Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
sobiq buxgalter, ishdan ketgan yurist, xullas, nimaiki kasb
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
...sobiq buxgalter, ishdan ketgan yurist, xullas, nimaiki kasb
egasi bo ‘Isa bor, malakali mutaxassis y o q. Mantiqan shunday savol tug‘iladi: sobiq buxgalter, ishdan ketgan yurist mutaxassis emasmi? Muharrir yo'q. B a’zi xususiy nashriyotlarda “...nimaiki kasb egasi bo ‘Isa” muharrirlik lavozimida ishlamoqdalarmi? Nihoyat, “...malakali mutaxassis y o 'q ? ” Malakali mutaxassis - kim? Muharrirmi, musahhih(a)mi, dizaynermi. texnik muharrirmi, badiiy muharrirmi, grafikachi, rassommi, bosh muharrir yo direktormi... Yuqorida bildirilgan mulohazalar (aslida, bular adabiy tahrir mezonlari) asosida matn qayta ishlansa hamda m uallif matni bilan qiyoslansa, shu narsa ayon b oiad iki, muallif, avvalo, bunday matnni yaratmagani m a’qul. Hamon yaratgan ekan u tahrirdan chiqarilishi lozim edi. Yuqoridagi matnni tahrir qiluvchi esa adabiy nutq, adabiy nutq uslubiyati va matn mantiqiy tahlili bo'yicha chuqur nazariy bilimni amalda q o ila y olishi kerak. Ba’zilar agar tahlilga asosan matnga yondashiladigan bo‘lsa, matnni deyarli boshqatdan tuzish kerak bo'ladi-ku, deyishlari mumkin. Ha, shunday b o iish i mumkin. Bunda ikki y o id a n biri tankmadi: matnni muallifga qayta ishlash uchun qaytarish; m uallif roziligi bilan muharrir tomonidan qayta ishlash. Qay biri m a’qul? 143 Agar muharrir matnni qayta ishlashga kirishsa, unda m uallif bajarishi lozim bo‘lgan bir qator ishlami amalga oshirishiga to ‘g ‘ri keladi. 1.Respublikada faoliyat olib borayotgan barcha, davlat tasarrufidagi va xususiy nashriyotlar umumiy hamda har bir tur sonini aniqlash; 2.Qoralamalar, rnadhiyalar, “oilaviy albom” - kitoblar, ‘ zakaznoy’’ she’riy kitobchalar va hokazolar nomi, muallifming ismi-familiyasi, uni chop etgan xususiy nashriyot nomi, muharrir, musahhihi ismi-familiyasi va boshqalarni aniqlash; 3.Тап berilgan, qoyil qolingan kitob nomini, muallifi kimligini, albatta, bu kitobni chop etgan nashriyot nomini qayd etish; 4. Qaysi nashriyotda sobiq buxgalter, ishdan ketgan yurist, nimaiki kasb egasi qanday ish (balki muharrirlik) bilan shug‘ullanayotganini aniq aytish; 5. Qanday malakali mutaxassisga talab qandayligini (miqdori jihatdan) ko‘rsatish. Shular e ’tiborga olinadigan bo‘Isa, birinchi y o in i tanlash - yuqoridagi shartlar asosida matn (qo‘lyozma)ni muallifga qaytarish adabiy tahrir qoidasiga muvofiq bo‘ladi. Chunki yuqoridagi asos unsurlarni aniqlash, matnga kiritish muallifning zimmasidagi vazifa, ulami tekshirish ( chin, yolg‘onligini aniqlash) muharrirning vazifasi. Asam ing sifatli bo‘lishi tomonlarning har biri o ‘z vazifasini aniq bajarishiga bog‘liq. Adabiy tahriming talabi ham shu! 4-§. Yuqoridagi tahlillardan shu narsa ayon b o iad ik i, har ikki tur tahrir amalda bir-biri bilan jips bog‘liq. Lekin bugungi kun tahrir amaliyotida asosiy e ’tibor matnga qaratiladi, mikrotahrir, makrotahrir jarayonida y o ‘l-yo‘lakay, shunchaki, imloviy, tinish belgilari b o ‘yicha xatolarni tuzatib ketish, b a ’zi so ‘zlami uVg'rilash, almashtirish, o ‘mini o ‘zgartirishdan iborat deb tushuniladi. Bunday tahrim i amalga oshirish uchun punktuatsiya, imlo, leksikologiya va grammatikadan o ‘zlashtirilgan bilimlar kifoya qiladi. Shunga ko‘ra, mikrotahrirga adabiy tahrir ilmini o'zlashtirishning birinchi bosqichi sifatida qarash kerak. Keyingi 144 bosqichga o ‘tish uchun punktuatsiya, orfografiya, morfologiya sintaksis va uslubiyat bo‘yicha matnda uchraydigan barcha xato, kamchiliklami to ‘liq idrok etish lozim. Chunki bularsiz keyingi bosqich b o ‘yicha adabiy tahrir ilmini o ‘zlashtirib b oim ay d i. Chunki mikrotahrir jarayonida matn bir butunlikda yaxlit yoki b o im a sa muayyan qismlar bo'yicha to ‘liq tasavvur etilishi muharrirning tahrirdagi mahoratining asosini tashkil etadi. 5-§. Muharrir tahrir jarayonida faqat matnda uchraydigan ayrim-ayrim qismlarni tuzatish. to ‘g ‘rilash bilan shug‘ullanmaydi, balki muallifga bu xatolar, kamchiliklami tushuntiradi va ularni bartaraf etish zarurligini ham isbotlaydi. Aks holda, m uallif muharrir fikriga qo‘shilmasligi, kamchiliklar tuzatilmay qolishi mumkin. Demak, muharrir matn bilangina emas, balki m uallif bilan ham ishlashi kerak. 6-§. Adabiy tahrir matnni nashrga tayyorlash b o ‘yicha amalga oshiriladigan tahriming bir turi. K o‘pincha uni qisqacha tahrir deb qo‘ya qolinadi. Vaholanki, shunday nashrlar borki, ularni nashrga tayyorlashda ilmiy muharrir, maxsus muharrir, m as’ul muharrirlar qatnashadi. B a’zi asarlar kimningdir umumiy tahriri ostida chop etiladi. Ularning barchasi o ‘ziga xos vazifani - tahrimi amalga oshiradi. Adabiy tahrir shulaming biri, ammo eng m as’uliyatlisi. Chunki adabiy tahrimi amalga oshiruvchi muharrir matnni nashrga tayyorlar ekan, nashrga aloqador boshqa barcha mutaxassislar bajargan ishlaming sifati uchun javobgar hisoblanadi. Adabiy tahrir bilan shug‘ullanuvchi muharrir matnni nashr etishga rahbarlik qilmaydi. Matn ustida (m uallif bilan birgalikda) ishlaydi. 7-§. Matn tahrir qilishdan oldin tanqidiy tahlil etiladi. Sifatli tahlil esa asaming mohiyatim, auditoriyasini, vazifasini va nashr etishdan maqsadni yaxshi bilishga bog‘liq. Tanqidiy tahlil asosida asar baholanadi, uning taqdiri hal etiladi. Agar asar qoiyozm asi xususidagi fikrlar taqozo etsa, asami qayta ishlash muallifga taklif etiladi hatto qo‘lyozma nashrga loyiq emas deb topiladi. 8-§. Q o iy ozm a tahrir uchun qabul qilinsa, tuzatishlami, asosan, ikki muharrir amalga oshiradi. Ilmiy muharrir muayyan 145 soha b o ‘yicha mutaxassis hisoblanadi, u ilgari surilayotgan g ‘oya, keltirilayotgan asos materiallar (dalillar), xulosa va natijalar va h.larning to‘g ‘ri ekanligini ilmiy baholaydi va ilmiy tahrimi amalga oshiradi. Adabiy tahrirda matn asar tuziJishi (kompozitsiyasi), tili, uslubiga ko‘ra tahlil etiladi, baholanadi va takomillashtiriladi. 9-§. Ilmiy, adabiy, badiiy, texnik tahrirdan so‘ng muallifning qo‘lyozmasi nashriyot asl nusxasiga aylanadi. Matnni bosish, sahifalash jarayonida matnda y o ‘l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun musahhihlik o ‘qishi amalga oshiriladi. 10-§. Bugungi kun noshirlilc ishidagi musahhihlik amaliyotida universallik vuz bermoqda: musahhih muharrir vazifasini. muharrir musahhih vazifasini bajarish kuzatilmoqda. Aslida, har bir mutaxassis o ‘z ishini qilgani m a’qul. M usahhih - Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling