Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

1-1,5 metr, guli yirik, pushti, sariq, kishini o‘ziga jalb qiladigan butadir. 
Hozirgi kunda ekiladigan turfa atirgullarning ko‘pchiligi shu na’matakdan 
kelib chiqqan. 
2. Nafis chayqaladi bir tup na’matak,
Yuksakda, shamolning belanchagida, 
Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, 
Viqor-la o‘shshaygan qoya labida… (O.) 
Har ikkala matnda ham bir narsa haqida fikr yuritilgan. Birinchi 
matnda botanik olim na’matak o‘simligi to‘g‘risida ilmiy izoh beradi – 
ta’riflaydi. Shoir esa nazmiy misralarda shu butaning rangli obrazini 
yaratadi, na’matakka ta’sirli, jozibali va shoirona tavsif beradi.
Yoki
3.«Dunyoda kir qidiruvchi (hammadan, har narsadan ayb, nuqson, 
kamchilik topuvchi, maydakash) bo‘lsang, xudodan topasan!» Ayovsiz, 
ammo aniq mantiq so‘zlashuv uslubiga xos.
Bu mantiqni ustoz Sadriddin Salim Buxoriy badiiy uslubda shunday 
ifodalaydi: 
Illat izlaganga illatdur dunyo, 
G‘urbat izlaganga g‘urbatdur dunyo. 
Kim neni izlasa, topar begumon, 
Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo. 
4. «Хаlqigа хizmаt qilmаgаn оdаm odam emаs, hаyvоndir!» Bu 
so‘zlashuv uslubida achchiq haqiqatning yalang‘och ifodasi, aslida. 
Buni hаzrаt mir Аlishеr Nаvоiy tа’biri bilаn badiiy uslubda аytsаk: 
Оdаmi ersаng dеmаgil оdаmiy, 
Оnikim yo‘q хаlq g‘аmidаn g‘аmi. 


53 
Darhaqiqat, elning, yurtning bir kuniga, har koriga yaramasang
o‘zingni qanday qilib odamlar safiga qo‘sha olasan?! 
Bu kаbi misоllаrni ko‘plаb kеltirishimiz mumkin. 
Nutqimizda, ayniqsa, og`zaki nutqimizda (muloqot jarayonida) nafaqat 
so‘z, ibora yoki birikmalar, ya’ni lisoniy vositalargina emas, nolisoniy 
vosita(ohang, sukut, imo-ishora va b.)lar ham asosiy rol o‘ynaydi. 
Masalan, birgina ohangning o‘zi ham, ko‘z qarash yoki ko‘z qirini 
tashlashning o‘ziyoq yangi bir mazmun, yangi bir fikr yoki munosabatni 
ifodalaydi. Zero, ma’lum bir axborotni tinglovchiga yetkazish uchun til 
tizimida mavjud bo`lgan bir necha teng qiymatli hodisalardan aynan 
“bittasi yoki bir nechtasi” qo`llanilgani ko`p hollarda nolisoniy omillar – 
nutq sharoiti, vositasi, muloqot jarayoni, so`zlovchi hamda tinglovchining 
kontakt va distant vaziyati, ruhiy holati, bir-biriga munosabati, milliy-
madaniy, yosh, jins kabi xususiyatlar bilan bog`liq. Struktur tilshunoslik 
bularning barchasini nolisoniy omillar sifatida baholab, tilshunoslikdan 
“chetga” chiqarib qo`yardi. Bunday hodisalar “nolisoniy” (ekstralingvistik, 
paralingvistik…) sifatida nolingvistik baholanishining o`ziyoq, tabiiy 
ravishda, tilshunoslarning diqqatini o`ziga jalb etmagan, fanimizda bu 
vositalarga yetarli e’tibor berilmagan. Vaholanki, ko`p hollarda 
kommunikatsiya jarayonida, amaliy faoliyatda – samara-ta’sirchanlik 
nuqtayi nazaridan – bunday tilshunoslikka aloqador bo`lmagan 
vosita/hodisalar tilning o`z hodisalari – nutqiy birliklardan ko`ra ko`proq 
ahamiyat va qiymat kasb etadi. 
Shunday nolisoniy hodisalardan biri ohangdir. Tilshunos olim 
Hasanboy Jamolxonov: “Ohang og`zaki nutqning majburiy fonetik 
komponentidir, usiz gap yoki nutq shakllanmaydi va ifodalanmaydi”, deb 
yozadi
17
. Nutqimizda mazkur fikrni dalillovchi misollarga har kuni har 
qadamda duch kelamiz. Masalan, mashhur latifani eslaylik: Afandi boy, 
biroq o‘ta xasis qo‘shnisidan jahllanib unga: ”Siz ahmoq, odam emmassiz!” 
deydi qat’iy ohangda. Tabiiyki, xasis boy Afandini qoziga sudraydi.
17
Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий ф
о
нетикаси. – Т.: Фан, 2009. 


54 
Qozining talabiga ko‘ra Afandi deganiga ”iqror” bo‘lib aytgan gapini 
oddiygina qilib, hayajonsiz ohangda takrorlaydi: ”Siz, ahmoq odam 
emassiz”. Gap talaffuzida to‘xtamning “siz”dan keyin berilishi, tabiiyki
gap mazmunini butkul o‘zgartirib yuboradi… 
Yana bir misol. Keyingi 4-5 yilda oziq-ovqat do‘konlarimizda 
maxsus qog‘oz qutilarda “tabiiy sut”lar ko‘payib qoldi. (Saqlanish muddati 
naq bir yil. Xayriyatki, sigirlarning savodi yo‘q. Bo‘lmasa, ular bu 
“tabiiylik”dan yoqa tutib, sut bermay qo‘yishlari hech gap emas edi...) 
Sutqutilarning yuzida yozilgan reklamalarni ikki xil ohangda o‘qib 
ko‘ramiz: Tabiiy, quruq sut qo‘shilmagan.– Tabiiy quruq, sut 
qo‘shilmagan. (1-gap mubolag‘a qiladi, 2-gap esa “haqiqat”ni so‘zlaydi.) 
Yana bir misol. Nafisa, opam keldi (so‘zlovchi Nafisaga opasi 
kelganligini bildiryapti) – Nafisa opam keldi (so‘zlovchi (noma’lum 
tinglovchiga) Nafisa ismli opasi kelganligini bildiryapti).– Nafisa, opam 
keldi.(so‘zlovchi (sanash ohangidan foydalanib) Nafisa va opasi 
kelganligini bildiryapti). 
Yana bir misol. Mani yorim gul andom (“Mening yorim gul yuzli” 
degan mazmunni uqamiz ”gul andom”ning bo‘lib aytilishidan)–Mani 
yorim Gulandom (”Yorimning ismi Gulandom” degan axborot yetib keladi 
qulog‘imzga). Keltirgan misollarimiz tilimizning ifoda imkoniyatlari 
nihoyatda keng va rang-barangligidan dalolat beradi
18
. Zero, millаtning 
o‘zligini, dunyodа bоrligini, o‘zigа хоsligini bеlgilоvchi оmillаrdаn 
аsоsiysi uning оnа tilidir. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling