Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

frazeologiyada: oq ko‘ngil va yuragi qora; yerga ursang, ko‘kka 
sapchiydigan va qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan;
morfologiyada: birlik va ko‘plik, o‘timlilik va o‘timsizlik, bo‘lishli va 
bo‘lishsizlik, asliy va nisbiy (sifatlar); 
sintaksisda: mustaqil va nomustaqil (kesimlar); egali va egasiz 
(gaplar); vositali va vositasiz (to‘ldiruvchi) kabi bir-biriga qarama-qarshi 
ma’noli birliklar teng qiymatli ziddiyatda turadi. 
Ziddiyatlar a’zolari miqdoriga ko‘ra ikki a’zoli (binar) va uch (ko‘p) 
a’zoli (ternar) ziddiyatlarga bo‘linadi. Noto‘liq teng qiymatli ziddiyatlar 
binar va darajali ziddiyat ternar ziddiyat deyiladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Til birliklarining o‘zaro munosabati deganda nimani tushunasiz? 
2. Paradigmatik munosabatda til birliklari qay tarzda joylashadi? 
3. Sintagmatik munosabat til birliklari uchun xosmi yoki nutq birliklari 
uchun? 
4. Sintaktik aloqa nima? Uning sintagmatik munosabat bilan qay darajada 
bog‘liqlik tomoni mavjud? 
5. Iyerarxik munosabat nima? Misollar keltiring. 
6. Iyerarxik munosabatda til birliklari qay tarzda bog‘langan bo‘ladi? 
7. Sintagmatik munosabat til birliklarining qanday joylashuviga 
asoslanadi? 
8. Noto‘liq, darajali, teng qiymatli ziddiyatlarning bir-biridan farqli 
tomonlarini sanang. 
9. Lisoniy ziddiyat turlariga tilning fonetik, leksik, morfologik sathlaridan 
misollar keltiring 


50 
10. Lisoniy ziddiyatlar barcha turlar uchun xosmi va ular qay darajada 
o‘rganilgan? 
11. Ikki (binar) va uch (ko‘p, ternar) a’zoli ziddiyatlar atamasini izohlang. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [19; 22; 23; 27; 28; 30; 37; 46; 49; 56] 
 
NUTQ KO‘RINISHLARI: OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ 
Reja: 
1. Uslubiyat –nutq ko‘rinishlarini o‘rganuvchi soha. 
2. Og‘zaki va yozma nutqning vazifaviy uslublari. 
3.Til imkoniyatlarining uslubiy ifodalarda namoyon bo‘lishi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling