Abuzalova M


Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Uslub
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Nutq ko`rinishlari, uslub, uslubiyat, nutq madaniyati va uslubiyat, til 
vositalaridan foydalanish, adabiy til uslubi, ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy 
uslub, publitsistik uslub, so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, fonetik uslubiyat, 
leksik uslubiyat, morfologik uslubiyat, sintaktik uslubiyat 
Nutq ko‘rinishlarini o‘rganuvchi soha uslubiyat hisoblanadi. Uslub
uslubiyat so‘zlari – o‘zakdosh. Uslub arabcha so‘z bo‘lib, tartib, sistema 
demakdir. O‘zbek tilida bu so‘z ma’nosining qamrovi asliga nisbatan bir 
qadar kengroq bo‘lib, “biror faoliyatni bajarishdagi, boshqarishdagi 
o‘ziga xos yo‘l” yoki “biror narsa yoki hodisa uchun xos bo‘lgan 
xususiyatlar” kabi ma’nolari ham mavjud. Tilshunoslikda “uslub” atamasi 
zamirida tilning alohida ma’no anglatish va ifodalash maqsadlariga xizmat 
qiluvchi fonetik, leksik, sintaktik va frazeologik vositalari tushuniladi. 
Tilshunoslikning tildan foydalanish usullarini o‘rganuvchi tarmog‘i 
stilistika, ya’ni uslubiyat deb yuritiladi. Demak, uslubiyat tilshunoslik 
fanining alohida sathi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalaridan maqsadga, 
sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan 
tanishtiradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkin: 
“uslubiyat” atamasi tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi. U, avvalo, til 
vositalaridan nutqda o‘rinli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni 
anglatadi. Ayni zamonda til vositalarini nutqda tanlab ishlatish qonun-
qoidalarini o‘rganadigan fanning nomini ham bildiradi.


51 
Uslubiyat muomala madaniyati, nutq odobi – nutq madaniyati bilan
chambarchas bog‘liq. 
Nutq madaniyati insoniyat umummadaniyatining bir qismi bo‘lgan 
ijtimoiy hodisadir. Nutq jarayonida yuksak axloqiy me’yorlarga rioya 
qilish, ta’sirchan, chiroyli va o‘rinli so‘zlash, tinglash madaniyati, suhbat 
madaniyati, bahs-munozara madaniyati, tildan nutqda e’tibor va 
ehtiyotkorlik bilan foydalanish shoirona so‘zlar bilan aytganda “har bir 
so‘zni yor tanlagandek” saylab ishlatish nutq madaniyatining asosini 
tashkil etadi. Uslubiyat bilan nutq madaniyati aynan bir narsa emas, ular 
bir-birini taqozo etuvchi, bir-birini to‘ldirib, yuksaltirib boradigan alohida-
alohida hodisalardir. 
Uslubiyatni o‘rganish tarixi sharqda, jumladan, O‘zbekistonda ham 
ancha qadimiydir. Uslubiyat garchi hozirgiday alohida soha sifatida 
shakllanmagan bo‘lsa ham, biroq tilshunoslik (sarf, nahv, lug‘at), 
adabiyotshunoslik (ilmi bade’, sharh tafsir), shuningdek, ilmi insho, ilmi 
munozara, voizlik san’ati kabi fanlar tarkibida o‘rganib kelingan. Abu 
Mansur Saolibiyning «Muntaxab ul-ijoz vad a’joz» (XI asr), Abulqosim 
al-Lays Samarqandiyning “Risolat ul-istiorat” (XV asr), Xondamirning 
“Nomai nomiy” (XV asr), Mahmud Giloniyning “Manozirat ul-insho”
(XV asr), Sodiq Jondoriyning “Kitob ul-insho” (XVIII asr) kabi asarlari 
stilistik tadqiqotlarga bag‘ishlagandir. Rus tilshunosligida uslubiyat XIX
asr 
tilshunoslari 
A.A.Potebnya, 
Sh.Balli, 
K.Fossler, 
keyinchalik 
V.V.Vinogradov ishlarida o‘rganildi. 
O‘tgan asrning elliginchi yillaridan boshlab o‘zbek tilshunosligida til 
uslubiyati bilan bog‘liq nomzodlik va doktorlik ishlari, o‘nlab ilmiy asarlar 
yuzaga keldi va uslubiyat fanining alohida soha sifatida rivojlanishiga 
turtki bo‘ldi. Bu borada o‘zbek tilshunos olimlari A.G‘ulomov, Sh. 
Shoabdurahmonov, 
I.Qo‘chqortoyev, 
A.Shomaqsudov, 
I.Rasulov, 
R.Qo‘ng‘urov, H.Rustamov, Y.Tojiyev, E.Qilichevlarning xizmatlarini 
alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 
Uslubiyat filologiyada adabiyotshunoslik va tilshunoslik o‘rtasidagi
oraliq fan bo‘lib, fikrni, maqsadni har bir sohaning o‘z talablariga mos 


52 
ravishda til vositalari orqali aniq, ravon, ixcham va mukammal ifodalab 
berish san’atini o‘rganadi. 
Ijtimoiy hayotda shaxslar til vositalaridan turlicha foydalanadilar. 
Chunonchi, olimlar o‘z ilmiy asarlarida ilmiy atamalarni qo‘llasalar, 
yozuvchi yoki shoirlar badiiy asarlarda tasviriy-ta’siriy vositalarni ko‘proq 
ishlatadilar. Masalan: 1. Na’matak – atirguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling