Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.Ramz atamasini qanday izohlagan bo`lardingiz? 
2. Ramzning sinonimlari bilan o`xshash va farqli tomonlari nimada? 


67 
3 . «Ramz-kelishilgan, ijtimoiy hodisa» deganda nimani tushunasiz? 
4 . O`zingiz shartli ( kelishilgan) ramz hosil qilishga harakat qiling . 
5 . Ramziy tizim nima? 
6 . Semiotika nima va uning qanday ahamiyati bor? 
7. Tilni ramziy tizim sifatida tavsiflab bering. 
8.Tilga ramziy sistema sifatida yondashgan olimlar (Soss
y
ur va b.lar) 
qarashlarini tahlil qiling. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [18; 19; 24; 27; 28; 62; 66; 67; 68] 
TILSHUNOSLIK FANI BO‘LIMLARI. FONETIKA 
Reja: 
1. Tilshunoslik fani bo‘limlari haqida. 
2. Fonetikaning o‘rganish manbayi haqida. 
3. Nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi. 
4. Bo‘g‘in haqida ma’lumot. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Til sathlari, fonetika, umumiy va xususiy fonetika, qiyosiy va 
eksperimental fonetika, jumla (fraza), takt, bo‘g‘in, enklitika, proklitika, 
diftong, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, berkitilgan - yopiq bo‘g‘in, tovush. 
XX asrda til fanining quyidagi bo`limlari tadqiq etildi: 
1. Fonologiya. Fonetika. 
2. Semasiologiya. Leksikologiya. 
3. Leksikografiya. 
4. Derivatsiya. 
5. Grammatika (morfologiya va sintaksis). 
6. Punktuatsiya. 
7. Dialektologiya. 
9. Uslubiyat. 
10. Til tarixi. 
11. Orfografiya. 
12. Orfoepiya. 
13. Etimologiya. 
14. Frazeologiya. 
15. Grafika. 


68 
XX asr oxiri va XXI asrning birinchi choragida esa quyidagi sohalar 
bo`yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda: 
1. 
Sotsiolingvistika. 
2. 
Psixolingvistika. 
3. 
Pragmalingvistika. 
4. 
Lingvokognitologiya. 
5. 
Lingvokulturologiya. 
6. 
Neyrolingvistika. 
7. 
Кompyuter lingvistikasi. 
8. 
Кorpus lingvistikasi. 
9. Lingvoma’naviyatshunoslik. 
10. Antroposentrologiya.
Tilshunoslikning bu yo‘nalishlari bir-birini to`ldirib boradi, albatta. 
Avvalo, formal, so‘ngra substansial yo‘nalish oldiga qo‘yilgan ijtimoiy 
buyurtmani bajarib bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z tadqiq tamoyillari asosida 
sohaning yechilmagan ayrim masalalari bilan shug‘ullanishni davom 
ettiraveradi.
Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibini ilmiy 
asosda har tomonlama o‘rganish natijasida tilshunoslikning bir qancha 
sohalari 
yaratildi, 
chunonchi, 
fonetika 
morfologiya, 
sintaksis, 
leksikologiya, semasiologiya, etimologiya va stilistika kabilar. Fonetika – 
tilning tovush tizimini, leksikologiya – lug‘at tarkibini, morfologiya - 
so‘zshakllarini, sintaksis – so‘z shakllarining gapdagi vazifalarini, 
morfemika - so‘z tarkibini, stilistika – nutq uslubini, semasiologiya - so‘z 
ma’nolarini, etimologiya – so‘zlarning kelib chiqishini o‘rganadi. Tilning 
fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibining har biri
alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Ammo til sohalari (fonetika, leksika,
grammatika) shu tilga xos qonun-qoidalar asosida bir-biri bilan o‘zaro 
munosabatda bo‘lib, bir tizimni hosil qiladi.
Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi bo‘lib, 
boshqa sathlar (leksikologiya, grammatika…) birliklari uchun moddiy 
asos vazifasini o‘taydi. Insonning nutq faoliyati nutq birliklari bo‘lmish 


69 
tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch 
jihatni birlashtiradi: fiziologik, akustik (fizik), funksional.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling