Abuzalova M
TAKLIFNOMA Hurmatli Sayfullayeva Ra’no Raupovna!
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anjumanning yalpi yig‘ilishi 2020-yil 8-fevral soat 9.30da BuxDUning bosh yig‘ingohida boshlanadi. Anjuman ishtirokchilari 8-fevral soat 8.30dan 9.30ga qadar
TAKLIFNOMA
Hurmatli Sayfullayeva Ra’no Raupovna! Sizni 2020-yil 8-9-fevral kunlari hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «Hazrat Navoiyga ehtirom» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz. Anjumanning yalpi yig‘ilishi 2020-yil 8-fevral soat 9.30da BuxDUning bosh yig‘ingohida boshlanadi. Anjuman ishtirokchilari 8-fevral soat 8.30dan 9.30ga qadar BuxDUning bosh binosi(1-qavati)da ro‘yxatga olinadi. Rasmiy-idoraviy uslubning ham o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari mavjud: so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatiladi, qisqartma so‘zlardan, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. 58 Chunonchi, sud jarayoni bilan bog‘liq ish qog‘ozlarida jinoyat, hukm, qonun, ...-modda kabi; universitet ish qog‘ozlarida rektorat, dekanat, kafedra, dotsent, fan doktori, professor kabi so‘z va birikmalar ishlatiladi. Bu uslubda darak va buyruq gaplardan foydalanilib, gap bo‘laklarining odatdagi tartibiga rioya qilinadi. Publitsistik uslub davriy matbuot, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ommaviy- siyosiy mavzudagi ma’ruzalar uslubidir. Bu uslubdan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda keng foydalaniladi. Odatda, gazetalarning bosh maqolalari publitsistik xarakterda bo‘lib, ularda kundalik turmushdagi tarbiyaviy, iqtisodiy va siyosiy masalalar yoritiladi. Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan, ritorik so‘roq gaplardan, takror, murojaat, undov, yoyiq undalmalar, chaqiriqlardan foydalaniladi. Publitsistik uslubda qurultoy, anjuman, deputat, kengash, hukumat rahbarlari, davlat kabi ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi.Gap bo‘laklari, ko‘pincha, odatdagi tartibda bo‘ladi, gap kesimlari buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. So‘zlashuv uslubi uchun xos bo‘lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik xarakterda ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar: 1) uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaniladi: do‘ndiq, vaysamoq, bashara kabi; 2) nutq jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatiladi: matbachi (matbaachi), mazza (maza), haqqi (haqi) kabi; 3) izohlovchilardan ko‘proq foydalaniladi: Salima opa, Toshpo‘lat do‘xtir kabi; 4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so‘zlar ko‘p uchraydi: jonim chiqdi, boshi ochiq,... kabi; 5) so‘zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho‘zish: ka-a-atta, huv-v-v kabi; 6) gap bo‘laklarining tartibi erkin bo‘ladi, to‘liqsiz gaplardan, undalmali gaplardan foydalaniladi. 59 Nasriy, nazmiy va sahna uchun mo‘ljallangan dramatik asarlar badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asarlar kishiga ma’lumot berishi bilan birga obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda yozuvchi tilda mavjud bo‘lgan vositalarning hammasidan foydalana oladi. Hatto tasvirlana yo tgan davrning ruhini yoki nutq momentida asar qahramonining holatini tasvirlash uchun eskirgan so‘zlar, vulgarizmlar, shevaga xos so‘zlardan ham foydalanishi mumkin. Barcha nutq uslublari o‘zaro aloqador bo‘lib, bir uslubda boshqa nutq uslublarining ko‘rsatkichlari ham uchraydi. Ayni zamonda har bir uslub o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. So‘zlashuv uslubida hamda badiiy uslubda fonetik vositalardan ko‘proq foydalaniladi. Fonetik vositalar deganda ba’zi nutq tovushlari, urg‘u, ohang va ularning nutqiy ta’sirchanligi tushuniladi. So‘zdagi unlilarning cho‘zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta’kid, kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ ma’nolarni ifodalaydi. Chunonchi, Qorako‘z opaaa, sizga xaaat! Katta konvertda xaaat!!! (N.Qobul) Undoshlarni ikkilantirish kuchli hayajonni, qo‘rquv yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo‘la qoling, ssovqotib ketdim-ku! (M.Ismoiliy) Leksik uslubiyat deganda denotativ va konnotativ ma’noli so‘zlardan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (omonim, sinonim, antonim, paronim, giponim, Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling