Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


uchib ketardi. Aksa ursa, osmonda mamaqaldiroq bo’lib, chaqmoq chagardi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

uchib ketardi. Aksa ursa, osmonda mamaqaldiroq bo’lib, chaqmoq chagardi. 
Rahmatlik xotin kishini gapini gap demasdi. (Ko’ziga yosh olib) Shundog’ odam 
tuproqda yotibdi [Said Ahmad, 1976: 6-bet]. 
  Kulgi hosil qiluvchi lisoniy bo’lmagan vositalar borki, ular nutqni bevosita 
kuzatib boruvchi asoslar hisoblanadi. Ular til tuzilishiga kirmaydi, ammo hutqning 
ta’sirchanligini, mazmunan murakkabligini ta’minlaydi. Ana shunday vositalar 
ichida “imo-ishoralar”, “mimiikalar” alohida o’rin tutadi. Ular tilshnoslikda 
paralingvistik vositalar nomi ostida o’rganiladi. Paralingvistik vositalar nutqning 
ta’sirchanligini, ixchamligini ta’minlaydi. Shu bilan birga kulgi qo’zg’atish uchun 
asos bo’ladi. Nutqda ifodalash mumkin bo’lmagan holatlarni imo-ishoralar va 
mimikalar orqali ifodalash mumkin bo’ladi. Mimikalar, imo-ishoralar xilma-xil 
bo’lib, turlicha ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Kulgi hosil qiluvchi vositalarga 
ovoz toni ohangini ham kiritish mumkin. Ovozni pasaytirish, ko’tarish, ohangini 
o’zgartirish orqali ham kulgi ifodalash mumkin. “Kelinlar qo’zg’oloni” 
komediyasining sahnadagi ijrosida bu holatlar, albatta kuzatiladi. 
Said Ahmad “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida yumorni g’ayri tabiiy 
shaklda yana-da ta’sirliroq ifodalagan. Uning kulgisi shaxsning jismoniy 


120 
kamchiliklari ustidan masxaraomuz, ta’na aralash kuluvchi satiralardan o’zining 
samimiy ruhi, benish yumori bilan ajralib turadi, shuning uchun ham qahramonlar 
orasidagi iliq munosabatlarga unchalik rahna solmaydi. “Kelinlar qo’zg’oloni” 
komediyasining ayrim lisoniy xususiyatlarini o’rganish jarayonida asar tilining 
samimiy kulgi va yumorga boyligida yozuvchi mahoratining o’ziga xosligi 
kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Said Ahmad. Kelinlar qo’zg’oloni. – Toshkent, 1976. – 32 b. 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi. 
2.Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
– 480 b. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling