Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [18; 19; 24; 27; 28; 62; 66; 67; 68] TIL – RAMZLAR TIZIMI Reja
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Tilshunoslikdagi “uslub”, “uslubiyat” atamalari ifodalagan ma’nolarni tushuntiring. 2.Uslubiyatning o‘rganilish tarixi haqida ma’lumot bering. 61 3. “Uslubiyat adabiyotshunoslik bilan tilshunoslik o‘rtasidagi oraliq fan” ekanligini isbotlashga urining. 4. Nutqning vazifaviy uslublarini sanab bering. “Yuragi hapriqib ketdi” gapini turli uslublarda ifodalang. 5.Ilmiy uslubning rasmiy–idoraviy uslubdan farqli tomonlarini va o‘xshash jihatlarini aytib bering. 6.So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 7.Aralash uslub haqida ma’lumot bering. 8.Publitsistik uslubga xos nutq ko‘rinishlaridan birini tanlang (istalgan gazeta yoki jurnaldan foydalanishingiz mumkin) va uni uslubiyat nuqtayi nazaridan tahlil qiling. 9.Fonetik uslubiyat haqida ma’lumot bering. 10.Leksik uslubiyat deganda nimani tushunasiz? 11.Morfologik va sintaktik uslubiyatning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot bering. 12.Nutqning vazifaviy uslublari faqat o‘zbek tili uchun xosmi? 13.O‘zbek va rus tillaridagi ilmiy uslubni taqqoslashga harakat qiling. 14.Nutq uslublariga rioya qilmaslik nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqarishini misollar asosida dalillang. Foydalanish uchun adabiyotlar: [18; 19; 24; 27; 28; 62; 66; 67; 68] TIL – RAMZLAR TIZIMI Reja: 1.Ramz tushunchasi haqida. 2.Tilning semiotik munosabati. 3.Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Ramz, ramzning tabiati, ramzning muhim jihatlari, semiotika, semiotik munosabat, til va ramz Qomusiy adabiyotlarda ramz (ruscha – знак, inglizcha – signe, nemischa– zeichen ) tushunchasiga turlicha tavsif beriladi: 62 1.Ramz (знак) – moddiy material sifatida qabul qilinadigan predmet (hodisa, ko`rinish) bo`lib, hissiy bilish jarayonida va odamlar orasidagi munosabatlarda biror bir predmet yoki predmetning muayyan xususiyati, munosabatini ifodalash hamda axborot saqlash va uning ma`lum bir komponentini uzatish uchun xizmat qiladi 21 . 2. Ramz (знак) – boshqa bir predmetning, belgi yoki munosabatining vakili sifatida namoyon bo`luvchi va axborot (informatsiya, bilim)ga ega bo`lish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun ishlatiladigan moddiy predmet (hodisa) 22 . 3. Ramz (знак) – boshqa bir narsa, voqea-hodisa, harakatni atash, ifodalash, undan xabar berishga xizmat etuvchi va bevosita kuzatishda berilgan (sezgi organlariga ta`sir etadigan) moddiylik 23 . Odatda, nutqda ramz, ishora, belgi va timsol (simvol) tushunchalari ma’nodosh sifatida ishlatiladi. Ammo ular orasida ma’lum farqlar mavjud. Belgi, asosan, predmetning ma`lum bir xususiyati, muhim, ajralib turuvchi sifati bo`lsa, timsol muayyan bir g`oyaning, ideal hodisaning moddiylashtirilgan ifodasi, narsaning o`zi emas, balki uni eslatib turuvchi, ko`z oldimizda gavdalantiruvchi moddiylik ma’nosiga ega bo`lib, unda ko`pincha ko`tarinkilik, tantanavorlik bo`yog`i, qo`shimcha ma’nosi hisoblanadi: Kabutar – tinchlik timsoli. Humo qushi – baxt timsoli. Burgut– mag`rurlik, ozodlik timsoli. Oq bayroq–sulh timsoli kabi. Ramz esa biror bir predmetning voqea-hodisa yoki xususiyatiga ishora qiluvchi, anglatuvchi, uning o`rnida kela oluvchi, uni muloqot jarayonida almashtira oluvchi, moddiylik bo`lib, timsol atamasiga xos bo`lgan bo`yoqlardan xolidir 24 . Ramz muayyan bir mazmunni, g`oyani boshqalarga yetkazish vazifasini bajaradi. Chunonchi, yo`l chetidagi qoshiq va sanchqi (yoxud shunga o`xshash) tasviri yaqin yerda oshxona, tamaddi qilish imkoniyati mavjud joyni bildiradi. Demak, qoshiq va sanchqi tasviri oshxona ramzidir. 21 Философская энциклопедия. I. II. –M., 1962. 22 SES.–M.,1981. 23 Философский словарь.Под ред. М.М.Розенталя, П.Ф.Юдина.– М.:ИПЛ. 1968. –С.120. 24 Ne’matov H. Til ramziy tizim sifatida.–Buxoro, 2002.–3-b. 63 Ramz uchun umumiy ontologik (tabiiy, zotiy) xususiyat sezuvchiga o`zi haqida emas, boshqa bir narsa haqida axborot berishdir. Demak, ramzning asosiy xususiyati uning o`zi sezilib (ko`rilib, eshitilib, tuyilib v.h.) turib boshqa narsa haqida ma’lumot berishi hisoblanadi. Ramzning ikki tomoni bor: a) moddiy (material), tashqi, zohiriy, ochiq ifodalovchi tomoni va b) ma’noviy (mazmuniy, ideal), ichki, botiniy tomoni. Shuningdek, ramzlar tabiiy yoki sun’iy bo`lishi mumkin. Yo`tal, odatda, tumov va shamollashning belgisi (simptomi). Bu –tabiiy, biologik ramz. Yo‘talni shartli ijtimoiy (konvensional) ramzga aylantirish mumkin. Masalan, ikki kishi (Javohirjon va Biloljon) o`zaro kelishib, shartlashmoqda. Biloljon: –Quyosh botishi bilan boraman. – Xonamga kirayotganda, yoningda hech kim bo`lmasa, uch marta yo`talib kir. Sen ekanligingni bilaman va o‘rnimdan turaman. Bu holatda kasallikning tabiiy ramz-belgisi bo`lgan yo`tal tamoman boshqa – ma’lum bir kishilar uchun sun’iy ijtimoiy vazifada qo`llanilmoqda. Istagan sun`iy ijtimoiy ramz ma’lum bir jamiyatdagina (yuqoridagi misolda ikki o`zaro shartlashgan kishi orasida) va faqat boshqa bir ramz bilan bog`lanib (boshqa bir ramz bilan oppozitiv bo`lib) butunlik – sistema tuzgandagina belgilangan bir vazifani bajara va yashay oladi. Sun’iy ijtimoiy ramzlarning yashash tarzi ma’lum bir butunliklarda, sistemalarda birlashishidir. Bunday sistemalar ramziy sistemalar yoki Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling