Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpiz хushbo‘y o‘simlikdir. Bu аjоyib o‘simlikning O‘zbеkistоndа bir qаnchа хillаri bоr. Yalpiz zirаvоr vа dоrivоr o‘simlik sifаtidа qаdimdаn mа’lum. Ertа
- SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI. SO‘ZNING SERQIRRALIGI VA TASNIFLARNING XILMA-XILLIGI Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Ichki flеksiya nimа? Uning tоvush аlmаshinuvidan fаrqli tоmоnlаrini izоhlаng. 161 2. Yordаmchi so‘zlаrni qo‘shimchаlаr bilаn nimаlаr yaqinlаshtirаdi vа аjrаtаdi? Ulаr qаndаy grаmmаtik mа’nоlаrni ifоdаlаydi? 3. Grаmmаtik mа’nо ifоdаlоvchi vоsitаlаrni tillаrdа tаrqаlgаnlik dоirаsigа ko‘rа jоylаshtiring. Sаbаblаrini tushuntiring. 4. Quyidаgi bаdiiy pаrchаdа grammatik ma’no ifodalashning qаndаy usullаri ifоdаlаngan? Pаrchаni rus vа ingliz tiligа tаrjimа qiling. Grаmmаtik mа’nо ifоdаlаsh vоsitаlаrini sоlishtiring. Yalpiz хushbo‘y o‘simlikdir. Bu аjоyib o‘simlikning O‘zbеkistоndа bir qаnchа хillаri bоr. Yalpiz zirаvоr vа dоrivоr o‘simlik sifаtidа qаdimdаn mа’lum. Ertа bаhоrdа endiginа ko‘kаrib chiqqаn yalpizni tеrib sоmsа yopishаdi, chuchvаrа tаyyorlаshаdi. Bаrrа bаrglаri tаоmlаrgа sоlinаdi. Yalpiz оrgаnik mоddаlаr, minеrаl tuzlаr vа efir mоyigа bоy o‘simlikdir. Undаn pаrfyumеriya sаnоаtidа, tish pаstаsi vа kukunlаr ishlаb chiqаrishdа fоydаlаnilаdi. Yalpiz оziq-оvqаt sаnоаtidа hаm ishlаtilаdi. Foydalanish uchun adabiyotlar: [4; 10; 19; 20; 29; 35; 464 50; 56; 57] SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI. SO‘ZNING SERQIRRALIGI VA TASNIFLARNING XILMA-XILLIGI Reja: 1. Tasnif omillari. Tasnifning mantiqiyligi va uzluksizligi. 2. Leksemalarning ma'noviy tasnifi. 3. Leksemalarning morfologik tasnifi. 4. Leksemalarning sintaktik tasnifi. 5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida so‘z turkumlari va ularning tasnifi. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil ma’noli so‘zlar, bo‘sh ishora ma’noli so‘zlar, yordamchi ma’noli so‘zlar, o‘zgaruvchi leksemalar, o‘zgarmas leksemalar, so‘z - gaplar, muchalanuvchilik (gap bo‘lagi bo‘lib kelishi), sonlanish, darajalanish, tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmaslik), sintaktik aloqa vositasi 162 Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to‘xtalib o‘tgan edik. So‘zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo‘lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi: 1.Bo‘g‘in soniga ko‘ra: bir bo‘g‘inli, ko‘p bo‘g‘inli. 2.Fonemalar miqdoriga ko‘ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali... 3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko‘ra. 4.Tub-yasamaligiga ko‘ra:tub va yasama. 5.Yasalish tipiga ko‘ra: diaxronik va sinxronik. 6.Tuzilishiga ko‘ra: sodda, qo‘shma, juft, takroriy. 7.Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra: ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar va paronimlar. 8.Qo‘llanishiga ko‘ra: aktiv va passiv. 9.Onomasiologik – nominatsion xususiyatlariga ko‘ra; antroponim, toponim, zoonim... 10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko‘ra: kitobiy, rasmiy, so‘zlashuv. 11.Lug‘at tarkibidagi qatlamiga ko‘ra: o‘z va o‘zlashgan qatlam, chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 12.Emotsional-ekspressiv jihatiga ko‘ra: emotsional - ekspressiv bo‘yoqdor va bo‘yoqsiz so‘zlar. 13.So‘zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko‘ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so‘zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so‘zlar; harakat-holat ma’nosini bildiruvchi so‘zlar; o‘rin-payt, tarz-tus ma’nosini ifodalovchi so‘zlar va h.k. Demak, so‘zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatlidir. So‘z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o‘rganilib, uning ma’noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. So‘zlar ma’noviy belgisiga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: 163 1.Mustaqil ma’noli so‘zlar: a) mavjudotlarni atovchi so‘zlar - otlar; b) belgi - xususiyatni atovchi so‘zlar – sifatlar; d) harakat - holat ifodalovchi so‘zlar – fe’llar; e) miqdorni ifodalovchi so‘zlar – sonlar; f) o‘rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so‘zlar- ravishlar; g) taqlidni ifodalovchi so‘zlar-taqlidiy so‘zlar. 2.Bo‘sh-ishora ma’noli so‘zlar-olmoshlar. 3.Yordamchi ma’noli so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi fe’llar. So‘zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil holda ma’no ifodalay olish qobiliyatiga ko‘ra belgilanadi. O‘zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo‘rma- zo‘rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o‘rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o‘rnida, balki fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: - men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; - kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar; - qanday, bunday, shunday kabi belgiga; - buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; -shunday bo‘lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so‘zlarning ma’nosi matn ichida oydinlashadi. Leksemalar morfologik tasnifga ko‘ra ikki tipga ajratiladi: 1.O‘zgaruvchi leksemalar. 2.O‘zgarmas leksemalar. O‘zgaruvchi so‘zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o‘zgalovchi)ning qo‘shimchalarini qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘zlar bunday 164 qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko‘ra tasnifini quyidagicha beramiz: Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling