Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

daftari”ni oching. 


118 
Sotti. Mana, tayyorman,oyijon. Sleduyushiy [Said Ahmad, 1976: 14-bet]. 
“Kirim daftari”, “Chiqim daftari” kabi detallar asar qahramonlarining 
xarakterini yoritish bilan birga o’ziga xos samimiy kulgi uyg’otmay qolmaydi. 
Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida Farmonbibining rahmatli 
turmush o’rtog’i Azimsher xarakterini yoritib berishda ham bir ajoyib detaldan 
foydalanilgan. Bu detal “fonus” bo’lib, uning nomini Azimsher “Sirli fonus” deb 
atab, uni doim o’zi bilan birga olib yuradi. Bu “Sirli fonusga” o’zidan boshqa hech 
kim qo’l tekkizmasligi lozim. Azimsher vafotidan keyin ham Farmonbibi bu 
fonusni ko’z qorachig’iday asraydi. Kunlarning birida Farmonbibining tushiga 
kirgan Azimsher bu fonusni katta o’g’illari O’rinboyga berib qo’yishni 
aytadi.Tasodifni qarangki, Farmonbibi bu “sirli fonus”ning xislati haqida o’zi 
ko’rgan tushini Usta Boqiga aytib bergach bilib oladi va rosa xunobi chiqadi: 
Usta Boqi. Otamning fonuslari “sirli fonus” edi. Menga aytingchi, otam 
o’sha fonuslarini biron marta yoqqanlarini ko’rganmisiz? 
Farmon. Yo’g’-e. Qirq yil birga umr ko’rib, biron marta fonus yoqqanini 
ko’rmaganman. Ammo bir minut yonidan qo’ymasdi. Kunduzlari ham fonus 
o’lgurni ko’tarib yurardi. Kechasi boshiga qo’yib yotardi. Bir marta fonusiga 
kerosin quyganimda, mendan so’ramay nega yog’ quyasan, deb rosa qiyomat 
qilgandi. Jahli chiqib fonus piligini sug’irib tashlab, ichini chayqab, boshqatdan 
yog’ quydirgani ko’chaga chiqib ketgandi. 
Usta Boqi. Ha, balli, otam rahmatli fonusning ichiga kerosin quymasdilar. 
Aroq quyardilar, holiroq burchaklarda to’xtab fonus piligini “miq-miq” qilib 
so’rardilar. Kechalari bosh ko’tarib, bir-ikki pilik so’rib qo’yardilar. 
Farmon. Voy, qurib ketsin. Nega og’zingizdan qo’lansa hid keladi, desam 
jigarim kasal derdi. Gap buyoqda ekan-da. 
Usta Boqi. O’lganning orqasidan yomonlab bo’lmaydi. Tushga kirganning 
gapidan chiqib bo’lmaydi. Otam nima degan bo’lsalar shuni qiling. Kelinlarni 
ozod qiling. “Sirli fonus”ni O’rinboyga bering. Shunda tushingizga kirmay 
qo’yadilar [Said Ahmad, 1976: 23-bet].  


119 
Farmonbibining turmush o’rtog’i Azimsher ham a’noyi kishi 
bo’lmaganligi shu “sirli fonus”orqali ochiladi. Komik xarakterdagi asar 
qahramonlarining ma’naviy olamini yoritishda Said Ahmadning san’atkorlik 
mahorati, yumorga ustaligi bu o’rinda yana bir bor ko’zga tashlanadi. 
O’zbek komediyalarida personajlarning tashqi ko’rinishi yoki xarakter 
xususiyatlari tasvirlanar ekan, ba’zan mubolag’a yordamida ham kulgi hosil 
qilinadi. Tilshunoslikda bu hodisani grotesk deb ataladi. Grotesk satirada haqiyqiy 
holni fantaziya bilan qo’shib, vahimali hamda kulgili tarzda bo’rtirib tasvirlashdir 
[Quronov D., 2018: 16-bet]. Masalan, Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni” 
komediyasida Azimsher haqida yozuvchi quyidagi mubolag’alardan foydalanib
betakror lavha yaratadi: 
Farmon. Otang rahmatlik erkaklikni o’rniga qo’yardi. Rahmatlikni hamma 
Azimsher deb atardi. Yursa, yer titrardi. Yo’talsa, daraxtdagi qushlar pir etib 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling