Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

LEKSEMALAR 
O‘ZGARUVCHILAR+ O‘ZGARMASLAR 0
sonlanuvchi-ot, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, 
darajalanuvchi-sifat, ravish, undov, so‘z-gap.
tartiblanuvchi-son,
nisbatlanuvchi-fe’l
Ushbu tasnifdan ishora so‘zlar va taqlidlar o‘rin olmagan. Chunki
olmoshlarga o‘zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema 
guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham 
xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: ot-olmoshlar son kategoryasiga
(kim-kimlar); fe’l-olmoshlar nisbat kategoriyasiga (shunday qilishdi); son-
olmoshlar: tartib kategoryasiga (necha - nehanchi); sifat-olmoshlar daraja
kategoriyasiga (shunday-shundayroq) ega. Taqlidlarning esa o‘ziga
xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq ular o‘zgarmas 
so‘zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo‘lishi 
ularning gapda qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Professor 
H.Ne’matov o‘zining "Функциональная морфология тюркоязычных 
памятников XI – XII веков" nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning 
ajralmagan "embrion - diffus holati" o‘z aksini topganligini qayd etadi
[3,192;].
Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa 
leksemalar bilan bog‘lana olish yoki bog‘lana olmasligi, gap bo‘lagi 
bo‘lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o‘z aksini
topadi. Sintaktik tasnifga ko‘ra leksemalarni uch tipga ajratamiz: 
1. Gap bo‘lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so‘z 
– gaplar. 
2.Gap bo‘lagi bo

lib keladiganlar – hamma mustaqil so‘zlar–fe’l, ot, 
sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so‘z – olmoshlar. 
3.Sintaktik aloqa vositasi bo‘lib keladiganlar–ko‘makchi, bog‘lovchi, 
yuklama. 


165 
So‘z-gaplar nutqda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, 
o‘zi mustaqil gap bo‘lib kela olish qobiliyatiga ega, ya’ni ajralish 
xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish
xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak 
bo‘lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. 
Mustaqil so‘zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo‘lagi 
bo‘lib keladi. 
Bizningcha, quyidagi jadvalda tilshunos I.Madrahimov leksemalarning 
serqirralik xususiyatini, ya’ni ularning ma’noviy, sintaktik, morfologik 
belgilarini umumlashtira olgan: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling