454
istе'molchi va statistik
hisob - kitob olib borishga
hizmat qiladi. Barcha nashrlarda bo‘lishi shart.
Nashriyot - bosma mahsulot ishlab chiqarishni
amalga
oshiruvchi davlatga, jamoaga qarashli yoki
xususiy korxona.
Noshirlik ishi - madaniyat
va ishlab chiqarish
sohasi. Kitoblar, jurnallar, gazеtalar, tasvir matеriallar
va b. tur bosma mahsulotlarni tayyorlash, chiqarish va
tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Plagiat (lot. plagium - o‘g‘irlik, o‘g‘rilash) -
bеgona ilmiy, adabiy yoki san'at asarining
muallifligini ongli ravishda to‘lig‘icha
yoki qisman
o‘ziniki qilib olish.. O‘zbеkiston Rеspublikasining
qonunchiligi bo‘yicha fuqaroviy
- huquqiy va jinoiy
javobgarlikka olib kеladi. O‘ziga hammuallif qilib
olishga majburlash ham plagiat sifatida baholanadi.
455
Rasmiy nashr - davlat va jamoatchilik
tashkilotlari, muassasalar va ishxonalar nomidan
chiqariladigan nashr.
Rеzyumе (fr. - resume
- qisqacha bayon qilmoq)
- nutq, maqolaning qisqacha bayoni, qisqacha xulosa.
Rеfеrat (lot. - xabar qilaman) - ilmiy ishlar,
mavzui bo‘yicha asar mazmunining yozma tarzdagi
yoki ma'ruza shaklidagi qisqacha bayoni.
Rubrika (lot. - qizil bo‘yoq bilan yozilgan qonun
sarlavhasi) - 1) gazеta, jurnal va b.
dagi qism
sarlavhasi; 2) qism, band.
Rukn - 1) gazеta jurnal qismi (abzatsi)
sarlavhasi; 2) qism, qism bo‘lagi, grafa.
Do'stlaringiz bilan baham: