Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, yozuvchi, mohir, komediya, yumor, obraz, xalq,
xarakter, epizod, galereya. O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz ramzi, bebaho ma’naviy boyligimiz hamda buyuk qadriyatimiz hamdir. Ona tilimiz milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Millatning birligi va borligining bosh belgisi til hisoblanadi. Bugungi kunda ona tilimizni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor yanada ortmoqda. Ona tilimiznng boyishi, so‘z boyligimizning ortishida yozuvchilarning ham o‘rni beqiyosdir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti bu – uning milliy tili va adabiyotidir. Yozuvchining mahorati har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llay olishida 169 namoyon bo‘ladi. Shunday so‘z san’atkorlaridan biri shak-shubhasiz Said Ahmaddir. Adibning yozgan har bir asari kitobxonlar ko‘ngliga manzur bo‘ladi. Asar xalqchil bo‘lishining omili esa yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratidadir. Said Ahmad o‘zining nihoyatda tabiiy, xalqona, boy, shirali tiliga, ruhiyat, badiiyat va haqiqiy mantiqiga hamisha muvofiq, chuqur lirika va dilkash yumor bilan sug‘orilgan tiliga roman va pyesalarida, hikoya, feleton va hatto hajviy miniatyuralarida har doim sodiq bo‘lib keldi. Til mahoratining birinchi o‘ringa chiqishi, balki Said Ahmad iste’dodining eng qimmatli fazilatlaridan biridir [Ashurali Jo‘rayev., 1995: 103-bet]. Yozuvchi obraz yaratishda xalq orasidagi afsonalar, rivoyatlar, qiziqarli voqealar, donishmand, jasur qahramonlar tilidan aytiladigan so‘zlardan keng foydalangan, bu bilan so‘zlarning og‘izdan-og‘izga o‘tib ommalashishi va saqlanib qolishi uchun o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. U o‘z iste’dodi bilan, qalamining o‘tkirligi bilan, betakror qahramonlar geleryasini yaratgani bilan boshqa yozuvchilardan mutlaqo ajralib turadi. Said Ahmad yaratgan obrazlarini shunday mohirlik bilan gapirtirganki, ularning so‘zlaridan yoki ularga berilgan ta’riflar orqali qahramonning xarakterini ochib beradi. Yozuvchi so‘zlarni xalq tilidan olib ularni o‘ziga yanada chiroyli qilib qaytarib beradi. Kitobxon ko‘z o‘ngida qahramonlar jonlanib, ular haqida tasavvur paydo bo‘la boshlaydi. Misol uchun, faqatgina yurtimizda emas, balki dunyoning turli davlatlarida sahnalashtirilib, o‘nlab tillarga tarjima qilingan, hammaga birdek manzur bo‘lgan “Kelinlar qo‘zg‘aloni” komediyasidagi obrazlaridan ba’zilarini tahlil qiladigan bo‘lsak, yozuvchi tanlagan obrazlarning ismlariga ham to‘xtalib o‘tishimiz joizdir. Farmon bibi farmon beruvchi ma’nosini bildiradi. Yozuvchi Farmon bibi obrazi orqali kelinlarga kun bermaydigan zolim qaynona emas, belki talabchan, lekin adolatli, insofli, donishmand, ismi jismiga monand o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi xarаkterini namoyon qilgan. Uning xarakterini unga berilayotgan ta’rilflar va o‘zining dadil so‘zlari orqali bilib olamiz. Kenjatoy o‘g‘li To‘xta va uning xotini Nigora suhbati orqali ham qaynona xarakteri qandayligi ochib berilgan. “To‘xta: Yig‘lamang. Ammo-lekin bilasizmi, oyimning unvonlari qanaqa? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling