Abuzalova M


Nutq tovushlarining fiziologik jihati


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Nutq tovushlarining fiziologik jihati deganda talaffuz a’zolarining
boshqarilishi, fizik jihati deganda tovushning akustikasi (eshitilish darajasi) 
tushunilsa, funksional jihati nutq tovushlarining sotsial tomonini, aloqa 
vositasi ekanligini belgilaydi. Tilshunoslikda har uchala jihatni bir-biridan 
ajratmagan holda tadqiq qilish kerakligi masalasida olimlar turlicha 
qarashlarni ilgari surganlar. Pirovard natijada, tilshunoslikda ikki – 
fonetika va fonologiya sohalari ajralgan. Fonetika nutqiy xususiyliklarni, 
fonologiya lisoniy umumiyliklarni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan
bo‘lib qoldi. 
Fonetika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “tovushga xos” yoki 
“tovush qutisi” degan ma’nolarni bildiradi. Fonetika nutq tovushlarini
hosil qiluvchi talaffuz a’zolarini, ularning vazifasini ham tekshiradi. 
Tilning fonetika sathida boshqa fan sohalari - adabiyotshunoslik, 
fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqa yaqqol seziladi. 
Yaqingacha fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini
urg‘u, bo‘g‘in va ularning turlarini ham o‘rganar edi. Hozirda nutqdagi 
tovush o‘zgarishlari va almashinishini morfonologiya nomli nisbatan yangi 
soha o‘rganadi. Fonetikaning amaliy ahamiyati orfografiya masalalarini 
hal qilishda, chet tillarni o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning nutqini 
ravonlashtirishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda 
namoyon bo‘ladi.
Fonetika umumiyxususiy va qiyosiy  fonetikaga ajraladi. Umumiy 
fonetika barcha tillarga xos bo‘lgan talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi. 
Unda intonatsiya uchun qo‘llaniladigan vositalar (tovush balandligi, kuchi, 
cho‘ziqligi, tezligi (tempi)), pauza, tembr kabi masalalar tekshiriladi. 
Xususiy fonetikada yoqorida aytilgan masalalar muayyan tillar misolida 
tekshiriladi. Xususiy fonetika tarixiy (diaxron) va zamonaviy (muosir) 
fonetika, tasviriy va eksperimental fonetika kabi ko‘rinishlarda ish yuritadi. 
Alohida apparatlar yordamida nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va 
intonatsiyadagi artikulyatsion – akustik xususiyatlar eksperimental 


70 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling