Abuzalova M


Sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy  vositalaridan biridir. “O`zbek tilining izohli lug`ati” 19 da sukut


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy 
vositalaridan biridir. “O`zbek tilining izohli lug`ati”
19
da sukut arabcha so`z 
sifatida talqin etiladi va jimjitlik, gapirmaslik, kamgaplik ma’nolarini 
ifodalashi aytiladi. Bu so`z tilimizga arab tilidan kirgan sukunsukunat va 
o`zbek tilidagi sukunatli yasama so`zi bilan asosdosh bo`lib, u nutqiy 
muloqot jarayonida o`ziga xos pragmatik qiymatga ega lingvomadaniy 
18
Cho`lliyeva G.T. Ohang nutqiy muloqotning tarkibiy qismi sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-6875).–
Buxoro, 2020, № 5 (75). 
19
www.ziyouz.com kutubxonasi Ўзбек
тилининг изоҳли луғати/. «С» ҳарфи.–585-б. 


55 
xususiyatlarni ifoda etadi. Andijonlik olim Ma’murjon Saidxonovning 
“Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar” kitobida (Т.:Fan,2008) sukutni 
“muomalaviy mazmunga ega” va “muomalaviy mazmunga ega 
bo`lmagan” turlarga ajratadi. Kuzatilishicha, “muomalaviy mazmunga ega” 
sukut nutqiy muloqot jarayonida ellikka yaqin ma’nolarni yuzaga 
chiqaradi. Chunonchi,
isyon ma’nosiQizcha bolalarga xos qaysarlik bilan boshini eggancha 
jim turar, uning sukutida, butun xatti-harakatida nimagadir qarshi so`zsiz 
isyon bor edi. (Mirmuhsin, Umid)
tushunmaslik ma’nosiSukut saqlamoq hamma vaqt ham aqllilikdan 
darak beravermaydi, ammo bilganingni shaqillab gapira berish–o`z 
obro`yingni paqirlab to`kish demak. (Mirmuhsin, Umid) 
“indamasdan indash” ma’nosi:
Dardim eshitib, etsa sukut dildorim,
Shul jimligi menga ming javobdir, javob. (J.Rumiy) va b. 
Sukutning “muomalaviy mazmunga ega bo`lmagan” turiga muloqot 
jarayonidan tashqaridagi holatlar (masalan, Dunyoda shunday qo`shiq 
borki, yangraganda butun olam sukutga cho`madi kabi) misol bo`la oladi. 
Xalq maqollarida, turli hikmat-u aforizmlarda quyidagilarni o`qiymiz: 
Aqlning go`zalligi – fikr bilan, Ruhning go`zalligi – shukur bilan, Tilning 
go`zalligi – sukut bilan, Qalbning go`zalligi –zikr bilan (Maqol); Ahmoqqa 
javob – sukut (Maqol); Sukut–donishmandlikning boshlanishi (Maqol);
iymon keltirgan kishi yaxshi so`zlarni so`zlasin yoki sukut saqlasin
(Qur’oni Karimdan); Kim sukut saqlasa, najot topadi.(Hadisdan) va b. 
Demak, azal-azaldan xalqimiz sukutni donishmandlik, aqllilik
iymonlilik, til go`zalligi sifatida e’tirof etgan. Biroq nutqiy muloqot 
jarayonida sukut hamisha ham ijobiy xarakter kasb etavermaydi. Masalan, 
Siz sukut saqlasangiz, dunyo ham sizga sukut saqlaydi.(Aforizm); Mozor 
uzra sukut etarlar…(A.Oripov) “Sen nega jimsan?” ma’nosida; Sukut 
o`ldiradi (Maqol) va h. 


56 
Zero, sukut ham nutqiy muloqot – og`zaki nutqning (nolisoniy) nutqiy 
komponentidir
20
.
Demak, adabiy tilda bir-biridan farq qiladigan uslublar mavjud. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohasida qo‘llanadigan 
ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslublar tilning asosiy vazifalari 
(kommunikativ, ekspressiv)ga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Shunga 
ko‘ra, ular vazifaviy uslublar deb ham yuritiladi. Ya’ni nutq uslublari til 
ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasidir. 
Tilshunoslikda nutq uslublarining besh ko‘rinishi mavjudligi va bu 
uslublarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi qayd etiladi. 
Bular quyidagilar: ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, publitsistik uslub, 
so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub. 
Fan-texnika, san’atning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar, 
ilmiy-texnik xabarlar, maqolalar, tezislar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy 
uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (qoidalar, 
ta’riflar, aksiomalarga) boy bo‘lishi bilan boshqa nutq uslublaridan 
farqlanadi. 
Ilmiy uslubdagi nutq monologik xarakterga ega bo‘lib, unda obrazlar,
obrazli tasvirlar, ko‘chma ma’noli so‘zlar, majoz, bo‘yoqdor so‘zlar, 
iboralar deyarli uchramaydi. Bu uslubga mantiqiy fikrlash, abstraksiya,
analiz, sintez, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘rish - 
xos xususiyatlardir. Shuning uchun u o‘rganuvchining his-tuyg‘ulariga 
emas, ongiga, tafakkur –shuuriga ta’sir etadi. Ilmiy uslubda har bir fanning 
20
Yuldasheva D.N. Sukut nutqiy muloqotning (nolisoniy) komponenti sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-
6875).–Buxoro, 2020, № 6 (75). 


57 
o‘ziga xos ilmiy terminlaridan foydalanadi. Masalan, tilshunoslikda 
morfologiya, sintaksis, fe’l, tuslanish, kesim, giponimiya kabi atamalar; 
matematikada teorema, tenglama, kosinus, sinus, parallelopiped, 
gipotenuza kabi atamalar; meditsinada analgin, adeopan, glyukoza, validol, 
baralgin, glitserin kabi atamalar ishlatiladi. 
Ilmiy uslubda so‘zlar, odatda, o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Qoida yoki 
ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan izoh bo‘laklar, 
kirish so‘z, kirish birikma va kirish gaplar, shuningdek, ergashgan qo‘shma 
gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Gaplarning kesimi, odatda, aniq yoki 
majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi; moslashuvli birikmalar deyarli 
hamma vaqt belgisiz (gap bo‘lagi, unlilar tasnifi, so‘z o‘zagi kabi): sonlar 
raqamlar bilan; birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshi (men) ko‘plik 
shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda gap bo‘laklari tartibida inversiya 
uchramaydi. Ilmiy uslubga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar deyarli barcha 
tillarga, jumladan, rus, ingliz, nemis, fransuz va h.larga ham tegishlidir. 
Hukumat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, 
nizomlar, xalqaro hujjatlar, ariza, til
x
at, ma’lumotnoma, shartnoma, 
chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, tavsifnoma, e’lon, tarjimayi hol, hisobot 
kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Bu uslubdagi nutq boshqa 
uslublarga qaraganda ancha siqiq va chegaralangandir. Masalan, 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling