Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 
1.Абдуғафур Расулов. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент, Шарқ, 
2007. 
2. Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун ҳикоялар тўплами. “Борса келмас 
дарвозаси” ва “Тақдир, тақдир, мунча шафқатсизсан?” ҳикоялари – Тошкент. 
2016. 
3. Дўстмуҳаммад Х. Қазо бўлган намоз. – Т.: Адабиёт ва санъат,
1996. 
 
 
 
 
 
 


86 
SAID AHMAD IJODIDA ONALAR OBRAZI 
Hаmdamova SHAMSHODA 
BuxDU mаgistri 
 
Insoniyat tarixida badiiy adabiyot yaralibdiki, ona obrazi uning bir qismi
bo’lib kelmoqda.Jahon xalqlari adabiyotida onalar obrazi asosida yaratilgan 
roman-u qissalar, she’r va dostonlar buning yorqin misoli. 
Buyuk avar shoiri Rasul Hamzatov aytganidek: 
Cho‘qqilar ko‘p dunyoda, biroq, 
Cho‘qqi yo‘qdir onadan baland (Rasul Hamzatov. "Onalarni 
asrang". 354-b). 
Bu yorug‘ dunyoning, qolaversa, adabiyotning ham eng baland cho‘qqisi 
bo‘lgan ona siymosi o‘zbek adabiyotida-da salmoqli o‘rin tutadi. Jumladan, Said 
Ahmad ijodida ham turli taqdirga ega mushtipar onalar obrazi tasvirlangan. Adib 
“Oftoboyim”, “Qorako‘z Majnun” kabi hikoyalarida, “Ufq”, “Jimjitlik” 
romanlarida hamda “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pyesasida ona siymosining turli 
qirralarini yoritib bergan. Aksar asarlarida o‘zbek onalarining ichki dunyosi, 
xarakter xususiyatlari hamda vatan, xalq va farzandiga muhabbati qalamga olingan 
bo’lsa, “Oftoboyim” hikoyasida yapon onasi obrazi orqali vatanparvarlik, xalqlar 
hamdo’stligi g‘oyalari ilgari surilgan. Yapon ayoli, go‘zallik tanlovlarining 
g‘olibasi, vataniga xizmat qiladigan Maniko xonim asar markazida turadi. 
Oftoboyim deb nom olgan bu go‘zal ayol ham ona. U urushda qo‘rqoqlik qilib, 
vatani uchun komikatzilik vazifasini bajara olmagan xoin Sudzening baxtiqaro 
onasi. Yaponlar bunday Vatan xoinining bo‘yniga yeb-ichishdan, yotishdan
mahrum qiladigan g‘ildirak o‘rnatib, insonlik safidan chiqarib qo‘yib jazolar 
ekanlar. 
Hikoyada oq sut berib o‘stirgan farzandining xoinligidan boshi egilgan 
onaning ayanchli qismati yoritilgan. “Sudzening onasi o‘g‘lining xoinligidan 
nomus qilib, ko‘chaga chiqolmay, odamlarga qo‘shilolmay qoladi. Ozib-to‘zib, 
soch-soqoli o‘sib ketgan bolasining ahvolini ko‘rgan Manikoxonim bolaxonada 


87 
yig‘lagan ahvolda uni kuzatib turadi. U bolasining oldiga chiqmaydi, bo‘yniga 
osilib yupatmaydi. Sudze endi unga suyukli farzand emas, umumxalq la’natiga 
uchragan jirkanch bir kimsa edi. 
Oradan biron oy o‘tib, Manikoxonim chodraga o‘ralib ibodatxonaga bordi. 
Muqaddas budda poyiga qo‘yilgan tilla barkashga ro‘molchaga tugib kelgan oltin 
javohirlarini, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zirag-u bilaguzuklarini – jamiki 
taqinchoqlarini jaranglatib to‘kadi. Tiz cho‘kib buddaga tavba-tazarrular 
qiladi.Tengsiz go‘zal, benihoya dono, butun Yaponiyaning fahri bo’lishga 
arziydigan bir malak – Oftoboyim rohibalar libosini kiyadi”. (Said Ahmad. 
“Qorako‘z Majnun”, 45-b). 
Xalqimiz o‘tmishidan ma’lumki, bu kabi ayanchli taqdir urush yillaridagi 
ayrim o‘zbek onalariga ham begona emas. Afsuski, o‘zbek yigitlari orasida ham 
urush dahshatidan qo‘rqib, ona xalqidan o‘z boshini aziz bilgan qochoqlar uchrab 
turgan. Taassufki, ularning onasi ham: “O‘g‘lim xalq koriga yarasin”, – deb niyat 
qilgan. Ana shunday jafokash o‘zbek onalarining badiiy adabiyot ko’zgusidagi aksi 
“Ufq” romanidagi Jannat xola obrazidir. 
Said Ahmad asarlarida yapon onasi Maniko xonim asirlikdan qaytgan 
yaponlar orasida o’g’lining ham bo’lishini umid qilsa, o’zbek onasi Jannat xola 
qochoq o‘g‘li Tursunboyning to‘qayda hayvonlarday kun kechirib, ovqatda zor 
bo‘lib o‘lib ketishiga chidab turolmaydi. Jannat xola nuridiydasining xoin emas, 
qahramon bo’lishini orzu qilardi. Ona uchun farzand aziz, ammo Jannat xola o‘g‘li 
Tursunboyning urushda jon berishini tirik turib o‘likday yashab yurganidan afzal 
biladi. “Jannat xola ko‘p o‘yladi. Bolasining, erining, o‘zining taqdiri haqida juda 
ko‘p o‘yladi. O‘yining oxiri shu bo‘ldi. Bu xilda yashab bo‘lmaydi endi. Bas. 
Tursunboyni insofga keltirishi kerak. Egilgan boshni qilich kesmaydi. Urushga 
borsin, o‘zini oqlasin, yagona yo‘l shu. Agar Tursunboy ko‘nmasa, uni o‘zim tutib 
beraman. Shunday qilaman. Onaning qarori shu bo‘ldi”.(Said Ahmad. Ufq, 
327).Ammo bolasining jon talvasasida isitmalab yotganini ko‘radi. Yozuvchi 
mushtipar 
onaning 
o‘sha 
paytdagi 
holatini 
achchiq 
iztirob 
bilan 
tasvirlaydi.“Orzular shamolga uchdi. Homilalikdan to shu kungacha qilgan 


88 
umidlari tamom bo’ldi. Bolasining yo‘lga kirgan kundagi quvonch, tili chiqib 
birinchi marta aya degandagi olam saltanatiga teng shodliklar, dadasi opichlab 
guzarga olib chiqib ketayotganda eshik oldida orqasidan qarab qolgandagi hech 
narsaga teng ko’rib bo’lmaydigan baxt, birinchi bor maktabga kuzatganda oppoq 
ko‘ylak, g‘arch solib tikilgan etik kiyib chopqillab ketayotgandagi tongdek hech 
qachon ko‘rmagan tong – hammasi, hammasi ona ko‘z oldidan bir-bir o‘taverdi” 
(Said Ahmad.Ufq, 331). 
Onalar jigarbandlarini ne-ne umidlar bilan katta qiladilar. Umr, baxt, sharaf, 
oqibat tilab duo qiladilar. Rasul Hamzatov: 
Onam ko‘kka qarab qildi iltijo, 
Baland bo‘lsin burgut o‘g‘lim parvozi. 
Hamisha taratsin ajoyib navo, 
Aziz vatanimni kuylagan sozi, – (Rasul Hamzatov. Mening Dog ‘istonim, 
354). 
deb yozganiday har bir ona farzandining Vatan, xalq koriga yarab, boshi 
baland bo‘lishini Ollohdan so‘raydi. Jannat xola obrazi urush sababli ana shunday 
orzulari poymol bo‘lgan jahon onalarining tipik vakili.“U yagona farzandidan 
umid uzolmay, uning baxtini ko‘rolmay, armon bilan chodirda jon bergan 
edi”.(Said Ahmad. Ufq, 332).Tursunboy esa zamon qiyinchiliklariga bardoshi 
yetmagan, onasining oq suti-yu xalqining non-tuzini oqlay olmagan insonlarnig 
badiiy aksi. “Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchungina ona edi, xolos. Ona 
uning firoqida, dardida ado bo‘ldi. Bolasi esa bu to‘g‘rida o‘ylamasdi. Ona 
qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o‘z qo‘li bilan qabrga qo‘yadi deb umid 
qilardi. Ammo u o‘lganda bolasi hatto qabr boshiga kelmaydi, aksincha, bo‘riga 
oxshab to‘qaydan xunuk qarab turardi” (Said Ahmad. Ufq, 332). 
Qismat onalar boshiga ne kunlarni solmaydi. Tursunboy xalqiga xoinlik 
qilgan bo‘lsa, Bo‘rixonlar e’tiqodiga xoinlik qildi. “67-yilning kech kuzida bir 
musulmon bolasi dindan chiqdi” (Said Ahmad. Qorako‘z Majnun, 60). Adibning 
“Qorako‘z Majnun” hikoyasida ona tilini, ota-bobolar dinini unutgan tasbehni 
xochga, masjid mehrobini ibodatxona qo‘ng’irog‘iga, ona mehrini, ona yurtini, ona 


89 
tilini to‘rtta cho‘chqa-yu bir mesh aroqqa almashtirgan gumroh farzandning 
mushtipar onayizori qismati qalamga olingan. Ona uchun eng og‘ir baxtsizlik bu
farzandidan tiriklay judo bo‘lgani. Saodat xola kofirlar haykaliga aylangan o‘g‘liga 
ona ekanidan afsuslanadi.“Bu bolani men emas, bo‘ri tuqqan” (Said Ahmad. 
Qorako‘z Majnun, 65), – deydi alam bilan.Saodat xolani bir tomondan 
Bo‘rixonning alami qiynasa, ikkinchi tomondan baxti qaytgan qizi Qumrining 
kelajagidan xavotirlanardi. Yozuvchi birgina jumla orqali Saodat xola obraziga 
jamiki onalarning qalbini, o‘y-fikrini, borlig‘ini jamlaydi. “Onalar shunaqa. Baxti 
chopmagan bolasi bilan birga bo‘ladilar”. (Said Ahmad. Qorako‘z Majnun, 
61).Qumrining taqdiriga nisbatlab aytilgan bu jumlada yozuvchi ona obrazini 
jamiki baxtsizliklarga qarshi ulkan tayanch sifatida namoyon eta olgan. 
Mazkur hikoyada ona obraziga kindik qoni tomgan yurtga, o‘zligingni eslatib 
turadigan millatga muhabbat, e‘tiqodga sadoqat, milliy qadriyatlarga, ona tiliga 
hamda dunyoga keltirgan onaga ehtirom g‘oylari jamlangan. 
“Oftoboyim” hamda “Qorako‘z Majnun” hikoyalarida ikki din, ikki millat 
onalari qalamga olingan bo‘lsa-da, Manikoxonim va Saodat xola obrazlarida 
onalik mehri, o‘z e’tiqodiga, o‘z Vataniga sadoqat tuyg‘ulari ularga xos mushtarak 
jihatlar hisoblanadi. Chunki ona qalbi, ona mehri millat tanlamaydi. 
Said Ahmad mazkur asarlarida mehr berib o‘stirgan farzandi ro‘shnolik 
berolmagan onalar obrazini keng kitobxonlar jamoasiga havola qilgan. Toki 
kelajak avlod bundan xulosa chiqarsin uchun. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling