Abyssal-abissal
Download 1.55 Mb.
|
LUG\'AT 185
- Bu sahifa navigatsiya:
- ВИСМУТ САМОРОДНИЙ-BISMUTH NATIVE -SOF VISMUT
- ВИСМУТИН-BISMUTHINE -VISMUTIN, VISMUT
- ВОЗРАСТ ГЕОЛОГИЧЕСКИЙ-GEOLOGICAL AGE -GEOLOGIK YOSH.
ВИЗЕЙСКИЙ ЯРУС-VISEAN-VIZEY YARUSI (Belgiyadagi Vizey shahri nomi bilan atalgan) quyi toshko‘mir davriga mansub yotqiziqlar 1882 y. da Dyupon tomonidan alohida yarus deb ajratilgan. Unda dengiz ohaktoshlari orasida turli hayvonlarning qoldiklari (braxiopoda, goninatit va h. k.) mavjud. O‘zbekistondagi V. ya. lari uchga: quyi, o‘rta, yuqoriga bo‘linadi. Chotqol-Qurama, Turkiston, Hisor tizmalarida uchraydi.
ВИСМУТ САМОРОДНИЙ-BISMUTH NATIVE-SOF VISMUT-Odatda V. deyarli sof holda uchraydi. Uning tarkibida aralashmalar bo‘lib, juda kam miqdorda Re, Az, 8 ishtirok etadi. V. ning yangi singan joylari kumushdek oq bo‘lib, sarg‘ish tovlanadi; vaqt o‘tishi bilan rangi aynib, o‘ziga xos qizg‘ish tusga kiradi. Qat. 2,5, s. og’ir. 9,7-9,83 (suyuq holatda 10). Uning Yerish harorati 270°, qaynashi esa 1450°. Tabiatda uchraydigan barcha V.ning hosil bo‘lishi gidrotYermal mahsulotlar bilan boo‘liq. ВИСМУТИН-BISMUTHINE-VISMUTIN, VISMUT yaltirog‘i-m-l, kimyoviy ifodasi. Rombik singoniyali. Odatda yaxlit, donador, shu’lasimon agregatli, ba’zan cho‘ziq prizma shaklidagi kristall; oq rangli, kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qat. 2-2,5 sol. og’ir. 6,4-6,8, ba’zan 7,1. Elektr o‘tkazmaydi oson Yeriydi. V. gidrotYermal (tomir va kontakt metasomatik) jarayonlarda paydo bo‘ladi. Kamdan-kam alohida kon hosil qiladi. Yo‘ldosh sifatida qalay, volfram bilan birgalikda; margimush konlarida arsenopirit, galenit, pirit va b. sulfidlar bilan birgalikda uchraydi. Dunyodagi eng yirik vismut konlari Boliviyada (Tasna, CHoroli), PYeruda (SYerro-de-Paska), O‘rta Osiyoda (Burchmulla, Ustarasoy va Sharqiy Qoramozor) V. kimyoviy asboblar ishlashda va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. ВОЗРАСТ ГЕОЛОГИЧЕСКИЙ-GEOLOGICAL AGE-GEOLOGIK YOSH. Ma’lum bir geologik xodisa sodir bo‘lganidan to xozirgacha (ya’ni biron yangi geologik hodisagacha qatlamlari, yoki ma’lum bir t.j . ning vujudga kelishi, bir xil organizmlarning nobud bo‘lishi va b.larining paydo bo‘lishi, intruziyaning yorib chiqishi va h. k. lar) o‘tgan vaqtni aks ettiradi. G. yo, ming va mln. yillar bilan o‘lchanadi. Nisbiy va mutlaq G. yo. ga bo‘linadi. G. yo. minerallar tarkibida radioaktiv elementlarning parchalanishiga ketgan vaqt cho’kindilarning hosil bo‘lish tezligi bilan aniqlanadi va Yera, davr, asr birliklari bilan ifoda etiladi (s. Geoxronologiya). Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling