Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


SAID AHMAD HIKOYALARIDA AYOL OBRAZI


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

SAID AHMAD HIKOYALARIDA AYOL OBRAZI 
TULIYEVA Sarvinoz Abdulla qizi 
ToshDO’TAU talabasi, 
Zulfiya mukofoti sohibasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq 
yozuvchisi Said Ahmad hamda uning hikoyalarida ayol obrazi haqidagi fikrlar 
yuritilgan. Undan tashqari obraz va obrazlilik, ayol obrazi haqidagi mulohazalar 
bayon qilingan. Hikoyalardagi ayollarga xos bo’lgan ibo va hayo, sharm va iffat 
tuyg’ulari bugungi kun ayollari uchun ham ibrat ekanligi yuzasidan fikrlar 
keltirilgan. Hamda ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: hikoya, obraz, ayol, mehnat, sadoqat, sabr, vafo, go’zallik, 
ishonch,
Ayollar borki, hayot go’zal va munavvar bo’laveradi. Ular bilan uylar nurga 
va mehrga, qalblar esa sevgi va muhabbatga to’ladi. Ayolni, onani har qancha 
ulug’lasak, boshimizga ko’tarsak kam. Ayollardek buyuk mo’jizani, xushsurat 


121 
xilqatni, pokiza qalbni yana qaydan topish mumkin? Bugungi kun ayol-qizlari har 
tarafdan ilg’or, chaqqon va shuning bilan birga sportchi, tikuvchi, shifokor, 
o’qituvchi, tarbiyachi, san’atkor, quruvchi va mexanizator ayollardir. Quyidagi 
maqola Said Ahmad hikoyalaridagi aynan ayol obraziga ko’proq urg’u berish 
orqali ayollarning xarakterini, sadoqatini, sevgi va muhabbatini, mehnatsevarligini 
ochib berishga xizmat qiladi.
Said Ahmadning “Bahor qizlari” hikoyasidagi Shahlo ismli qiz o’zining 
mehnatsevarligi, shaddotligi, chaqqonligi, gapirgan gapining ustidan chiqishi bilan 
boshqalardan ajralib turuvchi obrazdir. Obraz asarda tutgan o’rni va vazifasiga 
qarab adabiyotshunoslikda turlicha: personaj, bosh obraz, ikkinchi darajali obraz, 
xarakter, tip kabi terminlar bilan ifodalanadi. [N.Hotamov, B.Sarimsoqov, 
Adabiyotshunoslik terminlari, T.:O’qituvchi, 1979,207-b]. Hikoyada Shahlo bosh 
obraz sifatida kelgan hamda asarda konfliktni yuzaga chiqarib harakatlantirgan. 
Misol o’rnida shuni aytish kerakki, Shahlo Qodirova Qishloq Xo’jaligi instituti 
mexanizatsiya fakultetini tugatib, mexanizatsiy bo’yicha rais muovini lavozimiga 
ko’tarilgan. O’qishga borguncha Yangiyo’lda traktor haydagan.Qoramoyga botib 
mehnat qilgan, yer haydagan. U “Yangiobod” kolxoziga mexanizatsiya bo’yicha 
rais muovini bo’lib saylanganida hamma kulib yuborgan. Chunki u artistlardek 
yasanib yurar edi. Hech kim uning ishlashiga ishonmagan. Lekin ayol bo’lishiga 
qaramasdan barcha ishlarni bajarib, hammaga o’rnak bo’la oldi. Shu lavozimga 
tayinlanganidan keyin qilgan birinchi ishi kolxoz ustaxonasiga borish, 
ishchilarning qanday ishlayotganliklarini nazorat qilish bo’ldi. U zaparojni o’zi 
haydab ustaxonaga keladi va ishchilar bilan majlis uyushtiradi. Ustaxonaga 
kelaverishda ariqqa tiqilib yotgan traktor kimniki ekanligini so’raydi. Sodiq ismli 
yigit svechasi yaramasligini va traktor yurmasligini aytadi. Shahlo mashinasidagi 
qora xalatini kiyadida o’zi traktor oldiga ketadi va oradan yarim soat o’tib traktor 
gurillab ikki-uch daqiqada ustaxona oldiga kelib to’xtadi. Ustalar xayron qolishdi. 
Keyin barcha traktorlarni yaxshilab tozalab, moylab chiqish uchun besh kun 
muxlat beradi… 


122 
Yana shunday voqealardan biri, bulduzerchi “xotin kishiga bosh egmayman” 
deb mashinasini yo’l chetida qoldirib ketadi. Shahloning o’zi bulduzerni haydab, 
kechgacha yo’l tekislaydi. Bir kuni dalada ayollarga o’rnak bo’lib, naq bir soat 
ketmonni to’xtatmay yer chopgan. 
– Bo’ldimi, endi. Yo, yana chopaymi?, – deganida qizlar: 
– Bo’ldi, bo’di! deyishgan va uning xipcha beli sinib ketmaganiga tan 
berishgan. [S.Ahmad.Tanlangan asarlar. I jild, T.: “Sharq”, 2000,152-157-b]. Mana 
shunday ayollar jamiyatimizda ko’p uchraydi. Tanganing bir tomoniga e’tibor 
bermaslik kerakligini inobatga olgan holda, jamiyatimiz rivojiga, millatimiz 
ravnaqiga o’zining munosib hissasini qo’shayotgan ayollarimiz ham oilani, ham 
ishini o’z vaqtida, reja asosida boshqaradilar.
Said Ahmadning “Alla” hikoyasiga to’xtaladigan bo’lsak, Ozoda ismli 
qahramon orqali adashgan, yoxud o’z orzular(yosh umrini xazon qilmay yashash)i 
uchun farzandidan voz kechib, oxirida sevgisidan ham oilasidan ham ayrilgan, 
afsuslangan insonlarni ko’rishimiz mumkin. Hikoyada ayol obrazi o’zida faqat 
yaxshi xislatlarni namoyon qila olmasligi va u ham xato qilishi mumkinligi 
ko’rsatilgan. Ozoda sevgan insoni – Murod ismli yigit bilan oila qurgan. Baxtli va 
unutilmas kunlarni boshidan o’tkazgan. Lekin, baxtli kunlariga nuqtani aynan o’zi 
qo’yadi. Homilador bo’ladi, biroq farzandining tug’ilishini istamaydi. Ajabo! 
Shuncha tirnoqqa zorlar bor-a?! U esa farzandini o’z qo’li bilan nobud qilmoqchi. 
“Yo’q, istamayman. Hali yoshman, halitdan bolani boshimga uramanmi?” deya 
kalta o’ylaydi. Aslida hayotini mazmunga ko’madigan rishtani va sevgisini yanada 
mustahkamlaydigan ipni o’z qo’li bilan kesadi. Kunlar o’tib o’sha uy oldidan 
o’tayotganida derazadan alla ovozi eshitiladi. Yuragi negadir orziqib ketadi. Bir on 
o’sha baxtli kunlariga hayolan qaytadi. Endi u farzandli bo’la olmas edi. Ming bora 
afsus chekadi. Bu o’rinda ayol obrazining salbiy jihatlari yoritilgan desak ham 
bo’ladi.
“Obraz” termini rus tilidan olingan bo’lib, o’zbekcha tarjimada “aks” degan 
ma’noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham “obraz” 
deyiladi. Biroq, bilasizki, so’zning lug’aviy ma’nosi bilan istilohiy ma’nosi 


123 
farqlanadi:nlug’aviy ma’no bilan istilohiy ma’no orasida tutash nuqtalar bo’lsa-da, 
mutaxasis istiloh ostida konkret ma’noni tushunmog’i lozim bo’ladi. Shunga ko’ra 
biz “obraz” deganda adabiyot va san’atning tafakkur shakli bo’lmish badiiy 
obrazni nazarda tutamiz. Badiiy obraz borliqning badiiy asardagi aksi. Badiiy 
obraz o’zida aql va hisni uyg’un birlashtiradiki, shu bois uni ratsion va emotsional 
birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsion birlik shuki, uning yordamida 
ijodkor o’zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi.[D. Quronov. 
Adabiyotshunoslikka kirish. 68-70-b].
“Zumrad” hikoyasiga nazar tashlasak, irodasini boshqara olgan, sabri va 
matonatini o’ziga bo’ysundira olgan Aziza ismli qahramonni ko’ramiz. Aziza 
medinstitutni bitirgan, lagerda doktor bo’lib ishlaydi. Yoshligida hamkursi –
Hakimjon ismli yigitni yaxshi ko’rardi. To’g’rirog’i bir-birini yaxshi ko’rishardi. 
Institutni bitirib to’y qilishmoqchi edi. Lekin institut diplomi qo’ligan tekkanidan 
keyin Hakimjon boshqa odamga aylanadi. Azizaga nisbatan munosabatlari ham 
o’zgara boshlaydi, sovuqqonlik, hafsala bilan gaplashadigan odat chiqaradi. Aziza 
vaqtida o’z hayollarini yig’ishtirib, orzulari xomhayol bo’lishidan qo’rqib u bilan 
munosabatlariga nuqta qo’yadi. Hakimjon bundan unchalik xafa bo’lmaydi, 
go’yoki ko’pdan beri shuni kutayotgandek edi: 
– Ixtiyor o’zingda, ammo bilib qo’y, bir kuni kelib pushaymon bo’lib yurma,
– dedi.
Aziza uning yuziga tik qaradi: 
– Hech qachon! [S.Ahmad.Tanlangan asarlar. I jild, T.: “Sharq”, 2000,83-
87-b] 
Shundan keyin ularning orasida hech narsa qolmadi. Aziza oradan yillar o’tib 
o’zining to’g’ri qaror qabul qilganligiga ishonch hosil qiladi. Televizor orqali 
tomosha qiladigan Zumrad ismli raqqosa ayolning hayotini tinglab, boshidan 
o’tganlarini eshitib, o’zining xato qilmaganligiga va to’g’ri yo’ldan yurganligiga 
ishonchi komil bo’ladi. O’sha Hakimjon Zumradning hayotini barbod qilgan ekan. 
Ularning bitta farzandlari bor. Bir paytlari sahna yulduzi bo’lgan Zumrad endi 
ojiza ayolga aylangan edi. Aziza bolani ko’rib birinchi muhabbatini eslaydi: o’sha 


124 
tim qora ko’zlar va qop-qora qoshlar. Lekin muhabbatning aldamchi hislariga 
berilganida, o’z vaqtida irodasini qo’lga ololmaganida, balki shu aldangan ayoldan 
ham avval qurbon bo’lar edi. Hikoya orqali ayollarning o’z irodasini boshqara 
olishi va o’z baxti o’z qo’lida ekanligini bilishlari nazariy jihatdan ochib berilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, ayol obrazi nafaqat asarda, balki real 
hayotda ham o’zining sabr-toqati, sevgi-muhabbati, sadoqati, jozibasi bilan 
hammani maftun etadi. Ayollar, qizlar, onalar obrazi tasvirlangan asarlarni 
bugungi kunda ham ko’p uchratamiz. Bu kabi asarlarning mohiyatini ilmiy va 
nazariy jihatdan o’rganish, ayol obrazini yanada ochib berish ilmi toliblar, 
izlanuvchi yoshlar hamda adabiyotshunoslarning vazifasidir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling