Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

tilida: orang – kishi, orang-orang–kishilar kabi. Tilimizda bu usulning 
to‘liq takror (etak- etak paxta) va qisman takror (qip - qizil, ko‘m- ko‘k, 
yam - yashil)  tilimizgagina xos bo‘lib, fanda "sadodosh takror" (слово-
эхо) deb atalgan ko‘rinishi ham keng tarqalgan (mayda- chuyda, she’r-
pe’r, kitob -mitob, ko‘k- mo‘k, qizil- pizil). 
4. So‘z tartibi - grammatik ma’no anglatishning yana bir vositasi. 
So‘zlarning gapda ma’lum tartibda oldinma-keyin joylashtirilishi ham
grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba’zan shu


156 
vosita orqali so‘zning qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. 
Masalan, bunday holatlar xususan poetik nutqda keng uchraydi. So‘z 
tartibi so‘z birikmalari hosil qilishda yetakchi omillardan biri sanaladi. 
Chunonchi, keng dalalar (so‘z birikmasi) - Dalalar keng (gap). So‘z
tartibi grammatik omili nutqda hamisha ohang bilan birga ish ko‘radi. 
Shuning uchun yuqoridagi hosilalarning ohangi bir-biridan tubdan farq 
qiladi. Chunonchi, bir, ikki kitob- bir- ikki kitob birikmalarining ohangi har 
xildir. So‘z tаrtibi хitоy-tibеt tillаri оilаsigа kiruvchi tillаr uchun judа 
muhimdir. Bu usul ingliz, frаnsuz tillаridа so‘zlаrning gаpdаgi vаzifаlаrini, 
turkumini ko‘rsаtаdi. 
5. Ohang ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita 
yordamida
:
a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon
topshirdi? Imtihon topshirdi! 
b) gap bo‘laklarini ajratish mumkin: Gulnora, singlim keldiGulnora, 
singlim keldi! Gulnora singlim keldi. Birinchi gapda “Gulnora “va 
singlim“ so‘zlari uyushib kelgan bo‘lsa, ikkinchi gapda “Gulnora” so‘zi 
undalma vazifasida kelgan, uchinchi gapda esa ism ma’nosida kelgan. 
Ohangning so‘z tartibi, so‘zlarni bir-biriga bog‘lash bilan uzviy 
aloqadorlikda voqelanishini takroran eslatib o‘tish joiz. Yuqoridagilar 
buning yorqin dalilidir. 
6. Juftlash har xil so‘zlarni – ma’nodoshlarni (baxt-saodat), zid 
ma’nolilarni 
(yaxshi-yomon), 
giponimlarni 
ulov-(ot-eshak), 
darajalanuvchilarni (qo‘y-qo‘zi), umumiste’mol arxaizmlarni (bola- 
chaqa, cho‘pon-cho‘liq) ─ o‘zaro qo‘shish orqali har xil grammatik 
ma’nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina. 
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos bo‘lgan
grammatik ma’nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Bundan tashqari 
tillarda ichki fleksiya, suppletivizm kabi vositalar ham mkavjud. Ichki 
fleksiya turli Grammatik ma’nolarni ifodalash uchun so‘z tarkibidagi 
tovushlarning o‘zgarishidir. Bu vosita hind – yevropa va semit tillarida 
keng qo‘llaniladi. Masalan: ingliz tilida: see-saw-seen; nemis tilida fahren 


157 
– fuhr. O‘zbek tilida juda kam qo‘llaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, 
(men -biz, sen -siz; eski o‘zbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning )
arabcha so‘zlar orqali o‘zlashgan ichki fleksiya usullari mavjud: 
Kitob - kutubxona 
xabar - axbor 
fikr - afkor 
ilm - ulum 
taraf - atrof va boshqalar. 
7. Urg‘u. Dunyo tillarining barchasida grammatik ma’nolarning 
ifodalanishida urg‘u ham ajratiladi. Tilshunosligimizda ham urg‘uni 
shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va 
tugmà (ot) - tùgma (fe’l) 
yozmà (sifat)- yòzma (fe’l) 
studentsíz (sifat)- studèntsiz (kesim) 
xìmik (sifat) - ximìk  (ot) kabi so‘zlarning o‘zaro farqlanishini 
urg‘uning turli xil o‘rni bilan bog‘laganlar. Lekin urg‘uning o‘zbek
tilida ma’no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg‘uning ma’no farqlash 
vazifasi tilimizda rus tilidan ko‘chirilgan hodisadir. Chunki "Tugmang
tushdi" va " Belbog‘ni tugmang " gaplaridagi "tugma" so‘zida urg‘u har 
ikki holatda ham "a" tovushiga tushadi. 
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma’noni alohida til hodisasi sifatida
o‘rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma’no grammatik
shaklning bir tomoni sifatida o‘rganilib kelindi. Grammatik ma’noni
ifodalashning rang - barang usullarini ko‘rib o‘tgach, biz ayta olamizki, 
ayni bir grammatik ma’no xilma-xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin. 
Chunonchi, son ma’nosi o‘zbek tilida affiksatsiya 0/-lar, ya’ni 
birlik/ko‘plik son shakllari paradigmasi doirasida ko‘rib chiqilgan. Son
shakllarining ma’nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutilgan.
Tilimizda son ma’nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali 
ro‘yobga chiqadi. Chunonchi, ko‘plik ma’nosi takror, juft so‘zlar bilan
ham, birlik ma’nosi juz’iy reduplikatsiya (takror) yoki so‘z- 


158 
so‘zsimon (kitob - mitob, non - pon, meva - cheva) bilan ham 
ifodalanishi mumkin. 
Hozirgi fanimizda son ma’nolarining o‘xshashlik va farqli tomonlari, 
shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb/ atab
oldim" kabi hosilalar orasidagi ma’no farqlari deyarli o‘rganilmagan. 
Ya’ni ayni bir ma’noni turli xil vositalar bilan ifodalash yo‘llari
fanimizning o‘rganilmagan muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq 
qilish bugungi kunning vazifasidir. Quyida shunday izlanishlardan namuna 
keltiramiz. 
Aslida, gnoseologik (bilish) nuqtayi nazardan materiyaning yashash 
shakli, hodisalarning izchil almashinish tarzi sifatida tadqiq qilinadigan 
zamon (payt) ma’nosining lisoniy tizimda voqelashish hodisasi tilning bu 
kategoriyani yuzaga chiqarish imkoniyatlari keng, rang-barang ekanligini 
dalillaydi. Bu tillararo xususiyatlarni, xususan, ingliz va o‘zbek tillaridagi 
payt ma’nosini ifodalashning lisoniy vositalarini tekshirganda yanada 
yaqqol ko‘rinadi. Zamon (vaqt, payt) tushunchasini payt grammatik 
ma’nosi, mazkur kategoriyani yuzaga chiqaruvchi usul va vositalarni esa 
payt ma’nosini ifodalovchi grammatik vositalar deb hisoblaymiz. Ingliz va 
o‘zbek tillarida payt ma’nosini ifodalash lisoniy hodisasidagi tillararo 
uyg‘un, o‘xshash xususiyatlarni- umumiy (integral) belgilar, o‘ziga xos 
xususiyatlarini esa farqlovchi (differensial, oppozitsion, zid ) belgilar 
sifatida tekshiramiz. Payt ma’nosining qiyoslanayotgan tillarda yuzaga 
chiqish imkoniyatlarini quyidagi jadvalda umumlashtirishga harakat 
qilamiz: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling