Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Шарофиддинов О. Саид Аҳмад санъати//Халқнинг ардоқли адиби. Т.: 
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2015. 
2. Саид Аҳмад. Танланган асарлар. Т.: Шарқ, 2000. 
3. Саид Аҳмад. Уфқ. Трилогия. Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976. 
4. Шомақсудов А. ва бошқ. Ўзбек тили стилистикаси. Т.: 1974.
5. Йўлдошев Б. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик 
имкониятлари. Самарқанд. 2002. 
6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. Тошкент: 
Қомуслар бош таҳририяти, 1992. 
SAID AHMADNING “UFQ” ASARIDA AJRATILGAN 
BO‘LAKLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI 
Orziboni YUSUPOVA
Samarqand davlat universiteti dotsenti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sintaktik birliklardan biri – ajratilgan 
bo‘laklarning ayrim lingvopoetik xususiyatlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining 
yorqin namoyondalaridan biri, so‘z ustasi Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi 
misolida o‘rganilgan. Bu birlikning badiiy adabiyotda adib asarlarini 
undividualligini ta’minlashdagi o‘rni, emotsional-ekspressivlikni hosil qilishdagi
ishtiroki yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: Said Ahmad, “Ufq”, lingvopoetika, ajratilgan bo‘lak, emotsional-
ekspressivlik. 
Xalqimizning sevimli adiblaridan biri Said Ahmad ijodiga mansub barcha 
asarlar xalqchilligi, mazmunan va shaklan to‘kisligi, tilimizning barcha 


154 
imkoniyatlari-yu, rangin jilolarini o‘zida aks ettira olgani bilan ajralib turadi. Bu 
yozuvchining mahoratidan, til san’atini mukammal egallaganidan dalolat beradi. 
Zero, Said Ahmad ta’kidlaganidek, yozuvchi o‘z ona tilini butun ranglari bilan, 
ohanglari bilan, noz-u nazokatlari bilan bilishi kerak [Doniyorov X., Yo‘ldoshev 
B., 1988: 36-bet]. Yozuvchi asarlari tilining yana bir muhim xususiyati shundaki, 
barcha til birliklari badiiy maqsadni amalga oshirish uchun baravar xizmat qiladi. 
Xuddi shunday birliklardan biri ajratilgan bo‘laklar bo‘lib, ilmiy manbalarda 
murakkab fikrni sodda, ixcham va ta’sirli ifodalash usullaridan biri ajratilgan 
bo‘laklardan foydalanish ekanligi ta’kidlanadi” [O‘zbek tili grammatikasi., 1976: 
208-209-bet]. Shu sababdan, ajratilgan bo‘laklar muhim lingvopoetik vosita
hisoblanib, yozuvchilar undan quyidagi maqsadlarda foydalanadi: “1.Ma’lum 
voqelik yoki obraz, xarakter yoki qiyofani chizishda uning asosiy o‘ziga xos 
xususiyatlarini ifodalovchi gap bo‘laklarini o‘quvchiga shu asosiy xususiyatlarni 
anglatish maqsadida bo‘laklar ajratiladi. 2. Ba’zan obrazni yoki hodisani 
o‘quvchiga yaxshi tanishtirish maqsadida uni ikkinchi biror narsa va hodisaga yoki 
holatga o‘xshatish orqali ifodalaydi, ya’ni obrazli gap bo‘laklarini hosil qiladi. 
3.Ta’sirni kuchaytirish, kuchli emotsiya yaratish, ritordatsiya uchun ajratilgan 
bo‘laklar ishlatiladi. 4.Yozuvchi yordamchi so‘zlar vositasidagi tayyor nutq 
formalarini asosiy hukmga tirkab ishlatadi [Boltaboyeva H., 1969: 155-160-bet].
Shu jumladan, Said Ahmad asarlarida ham obrazning asosiy muhim 
xususiyatlarini bo‘rttirib ifodalovchi ajratilgan aniqlovchilar, fikrning aniq
tushunarli hamda konkret bo‘lishini ta’minlovchi ajratilgan izohlar, fikrni 
atroflicha bayon etishga yordam qiluvchi ajralgan ko‘makchili to‘ldiruvchi va 
hollar ko‘plab qo‘llanilgan: “Bola-chaqasidan ko‘ngil uzolmagan onalargina 
dugonalari bilan xayr-ma’zur qilib, Izboskanning har tarafiga – o‘z qishloqlariga 
qaytib ketishgan edi” [S.Ahmad. “Ufq”, 201]. Yozuvchi biror portretni chizishda 
ajratilgan aniqlovchilardan foydalanadi. Bunda yozuvchi obrazning yorqin 
portretini gavdalantiradi va shu bilan birga, fikr ham reallashadi. Bu fikrda 
reallashayotgan narsa u obrazning haqiqatni aytishi va yot dalillarni rad etishidir: 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling