Abuzalova M
partonim...)dan, chegaralangan qatlamdagi so‘zlar (eskirgan so‘zlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
partonim...)dan, chegaralangan qatlamdagi so‘zlar (eskirgan so‘zlar, jargon, argo, dialektizmlar, vulgarizmlar...)dan, evfemizmlardan, iboralardan nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri foydalana olish usullari tushuniladi. Funktsional-uslubiy bo‘yoqqa ham, hissiy-ta’sirchan bo‘yoqqa ham ega bo‘lgan grammatik shakllarning barchasi morfologik uslubiyatning o‘rganish obyektini tashkil etadi. Sintaksisning ham o‘ziga xos uslubiy imkoniyatlari mavjud. Nutq uslublariga xos turli sintaktik vositalar, so‘z birikmalari va gaplardagi 60 sinonimiya, polisemiya, omonimiya hodisasi, so‘z tartibi, ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra gap turlarining nutqda ishlatilishi, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari va boshqalar sintaktik uslubiyatning asosini tashkil etadi. Sintaktik konstruksiyalarning uslubiy bo‘yog‘i shu konstruksiyalarda ifodalangan so‘zlar, shaxs-son, kelishik, modallik va so‘z tartibi kabi grammatik ma’nolar bilan bevosita bog‘lanadi. Chunki tovushlar va qo‘shimchalar, lug‘atning hamma qatlami faqat jumlada ma’lum bir mazmun ifodalaydi. Har bir so‘z va grammatik shaklning mazmuni hamda ijtimoiy qimmati gap ichida ravshanlashadi. Chunonchi, Navdalarni bezab g‘unchalar, Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg‘ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini... (H.Olimjon.) Ushbu she’riy misralardagi hamma so‘zlar badiiylikka, go‘zallikka, zavq-shavqqa xizmat qilgan. Deyarli barcha so‘zlar ma’no jihatidan ko‘chgan. Ayniqsa, salbiy bo‘yoqli qurg‘ur so‘ziga ijobiy tus berilgan. Dunyo tillarining deyarli barchasida so‘zlashuv, badiiy, rasmiy- idoraviy, publitsistik, ilmiy uslub mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotda, o‘zaro munosabatlarda, nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarida til imkoniyatlaridan me’yoriy foydalanishni ta’minlaydi. Biroq til imkoniyatlari har bir tilda o‘sha tilning tabiati, qonun- qoidalariga bo‘ysungan holda turlicha bo‘lib, ular o‘ziga xos uslubiy vazifalarni bajaradi. Har bir tilning o‘ziga xos bo‘lgan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik vositalarini bilish, ularning har qaysisidan o‘z o‘rnida ustalik bilan foydalana olish muhimdir. Ma’lum bir nutq uslubiga mansub bo‘lgan jihatlarni boshqa uslubda asossiz (noto‘g‘ri) qo‘llash nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling