Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.Tilshunoslikning qanday sohalari bor? 
2.Lisoniy sathlarning uzviy bog‘liqligini misollar asosida tushuntiring. 
3.Fonetika nimani o‘rganadi? 
4.Umumiy va xususiy fonetikaning bir-biridan farqli tomonlari nimada? 
5.Qardosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning fonetik xususiyatlarini qaysi 
fonetika o‘rganadi? 
6.Nutq birliklariga nimalar kiradi? 
7.Fraza va taktning bir-biridan farqli tomonlarini sanang. 
8.Tillarning bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra farqlanishini misollar bilan izohlang. 
9.Qaysi mezonlar asosida so‘z bo‘g‘inga ajraladi?
10.Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimada? 
11.Diftong hodisasi qaysi tillar uchun xos? 


73 
12. Morfonologiya sathi haqida ma’lumot to‘plang va uni tilshunoslik 
daftaringizga ko‘chiring. 
13. So‘zlarni bo‘g‘inga ajratish tamoyillari barcha tillar uchun bir xilmi? 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 17; 19; 20; 29; 35; 38] 
NUTQ A’ZOLARI VA ULARNING TUZILISHI 
Reja: 
1. Nutq organlari va ularning vazifalari. 
2. Tovush hosil bo‘lishidagi asosiy bosqichlar. 
3. Nutq artikulyatsiyasi haqida. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Nutq apparati, faol va nofaol nutq a’zolari, ovoz paychalari
bo‘g‘iz, artikulyatsiya, artikulyatsiya bazasi, artikulyatsiya o‘rni va usuli, 
portlovchi, sirg‘aluvchi, til oldi, til o‘rta, til orqa, lab undoshlari
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi qismlar nutq a’zolari 
(apparati) deyiladi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida quyidagi a’zolar 
ishtirok etadi: o‘pka, kekirdak, ovoz paychalari, bo‘g‘iz, bo‘g‘iz qopqog‘i, 
kichik til, tanglay, til, tish, lab. Bular orasida faol ishtirok etadigan 
organlarga ovoz paychalari, til, lab, yumshoq tanglay, qattiq tanglay, 
pastki jag‘ kiradi.
Nutq apparati 3 qismdan iborat:
1. Ovoz paychalaridan pastki qism. Bu qismga o‘pka, nafas olish 
yo‘llari, kekirdak va diafragma (ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i 


74 
o‘rtasidagi parda) kiradi. Bu a’zolar havo manbayi bo‘lib, o‘pkadan 
chiqqan havo tovush paychalarining yordami bilan ovoz hosil qiladi.
2. Bo‘g‘iz. Halqasimon va qalqonsimon tog‘aylar bo‘g‘izda 
joylashgan. Bu ikki tog‘ay o‘rtasida ovoz paychalari o‘rnashgan. Bo‘yin 
chetlarida tovush paychalari bir-biriga to‘la yoki deyarli to‘la jipslashib 
turadi. Ovoz paychalarining ishtirokisiz ovoz chiqarish mumkin emas. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling