningizcha davom etur. Men buni nabiylaringiz (Muhammad) sollalohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 93/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Yetti narsa (kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) Boylik - tug‘yonga ketishga sababchidir. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4) Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi. 6) Dajjol -kutilayotgan g‘oib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng og‘iri va achchig‘idir», dedilar. (Inson mana shu yetti narsa kelmasidan oldin vaqtni g‘animat bilib, oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy rivoyatlari. 94/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xaybar kuni: «Bu bayroqni bir kishiga beramanki, uni Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi hamda uning qo‘lida Alloh fath qiladi», dedilar. Umar <^>: «Amirlikni sevmas edim. Faqat o‘sha kuni orzu qildim. Va meni chaqirishlarini umid qilib, baland-baland bo‘lib ko‘tarilib turdim», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Ali ibn Abu Tolibni chaqirib, bayroqni unga berdilar. Va: «Alloh senga fath qilgunicha u yoq-bu yoqqa qaramasdan olg‘a yur», dedilar. Ali (r.a.) biroz yurib to‘xtadilar-da, u yoq-bu yoqqa qaramasdan: «Ey Allohning rasuli! Nima niyatda odamlar bilan jang qilay?» deb baqirdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik berishgunicha jang qilaver. Qachon shunday qilishsa, sendan o‘z qonlari va mollarini saqlab qolishadi. Faqatgina shariat haqqi bilan javobgarlikka tortiladi (ya’ni, shariat man qilgan jinoyat sodir qilsa, jazoga tortiladi). Ularning hisobi esa Allohning O’zigadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 11-BOB Yaxshi amallarga jiddu-jahd qilish bayoni Alloh taolo: «Bizning (yo‘limizda) jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir» (Ankabut surasi, 69-oyat); «Toinki sizga aniq narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!» (Hijr surasi, 99-oyat). «Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib, (chin ixlos bilan bandalik qiling)» (Muzzammil surasi, 8-oyat). «Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 29 (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat). «O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (Qiyomat kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq ajr-mukofot holida topursizlar» (Muzzammil surasi, 20-oyat). «Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir». (Baqara surasi, 273-oyat) deb aytgan. 95/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: «Kimki Mening do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman. Bandam farzlarimga amal qilganchalik boshqa biror narsada Menga yaqin bo‘la olmaydi. Bandam Menga nafllar bilan yaqin bo‘lishda bardavom bo‘ladi, hatto Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Agar Mendan so‘rasa, uni beraman. Agar Mendan panoh so‘rasa, panohimga olaman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 96/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Rabbilari azza va jalladan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Agar banda Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Agar Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar Menga yurib kelsa, Men unga tez yugurib boraman (ya’ni, bandam har turli ibodat va yaxshiliklar bilan Menga yaqin bo‘lsa, Men undan ziyoda inoyat va karamlarim bilan mehribonlik qilaman - tarj...)». Imom Buxoriy rivoyatlari. 97/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ikki ne’mat borki, u haqda kishilarning ko‘pchiligi ziyon topib, bebahra qolishadi. Sihhat-salomatlik va bo‘sh vaqt», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 98/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) kechalari (namozda) turganlaridan oyoqlari shishib ketardi. «Ey Allohning rasuli! Alloh sizning oldingi-yu keyingi gunohlaringizni kechirgan bo‘lsa, nima uchun bunday qilyapsiz?» desam, u zot: «Shukr etuvchi banda bo‘lmayinmi?» dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 99/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) agar (Ramazon oyining oxirgi) o‘n kuni kirsa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazib, bunga ahli ayollarini ham uyg‘otardilar. O’zlari ko‘p g‘ayrat qilib, ibodat uchun belbog‘larini mahkam bog‘lardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 100/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kuchli mo‘min Alloh taologa kuchsiz mo‘mindan mahbubroqdir. Har birlarida yaxshilik bordir. Senga foydasi bor narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam so‘ra. Ojiz bo‘lmagin. Agar senga biror musibat yetsa, unday qilganimda, bunday bo‘lardi, demagin. Lekin Allohning taqdiri, nimani xohlasa, o‘shani qiladi, degin. Chunki «agar» so‘zi shayton amali uchun yo‘l ochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 101/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Do‘zax (nafs xohlaydigan) shahvatlar bilan o‘rab qo‘yilgandir. Jannat (nafs xohlamaydigan) karohiyatli narsalar bilan o‘rab qo‘yilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 102/8. Abu Abdulloh Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Kechalarning birida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini o‘qiy boshladilar. Men yuzinchi oyatda ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot davom ettirdilar. Baqara surasini bir rakatga o‘qisalar kerak, desam, u zot yana davom ettirdilar. Endi ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot Niso surasini o‘qiy boshladilar. So‘ngra Oli-Imron surasini o‘qiy boshladilar. O’qiganlarida oxista, harflarini aniq qilib tilovat qilardilar. Agar tasbeh oyati o‘tsa, tasbeh aytardilar. Agar so‘rash oyati kelsa, so‘rardilar. Agar panoh tilash oyati kelsa, panoh tilardilar. So‘ngra ruku’ qilib, unda «Subhona robbiyal aziym», deb aytdilar. Ruku’lari tik turishlariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra «Sami’allohu liman hamidah, Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 30 robbana lakal hamd», deb uzun tik turdilar. U tik turishlari ruku’lariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra sajda qilib «Subhana robbiyal a’lo», deb sajda qildilar. Sajdalari ham tik turganlariga yaqin bo‘ldi». Imom Muslim rivoyatlari. 103/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kecha Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim. U zot qiyomni uzun qilganlaridan yomon bir ishni qasd qildim (lekin uni qilmadim)». «Qasd qilgan o‘sha narsa nima?» deb so‘ralganida, Ibn Mas’ud (r.a.): «O’zim o‘tirishni qasd qilib, u zotni tik qoldirish edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 104/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’lgan odamga uch narsasi - ahli, moli va amali ergashadi. Ikkitasi - ahli va moli qaytib kelib, amali (u bilan birga) qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 105/11. Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannat sizlardan biringizning poyabzalining ipidan ham yaqindir. Do‘zax ham shu kabidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 106/12. Abu Firos Rabiy’a ibn Ka’b al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari hamda ahli suffalardan edilar.) «Men Rasululloh (s.a.v.) bilan birga tunni o‘tkazib, u zotning tahorat va boshqa ehtiyojlariga suv tutardim. Bir kuni u zot: «Mendan nima so‘raysan?» dedilar. Men: «Siz bilan jannatda hamroh bo‘lsam», dedim. «Balki bundan boshqa narsa ham so‘rarsan?» dedilar. Men: «O’shaning o‘zini so‘rayman», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, sajdani ko‘paytirish bilan o‘zingga meni yordamchi qil», dedilar (ya’ni, sendan namoz, mendan duo bo‘lib tursa, inshaalloh, maqsadingga yetishasan)». Imom Muslim rivoyatlari. 107/13. Savbondan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’zingga ko‘p sajda qilishni lozim tut. Chunki Allohga biror sajda qilsang, U Zot o‘sha sajda sababli darajangni ko‘tarib, xatolaringni o‘chiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 108/14. Abu Safvon Abdulloh ibn Busr al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilarning yaxshisi umri uzun bo‘lib, amali chiroyli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 109/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Amakim Anas ibn Nazr (r.a.) Badr urushida yo‘q edilar. Bu zot (kelib): «Ey Allohning rasuli, mushriklar bilan urushilgan avvalgi jangda yo‘q edim. Agar Alloh mushriklar bilan bo‘ladigan urushda ishtirok etishimni nasib qilsa, nima qilishimni Alloh kishilarga ko‘rsatur», dedilar. Qachonki, Uhud kuni bo‘lib musulmonlar orqaga chekinishganida, bu zot: «Allohim, mana bular, ya’ni sahobalar qilayotgan narsada kechirim so‘rayman. Mana bular, ya’ni mushriklar qilayotgan narsada esa o‘zimni oqlayman», dedilar. Keyin oldinga yurib, yo‘lda Sa’d ibn Muozga yo‘liqdilar. «Ey Sa’d ibn Muoz, Ka’baning Rabbisiga qasamki, men Uhud tomondan jannat hidini topyapman», dedilar. Sa’d ibn Muoz: «Ey Allohning rasuli, u qilgan narsani men qilishga qodir emas edim», dedilar. Ushbu hadis roviysi Anas (r.a.) aytdilar: «Biz uning (badanida) sakson nechta ham qilich urilgan yo nayza sanchilgan yoki kamon o‘qi otilgan va o‘lik hamda badani majruh etilgan holatda topdik. Uni hech kim taniy olmadi. Faqatgina singlisi barmog‘idan tanib oldi. Bizning fikrimiz yoki gumonimizga quyidagi oyat Anas ibn Nazr va u kishi kabilar haqida nozil bo‘lgan: «Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas, ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi (ya’ni, shahid bo‘ldi). Ulardan ayrim kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» (Ahzob surasi, 23-oyat)». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 110/16. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 31 «Sadaqa oyati nozil bo‘lganida, biz orqamizda yuk tashib (undan tushgan pulni sadaqa qilar edik). Bir kishi kelib ko‘p narsa sadaqa qildi. Kishilar uni riyokor, deyishdi. Boshqa bir kishi kelib bir so’ narsa sadaqa qildi. Kishilar: «Alloh bu bir so’ narsadan behojatdir!» deb aytdilar. Shunda quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir» (Tavba surasi, 79-oyat)». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 111/17. Said ibn Abdulaziz Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarr Jundub ibn Junodadan 4&, u Rasululloh (s.a.v.)dan, Rasululloh (s.a.v.) Alloh taboraka va taolodan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, O’zimga zulmni harom qildim va uni oralaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar. Ey bandalarim, barchangiz zalolatdasiz. Faqatgina Men hidoyat qilganlargina to‘g‘ri yo‘ldadir. Shunday ekan, hidoyatni Mendan talab qilinglar. O’zim sizlarni hidoyat qilaman. Ey bandalarim, barchangiz ochdirsiz. Faqatgina Men taomlantirganlargina bunday emas. Bas, shunday ekan, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni (O’zim) taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalang‘ochdirsiz. Faqatgina Men kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni (O’zim) kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar. Men esa gunohlaringizning barchasini kechiraman. Bas, shunday ekan, Mendan istig‘for talab qilinglar, sizlarning gunohingizni (O’zim) kechiraman. Ey bandalarim, Menga zarar bermoqchi bo‘lsangiz, hargiz zarar bera olmaysiz. Va Menga foyda bermoqchi bo‘lsangiz ham, hargiz foyda bera olmaysiz. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz taqvoli qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz fojir qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam ham, huzurimdagi biror narsa kamaymaydi. Faqatgina dengizga ignani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men amallaringizni hisoblab saqlab qo‘yaman. Keyin uni mukammal qilib topshiraman. Kimki uning yaxshisini topsa, Allohga hamd aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi». Said aytdilar: «Abu Idris agar mana shu hadisni gapirsalar, tiz cho‘kib o‘tirardilar». Imom Muslim rivoyatlari. Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra sharafliroq hadis yo‘qdir», deb aytganlar. 12-BOB Umr oxirida yaxshiliklarni ko‘paytirishga targ‘ib qilish bayoni Alloh taolo: «Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi (payg‘ambar) ham kelgan edi-ku!» (Fotir surasi, 37-oyat) deb aytgan. Ibn Abbos va muhaqqiq olimlar « ... uzun umr bermaganmidik»ning ma’nosi oltmish yil umr bermaganmidik»dir, deyishdi. Quyidagi zikr qiladigan hadisimiz bu ma’noni quvvatlab keladi. Ba’zilar buni o‘n sakkiz yil, deyishdi. Yana boshqalar qirq yil, deyishdi. Hasan, Kalbiy, Masruqlar Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagilarni naql qilishdi: «Madina ahlidan birortasining yoshi qirqqa yetsa, o‘zini ibodat qilish uchun bag‘ishlar edi». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling