Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so ʻzlar
А d а b i yo t l а r
1. Sаylаnmа. Uch tomlik. T., G‘аfur G‘ulom nomidаgi nаshriyot. 1980-1981. 2. Jimjitlik. T., G‘аfur G‘ulom nomidаgi nаshriyot, 1989. “QOPLON” HIKOYASIDA LAGANBARDORLIKNING QORALANISHI SHAROPOV Abdunazar GulDU talabasi Annotatsiya: Maqolada Said Ahmad qalamiga mansub "Qoplon" satirik hikoyasida ilgari surilgan jamiyatdagi laganbardorlik illatining qoralanishi aks ettiriladi. Laganbardorlik va xushomadgo ʻylik eng chirkin va yarmas illat ekanligi va "Qoplon" hikoyasida buning ajoyib tarzda yoritilganligini xolisona va erkin bayon qilinadi. Kalit so ʻzlar: Said Ahmad satirik hikoyalari, "Qoplon" hikoyasi, Tillayev , Qurbonboy, Qoplon (it), laganbardorlik, xushomadgo ʻylik, manfaatparastlik. Mislsiz xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan o ʻlmas ijodkor , nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr - hikoya ustasi sifatida tanilgan Said Ahmad Husanxo ʻjayev oʻzining satirik hamda yumoristik hikoyalari bilan ham shuhrat topdi. " Said Ahmadning ijodi o ʻzbek adabiyotining XX asr ikkinchi yarmida bosib o ʻtgan ancha mashaqqatli, ancha 141 murakkab yo ʻlini oʻzida aks ettiradi .Uning siymosida ,taqdirida adabiyotimizning yarim asrlik tarixi tabassum etgan topgan desak xato bo ʻlmaydi" [ Ozod Sharafiddinov.Tanlangan asarlar.2000 :1 -bet]. Keltirilgan ma ʼlumotlar orqali ustoz Ozod Sharofiddinov domlaning Said Ahmadning o ʻzbek adabiyoti uchun naqadar ulkan xazina ekanligini anglaymiz. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo ʻyicha Abdulla Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «O ʻrik domla», «Mening do ʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi»,kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so ʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi va boshqa ko ʻpgina hikoyalarida jamiyatdagi ayrim illatlar ,odamlarning dabdabaga berilayotgani goho achchiq kulgu,ba'zida esa o ʻtkir yumor bilan yoritilganki oʻqirman kishi bevosita hikoyada bayon etilayotgan voqealar fonida o ʻzi ham ishtirok etayotgandek tuyuladi. Kishilardagi shunday kamchilik va nuqson keskin tanqid qilingan hikoyasi bu "Qoplon" dir. Ikki betli hikoyada yovuvchi satiraning ajoyib namunasini yaratgan. Asarda Qurbonboyning laganbardorlik bilan Tillayevning ishonchiga kirib, o ʻzini yaxshi ko ʻrsatish uchun polini yuvadi bu ham yetmaydiganday gilamini ham qoqib berishdan orlanmaydi. Tillayev va uning xotini esa bu ishlarni "yaxshilikka" yo ʻyadilar Qurbonboyning asl nusxasi esa direktor yangi tayinlanganda bilindi. Qurbonboyning laganbardorlik vositasi bo ʻlgan Qoplon (it)ni olib ketadi va yangi xo ʻjayin uchun yana shu itdan oʻz maqsadi yoʻlida foydalaniladi. "Oradan anchagina vaqt o‘tdi. Tillayev hassaga tayanib ko‘cha aylangani chiqdi. Bir mahal qarasa, ko‘chaning narigi betida Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa it qaradi-yu, Qurbonboy qaramadi" [ Said Ahmad. 200:111 -bet] .Qoplonni ko ʻrib , "Bu itni taniyman" deydi va bu so ʻzni itga emas ,balki Qurbonboyga qarab aytadi .Demak, "it" deb Qurbonboyni nazarda tutadi. Qurbonboy esa ishi bitguncha girdikapalak bo’lib, har qanday mayda – chuyda oilaviy yumushlarni orlanmay bajarib, yangi boshliq tayinlanishi bilan Tillayev xanodonidan batamom yuz buradi. 142 Xushomadining asosiy vositasi bo’lgan it “Qoplon”ni olib ketib, yangi rahbarga ham xuddi avvalgiday alfozda taqdim qiladi. Uning surbetligi shuqadar kuchliki, Qurbonboy Tillayevni yangi boshliqnikida ko’rib qolganida, hatto uyalmaydi ham. Direktorning charm to’nini artib turaveradi. Jamiyatimizda uchraydigan bu xil odamlar o ʻz manfaati yoʻlida andisha va mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutuvchi ,odamlarni amali yoki mansab darajasiga qarab muomala qiluvchi kimsalar har doim ham uchraydi. Demak jamiyatimizda "Qurbonboylar" hali ham talaygina va bunaqa buqalamun va ablah kimsalarning jamiyat hayotida o ʻrni boʻlmasligi kerak degan gʻoya yetakchidir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling