Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

bilmading... Aksincha, sen meni kechirishing kerak... 
-Aka,.. men endi ketyapman. Ehtimol, qayta yuz ko'rishmasmiz. Ko'nglingizda 
mendan bir xiralik qolmasin deb, atayin xayrlashgani, uzr so'ragani keldim... 
-Ukajon, qayda bo'lsang omon bo'l. Boshing toshdan bo'lsin. Men ko'p 
davralarda bel olishganman. Yiqitganman, yiqilganman... Yiqitsang poshshosan, 
yiqilsang bir-ikki kun ich-etingni yeb yurasanu yana kurashni qo'msab qolasan. 
-Bir iltimosim bor. Ertaga Maygirda kurash bor. Shunda oxirgi marta bel 
olishsak. O'lay agar, turib beraman. Shunday qiling, aka! 
-Sendek azamatni yiqitadigan polvonning bo'yni uzilsin. Bu gapingni qaytib 
ol. Aslo yelkang yer iskamasin. Davradan bosh egib chiqqulik qilmasin, xudoyim! 
Roziman, ming marta roziman sendan..." Ha. Ayriliq azobi Azizxonday asov daryo 
misoli jilovlab bo’lmas yigitni sokinlashtirib yubordi. 
"Ufq" romanini o'qir ekanmiz, Nizomjonning turfa tikonlarga to'la 
mashaqqatli taqdir yo'lini ko'ramiz. Aslida, uni bu mashaqqatli taqdir yo'liga 
o'zidagi chinakam insoniy fazilatlar giriftor etmadimi? Ha, xuddi shunday. 
Nizomjonning sevgani Dildorni o'z akasi tortib olganda ham, urushga 
borolmagach, tengdoshlari orasida yuzini yorug' qilish uchun tinim bilmay 
ishlaganda ham, hatto akasidan qoraxat kelganda otasi va opasi endi Dildorni 
Nizomjonga nikohlab qo'ymoqchi bo'lganlarida akasining pok xotirasini o'ylab, 
bunga rozi bo'lmay uyidan chiqib ketganida ham o'zining eng insoniy fazilatlarini 
saqlab qolgan yorqin obrazdir.


97 
Nizomjonning taqdirini yozuvchi asar so’ngida shunday bayon etadi: 
“…Nizomjon, seni o’zim yaratdim. Yaratdim-u boshingga kulfatlar soldim. 
Olovlardan olib o’tdim. Toshqinlarga qarshi suzdirdim. Endi sen Ikromjon bo’lib 
yasha! Hayotdan Ikromjonning haqini ol!” Yozuvchi Nizomjonning o'z 
kelinoyisi Dildorga(garchi oldin sevgan bo’lsa-da) uylanishi haqidagi xabarni 
eshitgandagi holatini shunday ifoda etadi. Hatto u bu tahqir uchun, or-nomus 
uchun shu paytgacha bir gapini ikki qilmagan o'z otasiga qarshi boradi: "… 
Yuragining allaqayerida bir nima uzilib ketgandek Nizomjon entikdi. Ko'zlari tinib, 
olam qop-qora zimistonga aylangandek bo'ldi. Ikki tizzasida darmon qolmay og'ir 
kaltaklardan shalayim bo'lib yiqilib, o'rnidan turganga o'xshardi. Dadasi nima 
qilmoqchi, oq qilsa-ya?! Unda dunyoda kimi qoladi? Nimasi qoladi? Endi uning 
odam bo'lib yashashidan nima ma'no chiqadi? Nizomjon ko'zlarini javdiratib 
dadasiga qaradi. 
-Dadajon, o'ylab ko'rsangiz-chi? O'z bolangizga shu kunni ravo ko'rasizmi? 
Bunaqada meni tiriklayin ko'masiz-ku. Akamning o'rniga men o'lib ketsam 
bo'lmasmidi! 
-Koshki edi... 
Nizomjon ho'ngrab yig'lab yubordi. 
-Jon dada, niyatingizdan qayting. Baribir men bunga ko'nmayman.
-Shunaqani? 
Nizomjon iztirob bilan qichqirdi: 
-Ha! 
-Oq qildim, seni! Sendaqa bolam yo'q! Oqpadarsan! Yo'qol bu uydan!" 
Ha. Xuddi shunday bo'ladi. Bunday haqsizliklarga chidolmagan Nizomjon 
qanchalik og'ir bo'lmasin, vijdoni amriga qarshi chiqmasdan o'z ota uyini, jonajon 
qishlog'ini tark etadi. 
Bu o‘rinda butun Chorterak ahlining nafratiga sazovor Inoyat oqsoqol 
obrazi ham ba’zi-ba’zida o’zbek xalq ertaklari va folklorida uchraydigan xasis, 
ochko’z qahramonlar timsolini o’zida mujassam etgan. Tanganing ham ikki tomoni 
bo’lgani singari xohlaymizmi, yo’qmi Inoyat oqsoqol obrazida ham xalqimiz 


98 
tarixida kamdan kam uchraydigan, qora dog’ singari namoyon bo’ladigan 
milliyligimizga xos salbiy xususiyatlarni yaqqol kuzatishimiz mumkin: “Cholga 
yolg’izlik, tanholik yoqardi. Kechalari hujradagi oydinda yoyar, pullarini 
shamollatardi. Oqsoqol tanholikda yana uzoq yashayman deb o’ylardi. Sira 
ko’ngliga o’lim kelmasdi. Go’yo dunyoga umrbod kelgandek edi. Oxiri tanholik 
uning boshini yedi” Ha, oqsoqolning uyi kuygan edi. Nafaqat uyi, balki 
farzandlarini jonidan to’ydirgan, qishloqning sodda odamlarini o’z manfaati 
yo’lida qaroqchi singari talagan Inoyat oqsoqol uyi bilan birga o’zi ham jizg’anak 
bo’ldi. Hatto so’nggi nafasiga qadar istig’for aytmadi. Biroq o’zbek uchun 
farzanddan aziz ne’mat bormi? Yo’q, albatta! Garchi o’g’illarini oq qilgan bo’lsa-
da, so’nggi nafasiga qadar ularni intizor bo’lib kutdi, ularning baxtli kelajagini 
o’yladi. “-Tut tagida sandiq ko’milgan. Ikkoving bo’lib ol… Oqsoqol shu gapni 
aytdi-yu, tildan qoldi. To’rt soat nimadir deyishga chog’landi. Aytolmadi Buyuk 
xasis, tengsiz mumsik olamdan o’tdi. Bu dunyodan kuyib, yonib, o’tda changak 
bo’lib ketgan qo’llari bilan u dunyoga ketgan edi” Bu o’rinda Nizomjonning 
holatiga diqqat qilsangiz, yana bir o’zbekka xos milliy xarakterni ko’ramiz: 
“…Aka-uka jasad tepasida qimirlamay turishar, Nizomjon piq-piq yig’lardi. Bu 
ota jasadi tepasidagi alamli ko’z yoshimidi, onasini zor qaqshatgan, bolalarining 
boshiga so’ngsiz kulfatlar solgan ota o’tkazgan sitamlardan silqigan yoshlarning 
davomimidi, bilish qiyin edi. Har qalay, u Nizomjonni dunyoga keltirgan. Harna 
qilsa ham, u ota…” 
Romanda tasvirlangan ayollar obrazi ham o‘z navbatida erkaklardan 
qolishmaydigan sabr - bardoshi, matonati, chinakam o‘zbek ayoliga xos fazilatlari 
bilan diqqatga sazovordir. Bu o‘rinda so‘nggi nafasigacha o‘g‘lini o‘ylagan Jannat 
xola, Katta Farg‘ona kanali qurilishida erkaklar qatorida mardonavor xizmat qilgan 
Lutfinisa va kechqurun butun charchoqlarini o'yin-kulgi, hazil-huzul bilan 
yengadigan uning atrofidagi ayollar timsolida kuzatamiz. Ayniqsa, romanning 2 va 
3-qismlarida har qanday kitobxonning yuzida tabassum paydo qila oladigan Asrora 
obraziga nazar bir nazar tashlab ko'raylik. Tashqi ko'rinishidan ayollik nafosatini 
o'zida mujassam etmagan, "bir qop yong'oqdek shaldir-shuldur", erta-yu kech 


99 
daladan, traktor yonidan beri kelmay yuzlari qorayib ketgan, erkaklarday 
yuradigan, kurashda va mehnatda qishloq yigitlarini ham dog'da qoldira oladigan 
bu obraz butun qishloq ahlining, dugonalarining mehrini qozongan haqiqiy do'st, 
haqiqiy el farzandidir. Uning ham qalbida Karimjonga atalgan pok muhabbat 
yashaydi, u ham go'zallikka tashna. Mardlikda, fidoyilikda esa To'maris-u 
Yorqinoylardan qolishmaydi, hatto o'z jonini xatarga qo'yib bo'lsa-da, qishloqning 
bir nechta jajji o'g'il-qizlarini o'limdan asrab qoladi. Asrora dugonasi Dildorga 
yozgan xatida, aslida, dardga qorishgan samimiy va kayfiyatni ko'taruvchi 
gaplarida uning ichki dunyosini yana bir bor anglashimiz mumkin: "...Ha, sen 
chinakamiga chiroyli juvonsan. Zuvalang pishiq ekan. Sira aynamaysan. Men 
unaqamasman. Dala, oftob tig'idagi ish meni juda xunuk qilib qo'ygan. Undoq 
desam, o'zim o'lgurda yigitlarning ko'zini o'ynatadigan hech narsam yo'q. Otam 
rahmatlik o'g'ilga zor bo'lib, kuta-kuta o'g'il ko'rmagandan keyin meni o'g'il bola 
qilib o'stirdi. Esingda bormi, to bo'yim cho'zilguncha ham shim kiyardim. Belimga 
chorsi bog'lab maktabga kelardim. O'g'il bolalar bilan kurash tushardim. 
Qaynatang o'lgur meni nima deganini bilasanmi? Jig'iga tegaverganimda, sen ot 
qizsan degan. O'shanda qon-qon yig'laganman. Qanday qilay, o'rtoq, yuzimga upa 
sursam yarshmasa, labimga qizil sursam yarashmasa. Xuddi sirkdagi 
masxarabozlarga o'xshab qolaman. 
 Mayli, men uchun ham sen yigitlarga yoqaver...” 
Xulosa shuki, ushbu romanda xalqimiz hayotining kichik, biroq mazmun-
mohiyati jihatdan XX asrning butun insoniyat xotirasidan o'chmaydigan sinovli 
davrlari, ya'ni 2-jahon urushi davri tasvirlangan. Xalqimizning urush arafasidagi
urush davri va undan keyingi milliyligimizga xos mislsiz fidoyiliklari, 
qahramonliklari, 
dard-alamlari, 
orzu-armonlari 
romanda 
mahorat 
bilan 
tasvirlangan. 
Uzunligi 270 km bo'lgan “Katta Farg'ona” kanalining qo'l kuchi bilan 45 
kunda qazib bitkazilishi misli ko'rilmagan jasorat, har qanday jahon rekordini ortda 
qoldirar edi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, kanal qazilishida 160 ming o'zbek xalqi 
qatnashgan, kanal tarassasida 17,8 million metr kub tuproq chiqarilgan, shundan 


100 
faqatgina 1,7 million metr kub tuproq mexanizmlar yordamida qazilgan. Urush 
yillarida xalqimizning front va front ortidagi og'ir mehnati, urushdan keyingi 
tiklanish davridagi chekkan zahmatlarining har bir kuni ulkan jasorat edi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling