Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Аhmad Said. Ufq. –Toshkent: Sano-standart nashriyoti, 2016.
2. Болтабоева Ҳ. Ажратилган бўлаклар ва ажралишга доир // Ўзбек тили 
ва адабиёти. – Тошкент, 1974. – № 6. –Б.41-45. 
3. Болтабоева Ҳ. Ўзбек тилида мураккаблашган содда гаплар. Тошкент: 
Фан, 1969.
4. Дониёров Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. – Тошкент: 
Фан, 1988.
5. Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби: – Cамарқанд: Зарафшон
1992.
6. Ўзбек тили грамматикаси. IIтомлик. 2-том. –Тошкент: Фан, 1976.
 
 
SAID AHMAD ASARLARIDA 
ADRESANT VA ADRESAT KOGNITSIYASI 
Nargizaxon UMAROVA Rustamovna 
FarDU dotsenti 
Asadullo TURSUNOV 
FarDU, 4-bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy matnda so‘zdagi konnotativ ma`noning 
muhimligi, bu konnotativ ma`noni harakatga keltirish, unga asoslangan holda 
yaxlit badiiy mazmunga xizmat qiladigan original badiiy ma’nolarni yuzaga 
keltirish yozuvchining mahoratiga bog‘liqligi xususida fiklar berilgan. 
Konnotatsiya badiiyat uchun xizmat qilishga “ixtisoslashgan” hodisa ekani 


159 
xususida mulohazalar yuritilgan. Konnotativ ma`noli so‘z badiiy ifoda uchun 
hamisha tayyor turgan so‘zligi misollar asosida ko‘rsatilgan. Ammo har qanday 
konnotativ ma`noli so‘z ham yozuvchining individual badiiyati uchun xizmat 
qilavermasligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: Nominativ birliklar, konotativ ma'no, konotatsiya, leksik ma'no, 
nutq subyekti, kotegorial-grammatik uzv, badiiy kommunikatsiya. 
Tildagi nominativ birliklarning ma`no tuzilishini o‘rganishda tilshunoslikda 
semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e`tibor qilinadi. Bu 
masalani monografik tarzda tadqiq etgan V.N.Teliya ta`rificha, “konnotatsiya til 
birliklari semantikasiga uzual yoki okkazional ravishda kiradigan, nutq 
subyektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy–
baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra 
ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir” [1, Телия В.Н. 1986, 
С.5.]. Konnotatsiya, ta`rifidan ko‘rinib turganidek, so‘zlovchining borliqni 
ifodalash vositalariga munosabatiga daxldor bo‘lgan jihatdir. V.N.Teliya 
ta`kidlaganidek, bunday so‘zlar semantikasida «so‘zlovchining ifodalanmishga 
bo‘lgan munosabati haqidagi informatsiya kodlashtirib qo‘yilgan bo‘ladi va jumla 
qurilar ekan, xuddi siqilgan prujina qo‘yib yuborilganiday, bu informatsiya darhol 
ishga tushadi», demak, lug‘at birliklari faqat nominativ faoliyat uchungina emas, 
balki pragmatik faoliyat uchun tayyor material bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchi ayni 
shu o‘rinda ana shu mulohazalarga asoslangan holda so‘zning semantik qurilishida 
nominativ jihatga qo‘shimcha konnotativ jihatning bo‘lishi nutqiy tejamkorlik 
uchun yordam berishini ham ta’kidlaydi. V.N.Teliya so‘zning leksik ma`nosini, 
kamida, uch makrouzvning kombinatsiyasi sifatida tasavvur etish mumkinligini 
aytadi: 1) ma’noning borliqdagi muayyan reallikni ifodalovchi denotativ uzvi; 2) 
kategorial-grammatik uzvi; 3) nutq subyektining so‘z orqali ifodalangan narsaga 
munosabatini anglatadigan emotiv-modal uzvi [2, Телия В.Н. 1986, С.65.]. Ana 
shu uchinchi uzv ekspressiv bo‘yoq, uslubiy bo‘yoq, emotsional bo‘yoq, subyektiv 
baho kabi tushunchalarni umumlashtiruvchi konnotativ ma`nolardir. 


160 
“Kimsanboy bir hafta mobaynida jonini jabborga berib to‘plangan
ma’lumotlarni qaytadan Mansurov aytgandek qilib yozdi. Tagiga imzo chekdi.
— Ha, balli! Mana shunaqa qilib yozish kerak. Menga qara, viloyat pioner 
tashkiloti seni qo‘l soati bilan mukofotladi. Ma, taqib ol! Eh-he, seni hali qancha 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling