Abuzalova M


Affiksatsiya. 2. Yordamchi so‘zlar. 3. So‘z tartibi. 4. Takror


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Affiksatsiya. 2. Yordamchi so‘zlar. 3. So‘z tartibi. 4. Takror.
5.Ohang. 6. So‘zlarni juftlash. 7. Ichki fleksiya. 8. Urg‘u.
9. Suppletivizm. 
1.Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng 
tarqalgan usuli bo‘lib, tilimizga xos bo‘lgan grammatik ma’nolarning 
deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi
darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir usuli), bo‘lishli-
bo‘lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo‘shimchalar
yordamida ifodalanadi. O‘zbek tilida, asosan, suffikslar, ya’ni o‘zak yoki 
asosdan keyin qo‘shiladigan qo‘shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy 
tillardan kirgan bir qator [be-], [bo-], [ser-][no-][ba-] kabi prefikslar 
─ o‘zak va asosdan oldin keladigan qo‘shimchalar ham o‘zlashib qolgan.
Lug‘aviy shakl va aloqa - munosabat qo‘shimchalari vositasida 
yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. 
Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq,
o‘nta kabi shakllar sintetik shakl sanaladi. O‘zbek tilida kelishik shakllari 
standart holda(tushum kelishigi faqat – ni orqali ifodalanadi) bo‘lsa, rus 
tilida kelishik ma’nosi turli shakllar orqali ifodalanadi. Qaratqich 
kelishigining birlik ma’nosi: a (окна), и (тетради), я (коня) va h.
2. Yordamchi so‘zlar. Bular ham grammatik ma’no ifoda qilish 
uchun qo‘llaniladi. Ko‘makchilar ot, ma’nosi toraygan so‘zlar bilan birga 
kelib, o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zni boshqa so‘z bilan munosabatga kiritadi: 
Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz (A.Q.) - holat ma’nosi voqelangan; 
Telefon orqali gaplashdim –vosita ma’nosi voqelangan; Do‘stlik biz uchun
hamisha ilhom va kuch-quvvat manbayi bo‘lib kelgan (O‘.U.) – atalganlik 
ma’nosi voqelangan. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar juda katta


155 
guruhni tashkil etadi, ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalarning yarim 
bog‘lovchi, yarim ko‘makchi, yarim yuklama kabi turlari mavjud bo‘lib, 
bunday so‘zlar ham mustaqil, ham yordamchi ma’noga ega. Chunonchi, 
Ishning boshida Abdurahim turar edi. 
Yordamchi so‘zlar sifatida o‘zbek tilida juda, eng, bag‘oyat, 
nihoyatda, o‘ta, sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, bermoq,
qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 40 dan
ortiq fe’llar ham keng qo‘llaniladi. Yordamchi so‘zlar vositasida 
yasalgan shakllar a n a l i t i k shakllar deb ataladi. Tilimizda juda ko‘p 
holatlarda ayni bir grammatik ma’no sintetik shakl bilan ham, analitik 
shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam 
uchun /akamga deb / akamga atab/ akamga mo‘ljallab/...) oldim. Ingliz 
tilidа the va a (n), frаnsuz tilidа le, un, nemis tilida der, das kаbi аrtikllаr 
grаmmаtik mа’nо ifоdаlаydi. Masalan, the table ingliz tilidа аniqlik 
grаmmаtik mа’nоsini ifоdаlаyapti. Rus tilidа в, на, под kаbi prеdlоglаr 
turli mа’nоlаrni ifоdаlаydi.
3.Takror (reduplikatsiya)- bir so‘zni aynan ikki marta takrorlash 
sanalib, bunda ham turli grammatik ma’nolar hosil qilinadi: predmetning 
ko‘pligi, belgining oshirilishi, ma’noning kuchayishi, harakatning 
takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. Chunonchi, etak-etak 
paxta – miqdoriy ko‘plik; ayta- ayta charchamoq  harakat davomiyligi. 
Grammatik vosita sifatida takror malay (indoneziya tili), hind, xitoy 
singari tillarda ishlatiladi. Masalan, xitoy tilida: син – yulduz, син-син – 
yulduzlar; hind tilida: бхай – birodar, бхай-бхай – birodarlar; malay 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling