Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мирзиёев Ш.М.
- Адабиёт.
- Annotatsiya
- Tayanch so‘z va iboralar
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. / Халқ сўзи 2016 йил 16 декабрь. 2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гаровидир. Тошкент., Маънавият, 2017, Б.71. 3. Саид Аҳмад. Йўқотганларим ва топганларим. Хотиралар, эсселар. Адабий ўйлар. Тошкент, “Сано-стандарт” нашриёти, 2014., 348-бет. 4. Адабиёт. Умумий ўрта таълим мактабларининг 6-синфи учун дарслик-мажмуа. 2-қисм. С.Аҳмедов ва бошқалар. Тош. “Маънавият“, 2017, 3-13-бетлар. 5. Д. Қуронов ва бошқалар. Адабиёшунослик луғати. Қайта нашр. Тошкент, “Академнашр” 2013, 163-бет 39 SAID AHMAD HIKOYALARIDA USLUB MUAMMOSI Dilmurod XOLDOROV, ToshDO‘TAU dotsenti Sadoqat ERKINJONOVA, ToshDO‘TAU 4-kurs talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining atoqli adibi Said Ahmad hikoyalarida yozuvchining uslubiy mahorati haqida fikr bildiriladi. Fikrni asoslash uchun yozuvchining “Sarob”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan?”, “Oftob oyim”, “Qorako‘z majnun” hikoyalariga murojaat qilinadi. Shuningdek, ijodkorning birinchi jumlani qo‘llash mahorati, epigraflardan foydalanish darajasi haqida fikrlar bildiriladi. Tayanch so‘z va iboralar: Hikoya, epigraf, birinchi jumla, syujet, kompozitsiya, dramatizm, uslub, ziddiyatlar iskajasi. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq yozuvchisi Said Ahmad o‘zbek adabiyotida o‘z ovozi, o‘z uslubiga ega, Abdulla Qahhorday talabchan, o‘ta haqiqatgo‘y adibning nazariga tushgan ijodkordir. U sotsialistik turmush tarzi, partiya chaqiriqlaridan holi, asl hayot qanday bo‘lsa, shunday asarlar yozgan kam sonli adiblardan biri edi. Uning hikoyalarini o‘qib, V.G.Belinskiyning quyidagi fikrlari yodga keladi: “Shunday kishilar borki, haqiqatan ham ulardagi zakovatda ijodiy tashabbuskorlik bor. Ular hamma narsaga qandaydir boshqacha, yangicha qaraydilar, hamma narsada ham ularsiz boshqa hech kim ko‘ra olmaydigan tomonlarni payqab oladilar, ulardan keyin esa ana shu tomonlarni hamma ko‘radi va hamma ham ilgari shuni payqamagan ekanmiz, deb taajjublanadi. Bu toifa odamlar hech bir mug‘ombir va sirli odamlar emas: ularning hammalari oddiy tushunadilar, biroq 40 ularning oddiy tushunchalari dastlab hammaga ham juda sirli, ba’zan esa telbalik va bema’nilik bo‘lib tuyuladi...” 4 . Said Ahmad hikoyalarida tasvirlangan manzara bizga juda tanish. Ularning ko‘pchiligini ko‘rganmiz yoki ular haqida eshitganmiz. Gap ularni badiiy hayotga kirib kelishi va o‘quvchini hayratga solishida. Mana shu yerda yozuvchi mahorati, uning o‘ziga xos uslubi ko‘rina boshlaydi. Hikoyalarning bosh qahramoni, ya’ni, hikoyachi-roviy yozuvchining o‘zi. Barcha voqealarni guvohi bo‘lgan, o‘z boshidan kechirgan, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan inson sifatida gavdalanadi. Hikoyalarni o‘qir ekansiz, bir qarashda, xuddiki bir inson xotirasini o‘qiyotganday bo‘lasiz. Chuqurroq kirib razm solsangiz unda o‘z syujeti va kompozitsiyasiga ega bo‘lgan yaxlit badiiyat durdonasini his qilasiz. Unda badiiy tasvir vositalari, tirik inson qiyofasi, tiniq tabiat tasviri o‘quvchini o‘ziga maftun etadi. Said Ahmad sho‘ro tuzumining 50-yillar qatog‘oniga uchradi. 4 yil Qozog‘istonning Jezqazg‘on lagerida azob chekdi. Oradan salkam 50 yildan keyin mudhish hayoti haqida “Borsa kelmas darvozasi”, “Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan?”, “Oftob oyim”, “Sarob” kabi turkum hikoyalarini yozdi. Bu hikoyalar aftobiografik xarakterda bo‘lsa ham unda o‘sha zamonning manfur siyosatidan aziyat chekkan minglab jabrdiydalarning taqdiri, fojialari, dramatizmga boyligi, syujetning ziddiyatlar iskanjasiga qurilganligi bilan kitobxonda qiziqish uyg‘otadi. Said Ahmad hikoyalaridagi epigraflar ham diqqatni tortadi. Ular shunday mahorat bilan topilganki, asardagi butun ma’no, mazmun tagma’nosi shu epigraflarda aks etgan va o‘quvchini asarni o‘qishga, undagi voqealar bilan tezroq tanishishga undaydi. “Ota qarg‘ishi misoli o‘q – u oxirotda emas, shu dunyoning o‘zida nishonga tegadi” (“Sarob”), “Bu vatan qanday vatandir, har go‘shasida turmalar, Qo‘ngani bir yer topolmay, osmonda yig‘lar turnalar” (“Borsa kelmas darvozasi”), “Vatanni sevmoqni, yurt otasiga sadoqatni yaponlardan o‘rganish kerak” (“Oftob oyim”), Qur’oni karim suralari, Hadisi sharifdan misollar 4 Белинский В.Г. Рус адабиёти ҳақидаги ўй ва мулоҳазалар. Танланган асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1955. – Б. 363. 41 (“Qorako‘z majnun”). Bir qarashda bu hikmatli so‘zlar bizga yangilik emas. Uni yoshligimizdan qulog‘imizga quyishadi. Necha martalab eshitganmiz, unga amal qilmaganlar taqdiri haqida misollar eshitganmiz. Yozuvchi uslubi, uning hayot tajribasi o‘laroq bu mantiq yangicha ko‘rinish kasb etadi. Endi bu yerda birgina insonning xatosi emas, balki jamiyat, ijtimoiy muhit, tuzum, mafkuraning ta’siri sabab, insonning shu gunohga majburlanishi, alal-oqibat xor-zorlikka mubtalo bo‘lishi, insonlik qiyofasidan chiqishi Kimsanboy, Bo‘rixon qiyofasida ochib beriladi. Yozuvchining “Sarob” hikoyasi qahramoni Kimsanboy. Kimsan? Odammisan, shaytonmisan, ablahmisan? Kimsan? Yozuvchi mahorati sabab, qahramon ismiga ham alohida ma’no yuklanadi. Umuman, o‘zbek adabiyotida tuzumning, mafkuraning quliga aylangan, unga ko‘r-ko‘rona maftun bo‘lganlar obrazi talaygina. Birgina misol, yozuvchi Shoyim Bo‘taevning “Sho‘rodan qolgan odamlar” asaridagi MELS, Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasidagi Zamon otboqar va bu kabi obrazlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Shoyim Bo‘taevning “Sho‘rodan qolgan odamlar” 5 qissasidagi aka-ukalarning xudbinligi, beoqibatliklari va hayotdagi fojiasi ham mavjud tuzumning, olib borilgan manfur siyosatning hosilasi. ”Uka ketdi. Aka qoldi. Ular na Kechani eslashdi! Chunki, Kechani bilmasdilar, xotirlay olmasdilar, uning qorong‘i osmoni qabatlarida chaqnagan millionlab shu’lavor yulduzlaridan, sutday toshib dolg‘alangan oylaridan g‘ofil edilar; olis dunyolar nasimlaridan ko‘ngillari bebahra, nainki bebahra, Ko‘ngilning o‘zi hali tavallud topmagandi: kulmang, birodar, kulmang; Ko‘ngil tavalludisiz odamning bu dunyoga kelishi, yurishi, ketishi bir hashorat umrichalik emasligini hoji pochchangizdan so‘rasangiz, yaxshilab tushuntirib qo‘yadi”. 5 Бўтаев Ш. Шўродан қолган одамлар // Ҳаёт. – Тошкент: Шарқ, 2000. 42 Inson tafakkuri va shuuri o‘zidan-o‘zi shakllanib qoladigan hodisa emas. U minglab yillar mobaynida sayqallanadi. Irsiyat qonunlariga bo‘ysunadi. Insoniyat ustida o‘tkazilgan har qanday notabiiy qonuniyatlar uning tanazzuliga olib keladi. O‘z ”Kecha”sini anglamagan, ”olis dunyolar nasimlaridan” bexabar insonning taqdiri qanday bo‘lishi, fojialar girdobiga tushishi, ayniqsa, o‘zining fojiasini anglab yetmasligini asardagi qahramonlar nutqi orqali tasvirlash imkoniyati yo‘q edi. Shu o‘rinda roviy nutqining kiritilishi asarning qimmatini oshiradi. Zero, asardagi roviy obrazi adib maqsadi va niyatini amalga oshiruvchi qahramon ekanligini hisobga olganda, adib ideallari asar syujetining ko‘lamdorligi va uni ushlab turuvchi qizil ip roviy obrazi, uning badiiy nutqida namoyon bo‘ladi. Asar davomida Nazoratchining laqmaligi, Amakining xudbinligi ochila boradi. Qissaning biror joyida na nazoratchining, na amakining qulog‘iga azon aytib qo‘yilgan ismlari aytilmaydi. Aslida ham ularni ismi bilan aytish lozim ko‘rilmaydi. Ijodkor o‘z niyatlarini o‘quvchiga yetkazish uchun turlicha uslub vositalaridan foydalanishlari mumkin va bu jarayon barcha xalqlar adabiyoti tajribasida sinalgan. Shu nuqtai nazardan keyingi yillar nasrida ko‘zga tashlanayotgan ismsiz va tashqi qiyofasi aniq tasvirlanmayotgan qahramonlar, syujetning universal darajada kengligi ko‘zga tashlanyapti. Said Ahmadning “Sarob” hikoyasidagi Kimsanboy, “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi Bo‘rixon obrazlari ham tuzumning fojiasiga giriftor bo‘lgan, qadim irsiyat qonunlarini unutgan insonlarning tipik vakilidir. Adib hikoyalari asosan retrospektiv syujet asosiga qurilgan. Ya’ni, avval, natija, keyin uning sababi beriladi. “Bugun lagerimizga yangi mahbuslarni olib kelishdi” 6 . Hikoya o‘ta sodda, favqulodda sokin uslub bilan boshlanadi. Asar ichiga kirgan saringiz, yozuvchi mahorati sabab, ichki dramatizm kuchayib boradi. O‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortib oladi. Morozovchilik harakati bu oddiy siyosat emas, millatni zabun etadigan, otani bolaga, bolani otaga qarshi qayraydigan, yaralgandan beri singdirib kelinadigan irsiyat qonuniyatlarini yo‘qqa chiqaruvchi shaytoniy harakat ekanligi hikoya tagmatniga singdirib yuboriladi. 6 Said Ahmad. Qorako”z majnun. – T.: O’zbekiston, 2013. 10-b. 43 Adib hikoyalarining aksariyati darak gapdan boshlanadi. “Bugun lagerimizga yangi mahbuslarni olib kelishdi” (“Sarob”), “Prezidentimiz Islom Karimov irodasi bilan barpo qilinayotgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmusi bugun-erta tantanali ochiladi” (“Borsa kelmas darvozasi”), “Stalin o‘lgan, Beriya otilgan, mahbuslarga munosabat bir qadar yumshagan paytlar. Avgust oyida lagerimizga respublika ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general Jaqsiliq Stepanov kelib, mahbuslar bilan suhbatlashdi” (“Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan?”) bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu uslub o‘quvchini asar ruhiga kirib borish, asarga nisbatan qiziqish uyg‘otishi bilan xarakterlidir. Inson tabiatan voqelikka, xabarga o‘ch bo‘ladi. Inson qalbining bilimdoni hisoblangan ijodkor asar qimmatini oshirish, o‘quvchini asar ruhiga olib kirish uchun shu usuldan unumli foydalanadi. Va bu uslub qahramonlar xarakterining haqqoniy, tasvirning tiniq chiqishiga xizmat qiladi. Lagerda o‘zi bilan o‘zi ovora, ertasi qanday yakun topishi gumon, yashashdan ishtiyoqi so‘ngan odamlar bo‘lishiga qaramay, hikoyachi milliy odatlarni, yurtdoshga qayg‘urishni, o‘zbek ekanligini, musulmon farzandi ekanligini bir daqiqa bo‘lsin unutmaydi.Muddati tugab, uyga, bolalarining oldiga ketaman deb turgan Dadajonga yana muddat qo‘shib beriladi. Bu ham yetmaganday olovda qolib halok bo‘ladi. Uni taomilga binoan dafn etishda hikoyachi faol ishtirok etadi. Uning hurmatini joyiga qo‘yadi. Ko‘rinadiki, bu lavhaning hikoyadan joy olishi milliy qadriyatlarni yo‘qotishga urinishlar bekor ekanligi, har qancha tajavuzlar, qarshiliklar bo‘lishidan qat’iy nazar, toshni yorib chiqqan giyohday bo‘y cho‘zaveradi, degan aqidani eslatish edi. Shuning uchun yozuvchi asarlari qancha zamonlar o‘tishiga qaramay, xalqning sevimli asarlari bo‘lib qolaveradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling