Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

/bobo/: /buvi/ 
/ona/ : /ota/ 

/bola/ 

/nevara/ : 
Ushbu paradigmadan "ota" so‘zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi 
avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGM
s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma’lum bir 


149 
umumiylikni 
o‘ziga 
o‘xshash 
va 
farqli 
umumiyliklar 
bilan
munosabatidagina ochilishi mumkin. 
Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. 
Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. 
[-lar] ning XGMlari: 
a) ko‘plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); 
b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; 
d) bog‘liqlik va o‘xshashlik - Avvalgi sarvigullar o‘qishni 
tugatishdi (Sh. Yul.); 
e) taxmin - Soat beshlarda keldi; 
f) kuchaytirilgan ma’no - Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi 
azobim... (U. Azimov). 
[o] shakl XGM lari: 
a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo‘ladi (A.O.); 
b) ko‘plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko‘plik); U qishloqda 
uch - to‘rt kun qoldi (noaniq ko‘plik); 
d) birlik ifodalash - bunda ko‘rsatish olmoshlari, "bir" so‘zi 
ko‘proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening 
maqsadim bitta... (O.Matjon). 
Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni 
ko‘rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo‘linuvchan/ bo‘linmas sifat va noaniq 
miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo‘linmas va aniq/ noaniq miqdor 
ifodalash. 
Bo‘linuvchanlik/ bo‘linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: 
har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko‘rib o‘tdik. "Qovunlar" degan 
so‘zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so‘zshakli bir
to‘plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo‘linadi.
"Ahmadlar" deganda Ahmad va uning o‘rtoqlari, oilasi... tushuniladi.
Ya’ni Ahmadlar  bir to‘plamni ifodalaydi va bu to‘plam bo‘linuvchan.
"Suvlarni stolga qo‘ydi" deganda kola, mineral suvlar... tushuniladi. 
"Toshkentlarni kezib chiqdi" so‘zshakl Toshkentni bo‘lib beryapti, 
tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi 


150 
azobim" misrasida til, gap, so‘z, og‘iz ajratib berilgan. Shuning uchun 
"ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o‘qituvchi odati" va "o‘qituvchilar 
odati" kabi so‘z birikmalarida birlik va ko‘plik son ma’nolari yaqinlashsa
ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo‘linuvchanlik sezilib 
turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma’nosi ko‘proqdir. Demak, bir jihatdan
birlik va ko‘plik son ko‘plik sonning bo‘linuvchanlikni ta’kidlashi, birlik 
sonning esa yaxlitlikni ko‘rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy 
jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan 
hamisha noaniq miqdoriy ko‘plikni ifodalovchi ko‘plik son shakliga 
qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida to‘rt 
kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan:
Kitoblar so‘zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi.
Quyidagi gaplarni qiyoslang: 
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; 
O‘ninchi yil (yillar)da tug‘ildi. 
Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma’nosi 
quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni 
bo‘linuvchan/ bo‘inmas ma’noda berish. Ko‘plik sonning ma'nosi ─ 
noaniq miqdoriy ko‘plikni bo‘linuvchan sifatda berish. Mana shu
umumiy grammatik ma’nolar bilan birlik va ko‘plik morfologik son
shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma’nolar nutqda
muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. 
Ko‘rib o‘tdikki, daraxt umumiyligi o‘ta sodda va u "o‘simlik + 
tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang 
- barang. Xuddi shunday ko‘plik sonning ma’nosi "miqdoriy noaniq
ko‘plik + sifatiy bo‘linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard
xususiy ko‘rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma’nosi "miqdoriy 
aniq/noaniq ko‘plik + sifatiy bo‘linmas" kabidir. Lekin yuqorida 
ko‘rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u 
umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma’nolar yotadi. Oraliq 
ma’nolar xususiy ma’nolar uchun ma’no tiplari, ya’ni "o‘xshash 
ma’nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko‘rinishlari", 


151 
turlari mavqeida bo‘ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / 
noaniq va birlik" kabi ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Va UGM XGM
sifatida voqelanguncha yuqorida ko‘rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik 
kabi uch OGM ma’noning biridan o‘tadi. Chunonchi,

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling