Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


mukofotlar kutyapti!”(Said Ahmad, Sarob)  Misolda mukofot


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

mukofotlar kutyapti!”(Said Ahmad, Sarob) 
Misolda mukofot so‘zida enantiosemiya shakllanmoqda. Mukofot so‘zi o‘z 
ma`nosiga zid ravishda kelgusida Kimsanboy boshiga tushadigan ko‘rguliklarni 
ham anglatadi. Yozuvchi kommunikant nutqidagi birgina so‘zni Kimsanboyning 
taqdir ko‘zgusiga aylantiradi. Bu kitobxon idrok etishi mumkin bo‘lgan holat. 
Ammo tinglovchi bu so‘zning zamiridagi ma’noni emas, uning birlamchi 
ma’nosidagi “rag‘bat” tushunchasini anglaydi. Ana shu tushuncha uni keyingi 
xatti-haraktlarni sidqidildan bajarishga undaydi. Kitobxon bu so‘zga yozuvchi 
tomonidan yuklangan ma’noni asar davomida anglab boradi.
Bu mukofot keyinroq boshqa bir muloqot jarayonida oydinlashadi: 
“— Kimsanboy, mendan yashirmay qo‘ya qoling, — dedim bosiqlik bilan. — 
Ikkovimiz bitta qishloqning bolasimiz. Kimligingiz kaftimning chizig‘idek ayon. Siz 
Pavlik Morozovning sadoqatli izdoshisiz. O‘z otangizni GPUga sotganingiz 
uchun «Hurmat belgisi» ordeni bilan mukofotlangan Kimsanboy Olimjonovsiz.
Sizlarni frontga kuzatish marosimida qishloq komsomollariga: «Men ko‘ksimda 
buyuk Stalin bilan jangga kiraman», deb ko‘kragingizdagi Staltin suvratini 
minbarda turib ko‘rsatganingizda men ham bor edim”(Said Ahmad, Sarob). 
“... o‘zaro nutqiy muloqot (badiiy kommunikatsiya)da biz bir-birimizga 
fikr(mazmun) emas, balki uning ifodasi uchun shakllantirilgan gap(matn)ni 
yetkazamiz. Tinglovchi (o‘quvchi), o‘z navbatida, o‘sha gap (matn)ni 
fikr(mazmun)ga aylantirishi lozim bo‘ladi va shu tariqa nutqiy muloqot(badiiy 
kommunikatsiya) amalga oshadi. Ko‘rib turganimizdek, tinglovchi(o‘quvchi) 
shunchaki axborot qabul qiluvchi emas, balki mazmun yaratuvchi sub’ektdir. 
Shunga ko‘ra, so‘zlovchi yetkazmoqchi bo‘lgan(va o‘z nazdida etkazgan) mazmun 
bilan tinglovchi anglagan mazmun bir narsa bo‘lolmaydi. Adabiy asar misolida esa 
mazmun yaratuvchi subyektlar soni (yozuvchi+asarni o’qigan har bir o’ quvchi) 


161 
g’oyat keng, bas, talqinlar soni ham shunga mutanosibdir” [3, Қуронов Д. 2014, 
49-b.]. 
So‘z narsa-hodisani ifodalashi barobarida ko’pincha shu narsa-hodisaga 
so‘zlovchining subyektiv munosabatini ham anglatishi alohida ta’kidlangan: 
“...Lug‘at sostavidagi so‘zlarni kuzatish ularning ba’zilari biror narsa, hodisalarni 
atabgina qolmay, ayni paytda so‘zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga o‘z 
bahosini, munosabatini ifodalanishini ham ko‘rsatadi. Bu munosabat doirasiga 
g‘azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi xilma-xil 
emotsional munosabat ko‘rinishlari kiradi. Bu baho elementi tinglovchi tomonidan 
ham 
odatda 
so‘zlovchi 
nazarda 
tutgandagidek 
idrok 
etiladi 
[4, 
Ўзбектилилексикологияси.1981, Б. 160.]. Masalan: 
“–Bermaydi. Tunov kuni olgan besh so‘mni zo‘rg‘a undirdim. Bundan buyon 
erim pul so‘rasa bermang, deb tayinlagan. O‘zing binoyidek qo‘li gul qassobsan. 
Topish-tutishing ham ikki ro‘zg‘orga yetardi. Topganingni shu araq o‘lgur so‘rib 
tashladi [5, Said Ahmad. Bir o‘pichning bahosi]. 
Keltirilgan misolda keksa ayol nutqidagi binoyidek so‘zi tinglovchini murosaga 
keltirish, tinglovchiga nisbatan so‘zlovchining ijobiy munosabatda ekanligi
hurmatga arzigulik jihatlari borligini ifodalash uchun tanlangan. Bu esa, 
kutilganidek , tinglovchiga ta`sir etishning o‘ziga xos usulidir. Binoyidek so‘zidan 
keyin keltirilgan qo‘li gul iborasi esa asosiy leksik birlikning ta’sir kuchini yanada 
oshirgan. Hattoki yozuvchi ichishga odatlangan tinglovchining bu kabi badxulqiga 
sabab bo‘ladigan biror arzigulik jihat yo‘qligini, kasb-kori ham yomon emasligini 
“qo‘li gul qassobsan” jumlasida ifoda etadi. Tinglovchi shaxsiga nisbatan tanbeh 
yakuni ham ana shunday yumshoqlik bilan yakunlanadi: “Topganingni shu araq 
o‘lgur so‘rib tashladi”.  
“Aroq o‘lgur”ni odam ichadi, aroq odamni emas. Ammo shu o‘rinda S.Ahmad 
holatni birgina jumla vositasida ifoda etadi. Aroq shishasi bilan ko‘tarib ichilganda 
so‘rilayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Ana shu idrok tasvirini yozuvchi so‘rish 
harakatining ob’ektiga nisbatan qo‘llamaydi. Subyekt obyekt bilan o‘rin 
almashadi. Natijada matnning ekspressiv xususiyati to‘liq namoyon bo‘lgan, 


162 
jumlaning muloqot “hamkor”iga ta’sir kuchi ortgan. Badiiy matnda so‘zdagi 
konnotativ ma’no muhim, bu konnotativ ma’noni harakatga keltirish, unga 
asoslangan holda yaxlit badiiy mazmunga xizmat qiladigan original badiiy 
ma’nolarni yuzaga keltirish yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Shuni ham alohida 
ta’kidlamoq kerakki, konnotatsiya badiiyat uchun xizmat qilishga “ixtisoslashgan” 
hodisa konnotativ ma’noli so‘z badiiy ifoda uchun hamisha tayyor turgan so‘zdir. 
Ammo har qanday konnotativ ma`noli so‘z ham yozuvchining individual badiiyati 
uchun xizmat qilavermaydi.
Ayrim so‘zlarda konnotatsiya har qancha kuchli bo‘lmasin, original badiiyat 
uchun ko‘p ham yaroqli bo‘la olmaydi, chunki u “ohorini to‘kib bo‘lgan”, 
“eskirgan”, uzuallashgan. Chinakam badiiy ma’no uchun eng muhim o‘lchov 
uning yangiligi, ohorliligidir. Tahlil etilgan misoldagi so‘rmoq fe’lining aroqqa 
nisbatan qo‘llanishi so‘z konnotatsiyasidagi oxorlilikni ta’minlagan. Mutaxassislar 
konnotatsiyaning ikki turini, ya’ni ingerent va adgerent konnotatsiyalarni 
farqlaydilar. So‘zning semantik strukturasiga kiradigan konnotatsiya ingerent, bu 
strukturaga kirmaydigan, faqat nutqiy kontekstda paydo bo‘ladigan konnotatsiya 
esa adgerent konnotatsiya sifatida talqin etiladi, ana shunga asoslanib, 
tadqiqotchilar badiiy matnda nutqiy (adgerent) konnotatsiyaning o‘rniga alohida 
baho beradilar: “Shunday qilib, nutqiy konnotativ ma`no til ekspressiv 
funksiyasining cheksiz ummoni, nutqni badiiylashtiruvchi asosiy omillardan 
polisemiya, nutqiy sinonimiya, ba`zan omonimiyaning ro‘yobga chiqish 
usullaridan biri bo‘lib, bu imkoniyatlardan o‘rinli foydalanish yozuvchi mahorati, 
uslubining badiiylik darajasini ko‘rsatuvchi va uning to‘laqonli obrazlar 
yaratishida muallif tilining xususiyatlarini belgilab beruvchi asosiy omillardan 
hisoblanadi” [6, Қиличев Э., Қиличев Б. 2006, Б.71.]. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling