Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

 
 


93 
SAID AHMADNING “UFQ” ROMANIDA MILLIYLIK 
Alloqov FARRUX  
Buxoro viloyat Qorako‘l tuman 29-umumiy o‘rta 
ta’lim maktabi o‘qituvchisi.
Yaxshiqulova MOXINUR
TTYMI talabasi. 
XX asr o‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan bo‘lmish Said Ahmad
adabiyotshunos olimlarimiz ta’biri bilan aytganda, Oybekning psixologik tasvir 
mahorati, ustozi G
ʻafur Gʻulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik 
mujassamlashtirgan yuksak iqtidor sohibidir. Adibning o‘z ustozlari G'afur G'ulom 
va Abdulla Qahhorga chuqur ehtiromi, ijodlariga nisbatan esa cheksiz hurmatini 
"Yo'qotganlarim va topganlarim" nomli xotiralardan iborat kitobini varaqlab 
anglash mumkin. Bu romanni mutolaa qilar ekanmiz, qahramonlar xarakteriga 
singdirilgan milliylik, qadim an'analarga sodiqlik prinsiplari bevosita o’quvchining 
diqqatini o’ziga jalb etadi. "Ufq" romonida 2-jahon urushi davridagi xalqimizning 
front ortidagi mehnatini, mashaqqatli va ziddiyatlarga to'la hayotini Ikromjon, 
Azizxon, Nizomjon, Asrora, Zebi, Tog'a, Jannat xola, Dildor, To'lanboy kabi 
yorqin obrazlar timsolida ko'rish mumkin Ustoz adib Abdulla Qahhor 
yozuvchining ushbu romanidagi yuksak mahoratini shunday e’tirof etadi: "Bu 
kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati 
susaymasdan, ishtahasi bo'g'ilmasdan o'qib chiqadi... Kitobda qimirlagan har bir 
jonning qayg'usi, quvonchi, muhabbati, g'azabi, og'zidan chiqadigan har bir so'zi 
rost..." Darhaqiqat, yozuvchi o'z xotiralarida roman qahramonlari haqida shunday 
yozadi: "... Dunyoga faqat azob chekish uchun kelgan Ikromjonning hayoti sizni 
jindek o'ylantirib qo'ydimi, yo'qmi, shuni bilmoqchiman. Og'ir mehnatdan o'zining 
butun ayollik xislatlarini yo'qotib qo'ygan, erkakka aylanib ketgan, Inoyat oqsoqol 
"ot qiz" deb atagan Asrora, yolg'iz farzandining dog'ida kuyib, yonib, o'rtanib, 
faryod urib jon bergan Jannat xola, xalq rizqidan yulib yiqqan boyliklari 
alangasida o'zi yonib jizg'anak bo'lib o'lgan Inoyat oqsoqol, sevgilisini tortib 


94 
olgan surbet akasidan bezgan, tug'ilgan uyidan mosuvo bo'lgan, ota qarg'ishi bir 
umr qulog'ida qolgan Nizomjon, balog'at yoshiga yetib, butun vujudidan muhabbat 
hidi anqib turgan va lekin sevgisi sarobga yo'liqqan Dildor, yigitlik umrining 
so'ngi to'qaylarda bir vahshiydek yakunlangan, bu ham yetmagandek shon-
sharafsiz ko'milgan go'ri lovillab yongan Tursunboy...". 
Romanda ifodalangan milliylikni romanning deyarli barcha sahifalarida 
yaqqol ko‘rish mumkin. Ayniqsa, asarning boshida tasvirlangan Rasul buvaning 
vafoti, unda qishloq ahlining urush davri dalada mehnat qaynab turganiga qaramay 
ta'ziyaga to'planishi, marhumni so'nggi manzilga kuzatish jarayoni xalqimizga xos 
milliylikning ufurib turganidan dalolat beradi: 
"Bu qadim o'zbek odatini, ayniqsa, zirillamaliklar qattiq ushlashardi. So'nggi 
yo'lga ketayotgan inson oldidagi buyuk qarz deb bilishardi. Oxunboboyev ham 
navbatma-navbat dastani yelkaga olar, marhum siymosida o'z otasini eslardi. Ular 
bir-birlari bilan qalin do'st bo'lishgan. Rasul buva do'sti Oxunbobo vafot etganida 
qabriga o'z qo'li bilan qo'ygandi. Shunda Yo'ldoshvoy bu odamga alohida bir 
mehr, alohida yaqinlik sezgan, bu sezgi chol olamdan o'tgunga qadar qalbini tark 
etmagandi...". Romanda ijobiy qahramon sifatida talqin qilinmagan esa-da, biroq 
o'zining andishasi, tog'larga teng g'ururi bilan ajralib turgan Akbarali obraziga 
e'tibor beraylik. Singlisi Lutfinisa o'z nikoh to'yi kuni non sindirilgan kuyovga 
tegmay, sevgani Azizxon bilan qochib ketganda Akbarali naqadar ayanchli 
ahvolga tushadi, yuzi shuvut bo’ladi, biroq xotinsiz qolgan kuyov oldidagi 
g'ururini, andishasini ming azob bo'lsa-da saqlab qolishga urinadi: "… - Bozor 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling