Abuzalova M
semiotika deb ataladi. Istalgan narsa yoki harakat ma’lum bir ramziy tizimda sun’iy ijtimoiy ramz sifatida istalgan turdagi voqea-
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
semiotika deb ataladi.
Istalgan narsa yoki harakat ma’lum bir ramziy tizimda sun’iy ijtimoiy ramz sifatida istalgan turdagi voqea-hodisa, g`oyaning darakchisi, xabarchisi sifatida voqelanishi mumkin. Bu esa jamiyat uchun juda ulkan va qulay imkoniyatlar yaratib beradi – bitta oddiygina ramz juda katta miqdordagi axborotni hech qanday ziddiyatsiz mujassamlashtirish – kodlashtirish, turli-tuman shakllarda unga ishlov berish, saqlash, uzatish, qabul qilishga yo`l ochadi. Jamiyatimizda bu masalalar bilan shug`ullanuvchi va ommaviy yutug`i zamonaviy kompyuterlar bo`lgan 64 maxsus fan semiotika fani mavjud. Bizga yaqin ko`makdosh bo`lgan informatika fani mana shu semiotikaning bir tarmog`idir. Semiotika (semiologiya yunoncha sema – ramz so`zidan olingan) ramzlarni va ramziy sistemalar xususiyatini o`rgatuvchi maxsus fandir. Semiotika barcha fanlarga aloqador – ham ulardan oziqlanadigan, ham ularni oziqlantiruvchi fan hisoblanadi. Zeroki, barcha fanlar, hayotimizning barcha jabhalari hamisha ramzlar bilan ish ko`radi. Hayotimizdagi barcha jabhalarning, barcha fanlarning ramziy tizimlarining, ramzlarining o`z xususiyatlari bor. Semiotika ramzlarning, ramziy tizim (sistemalar)ning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi va o`rgatuvchi fandir. Shu bois uning boshqa fanlar bilan bog`lanishi ikki tomonlamadir – ham oziqlanadi, hamda oziqlantiradi. Semiotika asoschisi amerikalik faylasuf, matematik va mantiqshunos Charlz Pirs (1839-1914) sanaladi. Mustaqil fan sifatida bizda u XX asrning 60-yillaridan keyin shakllandi. Kundalik hayot va faoliyatimizda har kuni, har soatda biz xilma-xil ramziy tizimlardan foydalanamiz. Yozuv va harflar, yo`l harakati qoidalari va ramzlari (belgilari), dars jadvali, turli xil qo`ng`iroq, gudok, muassasa va binolardagi lavha va shiorlar, transport vositalaridagi yozuv va raqamlar... Tilimiz ham ramziy sistema bo`lib, shu tizim qonuniyatlari asosida yashaydi, ishlaydi va rivojlanadi. Shu sababli tilni o`rganuvchi fan– tilshunoslikni shved olimi Ferdinand de Sossyur semiotikaning bir tarmog‘i deb tasniflagan edi. «Til – g`oyalarni ifodalovchi ramzlar sistemasi, nutqiy qobiliyatning ijtimoiy mahsuli, ijtimoiy jamoa tomonidan hosil qilingan zaruriy ramzlar (imkoniyatlar) majmuyidir», degan edi Ferdinand de Sossyur 25 . Haqiqatan ham, mohiyatga e’tibor qaratilsa, tabiiy til o`zining xususiyatlari bilan ramzlar tizimini eslatadi. Chunonchi, voqelikdagi bitta predmetni, masalan, har kim va har kun foydalanadigan suyuqlik suv so`zini olamiz. O`zbek bu suyuqlikni suv deb, tojik ob deb, rus voda deb, arab mo` deb, ingliz water deb ataydi. Nega bir xil suyuqlikni besh xalq 25 Ф.де Соссюр. Труды по языкознанию. Курс общий лингвистики. –М.: Прогресс. 1977. –С. 99-100. 65 besh xil nomlaydi? Buning sababi shundaki, narsaning nomi bilan shu narsaning o`zi (ilmiy atamalar bilan aytganda atalmishi, denotati, borliqdagi muqobili) o`zaro ramziy, shartli bog`langan; nom bilan narsaning o`zi orasida hech qanday tabiiy-ontologik bog`lanish yo`q. Aks holda, bir denotatning nomi turli tillarda bir xil bo`lardi 26 . Til har bir jamiyat uchun “azaldan tayyor” qabul qilinishi umumiy va majburiy bo‘lgan, avlodlar merosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari tilning qanday paydo bo‘lganini, uni kim yaratganini-yu, kim tuzgani, undagi ramzlarni kim hosil qilganini (ya’ni, predmetlarni muayyan bir nomlar bilan kim ilk marta atagani v.h.) kabi masalalar bilan, tabiiyki, qiziqmaydi. Kundalik hayotimizda, jamoadoshlarimizga: “Nega bu predmetning nomi shunday (masalan, kitob)?” degan savolni hech kim bermaydi. Jamiyat a’zolari tilni “qanday bo‘lsa, shundayligicha” qabul qilib ko‘nikishgan. Ular ramzlarning ichki xususiyati, tarixi v.h. kabilarga qiziqishga yoki bir ramz o‘rnida boshqa ramzni qo‘llashga ehtiyoj sezmaydilar. Hatto o‘zgartirmoqchi bo‘lsalar ham, o‘zgartira olmaydilar: til alohida kimsalarning farmoni va xohishuga bo‘ysunmaydi. Tilning qurilish (struktur) birliklari bo‘lmish fonema, morfema, leksema va qoliplar (qurilmalar chizmalari)dan fonemadan tashqari barchasi ramz tabiatiga ega. Masalan, -lar unsurining tashqi – darakchi tomoni tilda ma’lum fonemalarning (yozuvda harf va takaffuzda tovushlarning) barqaror butunligi bo‘lsa, uning ichki – xabar tomoni o‘zbek tili uchun xos bo‘lgan son kategoriyasining ko‘plik shakli uchun xos bo‘lgan ma’nolarni ifodalash va vazifalarni bajarishdir. -lar unsurida bu ikki tomonning bog‘lanishi zotiy yoki tabiiy emas; jamiyatdan biz bu bog‘lanishni tayyor holda qabul qldik (bizni shunga o‘rgatdilar) va unga rioya qlamiz. Demak, bu unsurda tomonlarning bog‘lanishi shartli, konvensionaldir va -lar ramz mohiyatida ega. Leksemaning ramziy tabiati yuqorida ko‘rib o‘tilgan suv so‘zi misolida ko‘rsatildi. Qoliplar (qurilmalar) esa tilda morfema va leksemalar 26 Ne’matov H. Til ramziy tizim sifatida.–Buxoro, 2002.–21-b. 66 asosida tuziladi va qurilish materiali ramziy tabiatga molik bo‘lgach, qurilmalar ham shunday mohiyatga ega bo‘lishi shart. Tilning struktur (qurilish) birliklaridan fonemaning ramziy mohiyati tilshunoslikda munozaralidir, chunki fonemlar tilning bir timonli – faqat moddiy tomonli birliklari bo‘lib fonemalar ichki tomon (ma’no va mazmun) bilan bevosita bog‘lanmagan.Shu asosda uni ko‘pgina olimlar ramz deb hisoblamaydilar. Lekin fonemalarda ma’no farqlash vazifasi bo‘lganligi sababli ayrim tilshunoslar ularni ham ramz deb sanash lozim degan fikrni ilgari suradilar – ramziy tizimda hej bir narsa ramziylikdan xoli bo‘lmasligi kerak. Inson insoniyligining muhim belgilaridan biri bo‘lgan til mohiyat va qurilish jihatidan ramziy tizim.Lekin u boshqa ramziy tizimlrdan keskin farqlanadi. O‘tgan asrning bosh va o‘rtalarida (F.de Sossur va ilk strukturalizm davrida) tilning ramziy tizim ekanligiga alohida urg‘u berilar edi. Hozir esa tilning boshqa ramziy tizimlardan farqiga urg‘u berish asridir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tabiiy til barcha ramziy tizimlardan ustun, chunki u istalgan sun`iy ramziy tizimni almashtira olishi, o‘rnini bosishi mumkin. Aslida, barcha ramziy tizimlar lisoniy tizim asosida yaratiladi, ularning asosida tabiiy til yotadi. Ramziy tizimlarrni birlamchi-ikkulamchilik asosisida tasnif etishda til birlamchi - qolgan barcha sun`iy ramziy tizimlar uchun asos ularni almashtira oladigan sifada tasnif etiladi, Ikkilamchi ramziy tizimlar qulaylik uchun sof pragmatik maqsadlarni ko‘zlab tuziladi. Til o`z-o`zidan rivojlanish, o`zgarish, ta’sirga berilish, jamiyat talablari asosida yangilanish, biologik organik sistemalar singari ehtiyojlarga moslashish, zaruriyatni qondirish, eksiklik(yetishmaydigani)ni to`ldirish xususiyatlariga ega, boshqa ramziy tizimlarda esa muqimlik, ular faqat tabiiy til asosida, ya’ni inson ongi va faoliyati orqali yangilanishi, o`zgarishi, rivojlanishi mumkin. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling