Abuzalova M
Payt ma’nosining ingliz va o‘zbek tillari tizimida voqelanishi
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- When
Payt ma’nosining ingliz va o‘zbek tillari tizimida voqelanishi
So‘z turkumlari o‘zbek tilida ingliz tilida fe’l Hozirgi zamon: yozaman, yozmoqdaman. O‘tgan zamon: yozdim, yozgan edim. Kelasi zamon: yozaman, yozmoqchiman. Pres.: I write. I am writing. Past: I wrote. I had written. Future: I’ll write. 159 Ot Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl, sahar, asr, namozshom, oqshom, erta, peshin, tong, nahor , indin, bugun . Evening, day, night,centure, afternoon, morning, year, season, era, future,dawn, old (yosh); Sifat Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, tunggi, sirtqi, kunduzgi, kechki; Fast, early, late,slow,short (day), long (night); Son Soat 7da uyg‘ondi. Mustaqilligimizga 13yil to‘ldi. He came at 6 o‘clock. Our republik was independent in 1991. Ravish Endi, hali, boya, doim, saharlab, ertalab, mudom, faqat; Never, ever, usually, often, ago, yet, now, then, nowadays, lately, after, before, untill, forever, always, meanwile, recently; Olmosh Shu-shu (Shu-shu Fotima kelmay qo‘ydi); so‘roq olmoshlari: qachon? qachondan buyon? qachongacha? When? k o‘ makc hi Sayin, sari (Ko‘rgan sari ko‘rging kelaveradi); Yarim ko‘makchi so‘z: avval, keyin, so‘ng;-gacha (qo‘shimchasimon ko‘makchi); qadar (sof ko‘makchi); bilan (Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan darsga kirdim); … … bo g‘ - lovchi Dam…dam,…ba’zan…ba’zan, goh…goh; yukla ma Toki, -u, -yu (Qo‘ng‘iroq chalindi- yu, dars boshlandi). … Affiksatsiya -da (o‘rin payt): peshinda, -dan (chiqish): peshindan, -ga (jo‘nalish): peshinga qarab… 160 Ko‘rinadiki, har bir tilning grammatik ma’no ifodalash usul va vositalari farq qilgani hamda har bir til o‘ziga xos ichki grammatik qurilishga ega bo‘lganidek, o‘zbek va ingliz tillarida payt grammatik ma’nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o‘ziga xos, farqlidir. Qiyoslanayotgan tillar tizimida (morfologik sathda) zamon tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni – ot, sifat, son, ravish va fe’l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o‘zbek tilidagi zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma’lum jihatdan qiyoslangan til turkumlari xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Biroq o‘zbek morfologiyasida ravishlar mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lsa, ingliz tilida sof ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late- sifat, lately-ravish). Shuningdek, differensial belgilarni yana zamon kategoriyasini ifodalaydigan fe’llar orqali aniqlash muhimdir: payt ma’nosini o‘zbek tilidagi fe’llar zamon qo‘shimchalari orqali (sintetik usulda) ifodalasa, ingliz tili fe’llari analitik tillarga xos bo‘lgan ichki fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi. O‘zbek tili yordamchi so‘zlar va kelishiklar vositasida ham payt ma’nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa bu vazifani predloglar o‘z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar kelishiklar vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham tillararo farqli tomonlarni ko‘rsatib turibdi. Shunday qilib, zamon tushunchasini ifodalash imkoniyatlari tipologiyasi har bir tilning o‘ziga xos sifatlarini namoyon etadi. Haqiqatan ham, til murakkab tizim bo‘lib, inson tafakkuri shakllari, tushunchalarini izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling