Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Adabiyotlar
2. Норматов У. Истиқлол илҳомлари. С.Аҳмаднинг “Қоракўз мажнун” китобига ёзилган сўзбошидан. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. 3. Ғ а ф у р о в И.. Прозанинг шоири. Тошкент. 1981. 4. Foziljon Kiyikboyev “ Badiiy asarning muammoli tahlili” (otalar va bolalar munosabatlari asosida. 2010. 5. Saydulla Mirzayev “XX asr o‘zbek adabiyoti” Toshkent «Yangi asr avlodi» 2005.313-b 8. Xurshid davron.uz 109 SAID AHMAD ASARLARIDA BEGONALASHISH KONSEPTI Akram XAMRAQULOV ToshDO‘TAU talabasi. XX asr o‘zbek adabiyoti rang-barang va xilma-xilligi bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Ayniqsa, ustoz-shogird an’anasining bardavom bo‘lishi asr oshgan nodir asarlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan, ma’rifatparvar jadidlarimiz boshlab bergan ustoz-shogird an’anasi Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor singari XX asrning zabardast yozuvchi va shoirlarining ham diqqat markazida bo‘ldi. Uchinchi oqim, ya’ni o‘rta avlod vakillari ham adabiyot ostonasiga dadil qadamlarini qo‘ya boshladilar. Said Ahmad, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abulla Oripov, Omon Matjon, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev kabi adabiyot namoyondalari o‘zlarining yangi asarlari bilan keng kitobxonlar mehrini qozona oldi. Bu davr o‘zbek adabiyotiga yangi ruh, yangi nafasni olib kirdi. Zero, oqsoqol adiblardan olingan ta’lim, gurkirab rivojlanayotgan iste’dod zamonaviy asar syujetlarining yaralishiga turtki bo‘ldi. Jadid adabiyoti boshlab bergan roman janri endi bu davrga kelib, asta-sekin sayqallanib, o‘zbek romanchiligining rivojlanishini jadallashtirdi. Nafaqat she’riyatda, balki nasrda ham modernizm uchqunlari ko‘rina boshladi. Yozuvchi-shoirlar asarlari orqali inson ruhiy ichki kechinmalarini o‘z asarlarida singdira boshladi. Buning natijasi o‘laroq, adabiyotga yangi oqim va atamalar kirib kela boshladi. Misol qilib, Erkin Vohidovning “Ikkinchi tumor” tragikomediyasini keltirishimiz mumkin. Tragikomediya hali Sobiq Ittifoq davri uchun adabiyotning o‘lik atamasi edi. Erkin Vohidov ijodida esa atama bo‘lmasa ham, uning ma’naviy qolipi bor edi. Adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarov “Ikkinchi tumor” tragikomediyasiga bir maqolasida shunday degan edi: “Hech mubolag‘asiz, mas’uliyatni his etgan holda, men bu asarni muallif ijodi va hatto, o‘zbek adabiyotigina emas, umuman, sho‘ro zamoni adabiyoti va istibdodi, uning imperiyachilik siyosati zimdan, tagzaminli uslubda, keskin fosh etilishi jihatidan ХХ asr adabiyotining o‘z vaqtidagi noyob 110 namunalaridan biri, deb baholagim keladi”[1]. Demak, bundan kelib chiqadiki, shoir o‘z dard-sitamlarini yashirin tarzda ifoda etib, o‘zbek adabiyotiga yangi tragikomediya atamasini olib kirdi va biz XX asr adabiyotini hali-hanuz yetarlicha sharhlay olganimizcha yo‘q. Begonalashish – kuchli hodisa! Uning qamrovi faqat salbiy fikrlar bilan o‘ralashmasligi kerak. Zero, Islom dinida tasavvuf ilmi bo‘lgani kabi, tasavvufda ham begonalashishning go‘zal ko‘rinishlari mavjud. Alloh visoliga yetishish ilinjida uning bizga bergan barcha in’omlaridan voz kechib, tarki dunyo qilgan insonlarning hikmatli va ibratli umrlari hali yodimizdadir. Zamonaviy adabiyotshunoslik begonalashish tushunchasi G‘arbga XIX asrda kirib keldi, deb tahmin qiladi. Lekin mashhur yunon faylasufi va shoiri Gomerning “Illiada” va “Odissey” asarlarida ham begonalashish tushunchasining uchqunlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Demak, kun va tun, yaxshilik va yomonlik kabi begonalashish ham xoh ijobiy ma’noda, xoh salbiy ma’noda olam paydo bo‘lgandan buyon yashab kelmoqda. XIX asr deb belgilanishiga sabab aynan shu davrda begonalashish atamasining fanda Gegel, Fauerbax, Marks ta’limotlari paydo bo‘la boshlagan. Gegel ta’limoti bilan Fauerbax ta’limoti nisbatan o‘xshash. Chunki Fauerbax Gegel ta’limotidagi barcha fikrlarni yoqlagan va o‘zi tomonidan ham yangi fikrlarni asos qilib qoldirgan. Ya’ni, Gegel begonalashish insonning ruhiy kechinmalariga bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Fauerbax esa ruhiy begonalashish tibbiy kasallik emasligi va u turlarga ajralishini Gegel ta’limotining to‘ldirilganligiga ishora sifatida yozib qoldirgan. Marks ta’limoti esa Gegel va Fauerbax ta’limotidan anchagina farq qilib turadi. Marks begonalashishda ruhiy asosni rad etgan. Marksning begonalashuvi haqidagi tushunchalarni Kostas Axelos to‘rt turga ajratdi: iqtisodiy va ijtimoiy begonalashish, siyosiy begonalashish, odamni begonalashtirish, mafkuraviy begonalashtirish. Marksning begonalashtirish nazariyasi kapitalizm sharoitida sanoat ishlab chiqarish jarayonida ishchilar muqarrar ravishda o‘zlarining hayotlarini nazorat qilishdan mahrum bo‘lishlarini anglatadi. Bu holatda esa kapitalistik jamiyatlarda begonalashish ro‘y beradi, chunki ishda har bir kishi umumiy boylikka hissa qo‘shadi, lekin ular har bir 111 shaxsning ushbu ijtimoiy jihatini faqat ijtimoiy emas, balki xususiy mulkka ega bo‘lgan ishlab chiqarish tizimi orqali ifodalashlari mumkin, ular uchun har bir kishi vosita sifatida emas, balki asbob sifatida ishlaydi. Begonalashish atamasi asrlar davomida turli xil, ba’zan qarama-qarshi ma’nolar bilan ishlatilgan. Qadimgi tarixda bu dunyoning cheklangan mavjudligidan ijobiy ma’noda begonalashib yuqori darajadagi tafakkurga erishishning metafizik ma’nosini anglatgan. Bunday tushuncha G‘arb dunyosida Platon kabi neoplatonik faylasuflar tomonidan ko‘rsatilgan, ya’ni ayrim ruhiy e’tiqodlarda ikki tomonlama ijobiy va salbiy begonalashish hissi keng namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib esa begonalashish tushunchasi bir muncha salbiy ma’noda qo‘llaniladi. Said Ahmad ijodida begonalashish tushunchasining ikki xil ko‘rinishini kuzatishimiz mumkin, ya’ni o‘zidan begonalashish; jamiyatdan begonalashish. XX asr o‘zbek adabiyotida satirik asarlari, ocherk va xotiralari, adabiy- tanqidiy maqolalari bilan shuhrat qozongan Said Ahmad o‘z asarlariga inson ruhiyatini jo aylagan. Uning satira va yumorga boy hikoyalarida ham, hattoki, ruhiy kechinmalar tahlilini kuzatishimiz mumkin. Hozirgi kunda G‘arb adabiyotida keng tahliliy qarashlar bilan o‘rganilayotgan begonalashish konsepsiyasi ham Said Ahmad asarlaridagi ayrim obrazlarda gavdalanyapti. Insonning o‘zidan begonalashishi turli ruhiy kechinmalarga bog‘liq. Bunda odam misli ko‘rilmagan darajada tushkunlik botqog‘iga botib, salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Said Ahmad ijodida “Ufq” trilogiyasidagi Tursunboy obrazi o‘zidan begonalashishning yorqin ifodasidir. Urushga bormay, butazorda yashirinib, har kuni onasidan faqatgina ovqat kutadigan, asta-sekinlik bilan insoniylik chegarasidan o‘tib, tushunarsiz maxluqot qismatiga sho‘ng‘ib borayotgan Tursunboy o‘zidan begonalashib, yangi odamsimon maxluq qiyofasini yaratayotgan edi. Aslida uning bu ahvolga kelishiga kim sababchi? Onasining tobutini ko‘tarib ketayotgan odamlarni ko‘rsa-da, lom-lim demasligiga sabab nima? Onasining o‘lganligini bilganida xayolida “endi menga kim ovqat olib keladi?” degan maxluqni kim yaratdi? Bu savollarning barchasiga javob oilaviy muhitning noto‘g‘ri yuritilganligida emasmi?! Jannat xola yakka farzandim deb 112 avaylaganidan yoshligidan husni bilan hammani maftun etgan bu yigit butazor maxluqiga aylandi. Xo‘sh, Tursunboy urushga borganida, balki ko‘ksi medalga to‘lib kelmasmidi? Lekin unda jur’at yo‘q edi. Sababi hayotning yengil qismatini tatigan Tursunboy urushga borsa, o‘lib ketishini bilardi. Aslida u allaqachon ruhan o‘lib bo‘lgandi. G‘arb dunyosida begonalashish atamasini ko‘p hollarda inson hayotiga yangi kirib kelgan tanishlargina keltirib chiqaradi, deb izohlashadi. Sharq olamida esa tarbiyaning o‘rni yuqoriligi, agar tarbiya to‘g‘ri va favqulodda kerakli paytda berilmasa, Tursunboy singari qanchadan-qancha avlod nafaqat jamiyatdan, balki o‘zidan ham begonalashib ketishiga olib keladi. Sharq xalqlarining dunyo sivilizatsiyasidagi o‘rni ham tarbiyaning nechog‘lik ahamiyatliligidadir, nazarimda. Said Ahmad asarlariga bevosita begonalashish tushunchasining qamrovi bilan yondashar ekanmiz, uning “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi Bo‘rixon obraziga ta’rif berish joiz, albatta. Jamiyatdan begonalashish – bu g‘ayriodatiy va tushunarsiz holat. Lekin Said Ahmadning o‘tkir qalam sohibi ekanligiga yana bir dalil shuki, jamiyatdan begonalashish qanday bo‘lishini Bo‘rixon obrazi orqali badiiy mahorat bilan tasvirlab bergan. Saodat aya armiyadan qaytib kelmagan Bo‘rixon o‘g‘lini kutib yashaydi. Dardi yarimta emasmi, qizi Qumrining ahvoli ham achinarli. Farzand ko‘rmay qaytib kelgan ayol onasiga yostiq bo‘lib yuribdi. Saodat ayaning anduhlari Bo‘rixon o‘g‘li kelganda ko‘tarilishi uning xayoliga ham kelmasdi. Bo‘rixon keldi, endi u umuman o‘zbek tilida gapirolmaydigan rus bo‘lib keldi. Yoshligidan qoniga singgan salom berish odatini ham unutib yuborgan o‘g’il onasiga “salyam” deb qilgan murojaati ona yuragini sirqiratib shilmaganmikan? O‘g‘li o‘z dinidan voz kechib, boshqa dinga o‘tgani ona yuragini nimtalamaganmikan? Sobiq Ittifoqning maqsadi insonlarni o‘z jamiyatidan uzoqlashtirib, bir-biriga begona bo‘lgan insonlar qismatini yaratish emasmidi?! Xuddi M.Bulgakovning “Ityurak”idek jamiyatda bir-biriga begona va manqurt insonlar qamrovini kengaytirish edi. Said Ahmad aynan shu narsani tushungan holda Bo‘rixon obrazi orqali insonlar o‘z taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini yana bir bor ta’kidlagan. 113 Said Ahmad asarlarida begonalashish tushunchasining yangi qirralari keskin namoyon qilingan. Ya’ni, Said Ahmad asarlarini Marks ta’limoti qoliplariga soladigan bo‘lsak, mafkuraviy begonalashtirish yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin biz buni Marksning ruhiy asosni rad etishiga aralashtirmasligimiz kerak. Chunki Said Ahmad asarlaridagi qahramonlar qismati aynan ruhiy illatlar bilan bog‘liq ekanligini guvohi bo‘lib turibmiz. Demak, Said Ahmad asarlaridagi obrazlar ikki ta’limotning kesishuvida yaratilganligi bilan ham asar qahramonlarining zalvorini bosib turadi. Umuman olganda, o‘zbek adabiyotida, ayniqsa, XX asr adabiyotida hali chuqur tahlil qilinmagan asarlar bisyor. Tahlil qilingan asarlarda ham hozirgi kunda turli o‘zgartirishlar yoki talaygina qo‘shimchalar qo‘shish holatlari ko‘paymoqda. Bunga sabab o‘sha davrda foydalanilgan tahlilning yaxshi yoki yomon qilinganligida emas, adabiyotning yangilanayotganligida, turli janr va oqimlarning kirib kelayotganligidadir. Bu rad etib bo‘lmaydigan asos esa asrlar davomida o‘zgarmas qolipga aylanib boraveradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling