Abuzalova M


darajasi (yuqori, o‘rta, quyi) va lablanish – lablanmaslik


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

darajasi (yuqori, o‘rta, quyi) va lablanish – lablanmaslik belgilari unli 
fonemalarning asosiy belgilari bo‘lib, bu belgilar ularning sistema hosil 


77 
qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra 
(old qator, o‘rta qator, orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki 
bu belgilar ularda nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida o‘zgarib turadi. 
Masalan, [q] undoshi bilan qo‘shnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik 
xossasiga ega bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida o‘z holatini saqlaydi: qarg‘a, 
qurbaqa, kamalak, katta, kassa, katastrof kabi. Unli fonemalarning asosiy 
belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha: 
Unli
fonemalar  
A s o s i y b e l g i l a r i 
tilning ko‘tarilish darajasi 
lablanish belgisiga ko‘ra 
yuqori
o‘rta
quyi
lablangan
lablanmagan
[i] 


[u] 


[o‘] 


[o] 


[e] 


[a] 


Demak, chizmadan ko‘rinib turganidek, unli fonemalar tilning 
ko‘tarilish darajasiga ko‘ra uch pog‘onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki 
pog‘onali sistemani hosil qiladi. Jadvalda berilganidek, unli fonemalar 
o‘zaro o‘xshash va farqli belgilari bilan ziddiyatni hosil qiladi. Masalan, 
[a] va [e] fonemalarining birlashtiruvchi (farqlanmovchi) tomoni ularning
lablanmaganligi bo‘lsa, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra [a] quyi keng
[e] o‘rta keng fonema ekanligi bilan ziddiyatni hosil qiladi. 
Demak, o‘zbek tilidagi unli fonemalarning oppozitsiyalari tilning 
ko‘tarilish darajasi va lablarning ishtiroki bilan belgilanadi. Qator belgisi 
(til oldi, til orqa) o‘zbek tili unlilari uchun fonologik farqlanish belgisi 
emas, chunki u yondosh undoshlarning ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Rus adabiy tilida esa unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi 
quyidagi chizmada o‘z aksini topgan: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling