Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
№
leksema turlari ma’noviy sintaktik morfologik ajralishning asosiy belgisi 1 Fe’l Harakat-holatni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchilik (gap bo‘lagi bo‘lib kelishi) Nisbatlanuvchi o‘zgaruvchi (yozmoq-yozildi) Morfologik va ma’noviy 2 Ot Predmet va predmetlikni nomlash orqali atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchilik Sonlanuvchi o‘zgaruvchi (kitob-kitoblar) Morfologik va ma’noviy 3 Sifat Belgini nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchilik Darajalanuvchi o‘zgaruvchi (yaxshi- axshiroq) Morfologik va ma’noviy 4 Son Miqdorni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchlik Tartiblanuvchi o‘zgaruvchi (bir- birinchi) Morfologik va ma’noviy 5 Ravish O‘rin, payt, tarz-tusni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklangan muchalanuvchilik O‘zgarmaslik Morfologik va sintaktik 6 Taqlid Tovush yoki ko‘rinishga taqlid leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchilik - Ma’noviy 7 Ishoralar (olmoshlar) Ishora mustaqil leksemalari - - Ma’noviy 8 Ko‘makchi So‘zni so‘zga tobelantiruvchi muchalanmas leksemalar O‘zgarmaslik Sintaktik 9 Bog‘lovchi So‘zni va gapni bog‘lovchi muchalanmas leksemalar O‘zgarmaslik Sintaktik 166 10 Yuklama Ta’kid Muchalanmaslik O‘zgarmaslik Ma’noviy 11 Modal Munosabatni nomlash asosida atash leksemalari Ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosabat- ga kirishmaydi) O‘zgarmaslik Ma’noviy va sintaktik 12 Undov His-hayajonni tasvirlash leksemalari Ajraluvchilik O‘zgarmaslik Ma’noviy va sintaktik 13 Tasdiq/ inkor so‘zlar Tasdiq-inkor ma’nosi Ajraluvchilik O‘zgarmaslik Ma’noviy va sintaktik 14 Taklif so‘zlar Tasdiq ma’nosi Ajraluvchilik O‘zgarmaslik Ma’noviy va sintaktik DTSga asoslangan ona tili o‘quv dasturi va darsliklarida ham o‘zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko‘zga tashlanadi: 1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o‘rganish fe’l, ravish, taqlidiy so‘zlardan keyinga ko‘chirilgan va ular ishora so‘zlar sifatida izohlanilgan. 2. Dasturda bir so‘z turkumidan ikkinchi bir so‘z turkumiga o‘tish talqini rus tili grammatikasidan ko‘chirilgan hodisa sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi” kabi gaplarda yaxshi va mardona so‘zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so‘z turkumining xususiyatlari o‘rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko‘rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o‘zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o‘zbekona, haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo‘lib kela olishi bilan kengaytirilgan. 3. Egalik, kelishik qo‘shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g‘ayriilmiy talqin dasturdan o‘rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma’no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan. 167 4. So‘z turkumlarini o‘rganishda ularning asosiy ma’noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o‘laroq quyidagicha joylashtirilgan: 1.Fe’l. 7. Olmosh 2.Ot. 8. Ko‘makchi 3. Sifat. 9. Bog‘lovchi 4. Son. 10.Yuklama 5. Ravish. 11.So‘z- gaplar (undov,modal,tasdiq 6. Taqlid so‘z va inkor,taklif so‘z-gaplar) Maktab darsligida so‘z-gaplar, ularning ko‘rinishlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma’nosini ifodalaydigan so‘zlar (asosan, ha, yo‘q, xo‘p, xo‘sh) tilshunosligimizda, ko‘pincha, modallar tarkibida o‘rganilib kelingan. Hozirgi tilshunoslikda esa ularning ma’noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so‘z-gaplar guruhiga qo‘llanilishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Ma, Mang, Qani, Xo‘sh?, Marhamat kabi so‘zlar kiritilgan. So‘z-gaplarning asosiy xususiyati, ya’ni ularning kesimlik shakli qo‘shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab berilgan. So‘z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o‘zgaruvchan bo‘lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so‘z turkumlarning miqdori bo‘yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so‘z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko‘pchilik olimlar so‘z turkumini o‘nta deb hisoblaydilar. Bular: ot (имя существительное), fe’l (глаголы), sifat (имя прилагательное), ravish (наречие), son (имя числительное), bog‘lovchi (союзы), predloglar, undov (междометные слова), yuklama (частицы). Hozirgi ingliz tilidagi so‘z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba’zilari o‘nta deb ko‘rsatsa (ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe’l (verbs), 168 ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama (conjunctions) ) , ba’zilari o‘n to‘rtta deydilar: yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda modal so‘zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so‘zlar kiritiladi. Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so‘z turkumlari quyidagicha tasniflanadi: ot: дафтар, духтар, хона; sifat: нав, калон, калонтар, сурх, сурхтар; son: як, даҳ, бист; olmoshlar: ман мо, ту, шумо, ў, онҳо, ин; fe’l: кардан, рафтан, истодан; ravishlar: муваққатан, ҳоло, тозон-тозон; predloglar: ба, дар, аз, барои; bog‘lovchilar: ва, ҳам, чунки, зеро, бо ин ки; yuklamalar: - ми, - а, - ку, не; undov so‘zlar: оҳ! офарин! вой! э вой! Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o‘rta ta’lim dastur va darsliklarida ham o‘z ifodasini topgan. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling